1. Sintaksisning predmeti. Sintaktik munosabatlarning turlari
Gapning aktual bo‘linishlari
Download 51.93 Kb.
|
R e j a
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Paradigma va sintagma.
4. Gapning aktual bo‘linishlari. Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa, aktual bo‘linishda gap ma`no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qismi hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan noma`lumga qarab harakat qiladi.
Boshqacha aytganda, gapning konkret matndagi mundarijasidan kelib chiqib mazmun jihatdan bo‘linishi. Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1.So‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma`lum narsani ifodalovchi qism(tema); 2.So‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya`ni yangi informatsiya qismi (rema): Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari yana ham katta. Tema: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari, rema: yana ham katta. Gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi: Institut studentlari (ifoda asosi) sport musoboqalarida ғolib chiqdilar (ifoda yadrosi). Gapning hamma tiplari ham aktual bo‘linavermaydi. Odatda bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, nominativ gaplar, to‘siqsiz gapning ba`zi tiplari aktual bo‘linmaydi. YOzuvda gapning aktual bo‘linishi tinish belgilari bilan ajratilmaydi. Oғzaki nutqda esa aktual bo‘linishda intonatsiya asosiy vositadir. . Paradigma va sintagma. So‘zning o‘zaro boғlangan shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilib, bir butun sistemani tashkil qiladigan ikki yoki undan ortiq formalari pardigma deb yuritiladi. Bunday formalarga ot yoki otlashgan so‘zdagi son (birlik, ko‘plik), kelishik, egalik; fe`llardagi zamon, mayl, shaxs-son formalari kiradi. Boshqacha aytganda, til birliklari grammatik formalarning umumiy ma`nosiga ko‘ra birlashuvi, xususiy ma`nosiga ko‘ra farqlanuvchi sistemasi. Mas., otlarning kelishik bilan turlanish paradigmasi, fe`llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi kabi. Sintagma (birlashgan narsa degani). 1.Nutqning mazmun va ritmik-milodik jihatdan bir butunlikni hosil qiluvchi semantik-sintaktik bo‘lagi. Sintagma bir yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi, hatto gapga teng bo‘lishi ham mumkin: Sovxozimiz paxta planini muddatdan ilgari oshirib bajardi. 2. Ikki so‘zning sintaktik boғlanishi bilan yuzaga keladigan nutq birligi (birikma yoki gap). Download 51.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling