1. Shoir ijodi va she’riyatining mavzuviy mundarijasi. Shoirning yumoristik she’rlarida bolalar obrazlari ifodasi. Ertaklarda mo`jizalar tarovati


Download 16.06 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi16.06 Kb.
#1282878
Bog'liq
2-mavzu Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat mun


Tursunboy Adashboyev she’riyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi
Reja:
1. Shoir ijodi va she’riyatining mavzuviy mundarijasi.
2. Shoirning yumoristik she’rlarida bolalar obrazlari ifodasi.
3. Ertaklarda mo`jizalar tarovati.
Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev 1939 yilda qardosh Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatiga qarashli Olabugʻa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. U Toshkent davlat dorilfununini hamda Jahon adabiyoti institutini bitirgan. Shoir “Olatogʻ-lolatogʻ” kitobida yozganidek, ikki elning farzandidir:
Oʻzbek, qirgʻiz qoni singgan,
Sizga aytsam toʻgʻriman.
Shu boisdan ikki xalqning
Erka shoir-oʻgʻliman.
Tursunboy Adashboyev oʻzbek va qirgʻiz tillarida ijod qiladi.
“Kamolning olmasi” deb nomlangan birinchi kitobi 1967 yilda talabalik chogʻidayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi “Yosh gvardiya”, Bishkek shahridagi “Mektep” nashriyotlarida “Biz sayohatchilar” (1969), “Ala-Toluk bolomun” (1971), “Arslonbob sharsharasi” (1973), “Surnay” (1975), “Nur daryo” (1977), “Guldasta” (1979), “Olatogʻ-lolatogʻ” (1982), “Oqbura toʻlqinlari” (1985), “Sovgʻa” (1987) toʻplamlari bosilib chiqdi.
Kichkintoylarga qisqa va loʻnda sheʼrlar yozish, qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning “Sumalak” sarlavhali sheʼri shu jihatdan eʼtiborli:
Boychechaklar nish urib,
To turguncha oʻrnidan.
Bahor qishni tarnovga,
Osib qoʻydi burnidan.
Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bogʻliq boʻlgan “Tugma” deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir:
Tursunboy Adashboyevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yoʻgʻrilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham oʻgirilgan. Masalan, “necHH Xobopohok”, “MenLHHH; a”, “no^apoK”, “Olti oyoqli xoʻtikcha”, “Olatogʻ ohanglari” singari bir talay kitoblari rus, latish, qozoq va oʻzbek bolalar sheʼriyati antologiyalaridan munosib oʻrin olgan. 1989–90 yillarda uning “Arslonbob afsonasi”, “Sichqonning orzusi”, “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” toʻplamlari nashr etildi.
Tursunboy Adashboyev tugʻilib, voyaga yetgan joy Safed Bulon deb ataladi. Bu qishloq Namangan va Oʻsh viloyatlarining bir-biriga tutash qismida joylashgan. Ijodkorga uning goʻzal tabiati, shirinsoʻz, mehr-oqibatli odamlari ilhom beradi, deyilsa yanglish boʻlmaydi. Shoir sheʼrlari va dostonlarida tabiat manzaralari tasvirini koʻp uchratamiz. Zero, bolalar adabiyotining muhim vazifalaridan biri farzandlarni tabiat goʻzalliklarini his qilish va sevishga, qadrlashga oʻrgatishdir.
– Hoy chechak,
Boychechak,
Yashnab ketdi qir tagi,
Quyoshmisan qirdagi?
– Biz oftobning parchasi
Ochib yerning darchasin
Shu tuproqqa boylandik,
Boychechakka aylandik.
– Bahordan elchi – chechak,
Rahmat senga, Boychechak.
(“Boychechak”)


Bolalar adabiyotiga nazar tashlasak, bahor manzarasini tasvirlovchi satrlarni koʻp uchratamiz. Nima uchun shunday ekan? Ehtimol, umrning bolalik fasli ayni bahorga oʻxshaganidandir? Bu faslda “yomgʻirning yerni iydirishi, yashil chakmon kiydirishi” bola uchun ulugʻ moʻjiza boʻlib tuyuladi.
Download 16.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling