1. Sivilizatsiya tushunchasiga ta’tif bering. Matriarxat nima? Patriarxatchi?


Download 30.14 Kb.
Sana19.07.2020
Hajmi30.14 Kb.
#124313
Bog'liq
tarix


1.     Sivilizatsiya tushunchasiga ta’tif bering.

2.     Matriarxat nima? Patriarxatchi?

3.     Yunоn-Baqtriya davlati qachоn vujudga kelgan?

4.     Qang‘ davlati qachоn va qaysi hududlarda vujudga kelgan?

5.     Davan (Farg‘оna)davlati haqida ma’lumot bering.

6.     Eftaliylar davlati va uning boshqaruv tizimi qanday tashkil etilgan?

7.     Turk hoqonligida davlat boshqaruvi qanday boʻlgan?

8.     Arablarning Oʻrta Osiyoga yurish qilishidan koʻzlangan maqsadlar nimalardan iborat edi?

9.     Arablar bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari va ularning yetakchilaridan kimlarni bilasiz?

Javoblar:




  1. Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli; 2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S." tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S." deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, "S." har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.

  2. Matriarxat (lot. mater — ona va yun. arche — ibtido, hokimiyat; aynan — ona hukmronligi), ginekokratiya — asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Baʼzi xalqlarda patriarxatdaya oldin mavjud boʻlgan, ayrimlarida urugʻchilik tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish davrida ham saqlangan. M.da ayollar hukmron mavqega ega boʻlgan, mulk va naslnasab sotsial mavqe ona urugʻi boʻyicha oʻtgan, nikoxdan soʻng er xotin jamoasiga koʻchgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin oʻz jamoalarida alohida-alohida yashagan. M. Jan.-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hozirgi ham saqlanib qolgan. Patriarxat — ibtidoiy jamiyat davriga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar shakli. P.da jamiyat, xoʻjalik, oilada erkak hukmron mavqega ega boʻlgan. P.ningxoʻjalikfaoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning soʻnggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.

  3. Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256— 248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar). Asoschisi salavkiylarttt Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shim.

  4. Qangʻ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.

  5. Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlatMiloddan avvalgi 21-asrlardagi Xitoy manbalarida keng , obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-asrgacha uchraydi. Soʻngra D. oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. 5-asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. D. ga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar D. deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.

  6. Eftaliylar davlatlari — Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy 5-asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar: 1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshida ravnaq topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va jan.sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx xisoblanadi. Uning asosiy negizini BaqtriyaToxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qoʻshni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi Peroz halok boʻlgan. U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan edi.

  7. Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk xoqonligiga doyr maʼlumotlar UrxunYenisey bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sugd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.

  8. 7-asrda murosasiz qabilalararo urushlardan soʻng kichik Madina shahri arab qabilalarning siyosiy birlashuv markaziga aylandi. Oʻz kuchlarini qoʻshni vohalar va shaharlar tomon yoʻnaltirgan koʻchmanchi qabilalar sardorlari Madina atrofida tezkorlik bilan birlashadilar. Arablar birin-ketin gʻalaba qozonib tezda Suriya, Falastin, Eronni zabt etadilar, 651 yili esa ular Marvga yetib kelib, uni jangsiz ishgʻol etadilar. Arablarning gʻalabalari ularning asl kuchidan koʻra koʻproq bosib olingan mamlakatlarning zaifligi va parokandaligi bilan izohlanadi. 674 yili xalif Muaviya tomonidan yoʻllangan Ubaydulloh ibn Ziyod chamasi birinchi boʻlib Amudaryoni kechib oʻtgan. U Poykandni qurshovga olib, ishgʻol etadi. Buxoro qirolichasi ustidan gʻalaba qozonib, u shahardan katta oʻlja -qurol-yarogʻ, kiyim-kechak, oltin, kumush va koʻplab asirlar olib ketadi. Soʻgʻd hukmdorlari Kesha i Nesefa buxoroliklarga yordam berishga qaror qilishadi, ammo, Narshohining hikoya qilishicha, arab qoʻshini soʻgʻdlarni dahshatga solgani bois, ular jang maydonini tark etishadi. Arab tarixchisi Belazurining soʻzlariga qaraganda, Buxoro asirlari qullarga aylantirilgan. Erksevar buoroliklar oʻz taqdirlariga tan berishni istamadilar. Ular Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, uni oʻldirishadi. 704 yili Xurosonning noibi etib, Qutayba ibn Muslim tayinlanadi. U Movarounnahr, yaʼni Amudaryoning oʻng sohilidagi oʻlkalarni toʻliq bosib olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 705-706 yillarda u Balx, Poykandni ishgʻol etadi, ammo Bogʻdis Nizoq Tarxun boshchiligidagi soʻgʻdlar va turkiylarning keskin qarshiligiga duch keladi va chekinishga majbur boʻladi. 709 yili Qutayba burilish yasashga erishadi. Tarxun tor-mor keltirilib, qatl qilinadi, Buxoro katta qiyinchiliklarsiz ishgʻol etiladi. Koʻp oʻtmay Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni egallab oladi. Arablarning Soʻgʻd yuragi Samarqandga hujum qilishi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo tuyulgan edi, biroq Qutayba salkam ikki yilgacha Xorazmdagi yumushlar bilan ovora boʻladi. 711 yili Qutayba xorazmshohga taxtni qayta egallashda koʻmaklashadi va Xorazm Xalifatga tobe boʻlib qoladi. 712 yili Qutayba Samarqandga yurish qiladi. Samarqand hokimi Gurek unga keskin qarshilik koʻrsatadi. Arab qoʻshini qamalga moʻljallangan otish va devor buzish qurollaridan foydalanadi. Murosasiz jangdan soʻng Qutayba nihoyat shaharni ishgʻor etadi va Samarqand aholisiga ogʻir oʻlpon toʻlash majburiyatini yuklatadi. Qutayba oʻz harbiy yurishlarini davom ettirib, Xoʻjand va Fargʻonani zabt etadi, Shoshga qarshi urushadi, biroq uning bu hamlasi Shosh hukmdori turkiy Bahodir tudun tomonidan daf etiladi. 715 yili halifa Validning oʻlimidan voqif boʻlgan Qutayba qoʻzgʻalon koʻtaradi, ammo Fargʻonada oʻz yaqinlaridan biri tomonidan oʻldiriladi.

  9. Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari
    Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so‘zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720-yilda So‘g‘d aholisi bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘olonga Samarqand ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.So‘g‘dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko‘rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So‘g‘ddagi qo‘zg‘olon umumxalq qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va e’tiborli vakillarni qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘lolmadi.

Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling