1 soatlik dars ishlanmasi


Download 0.97 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1800471
Bog'liq
1 soatlik dars ishlanmasi №3 (1)


1 soatlik dars ishlanmasi

Fan:

Informatika

Sinf:8-A

Sana:13.06.2022

_________

___________

_________

___________

_________

___________




Mavzu:

You Tubeda kanal ochish

Darsning maqsadi:






Ta’limiy:

O’quvchilarga You Tube platformasidan oqilona foydalanish, undan foyda olish hamda shu yo’nalishdagi kasblar haqida bilim berish.

Tarbiyaviy:

O’quvchilarni yangi bilim olish va tartib qoidaga rioya qilishga o’rgatish

Rivojlantiruvchi:

O’quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish

Dars turi:

Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars usuli:

Aralash

Dars jihozlari:

Elektron resurslar, plakatlar, darslik, kompyuter, proyektor ekrani bilan.



DARSNING BORISHI:



  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish.
Davomad va darsga tayyorgarligini o’rganish.
Uyga vazifalarni nazorat qilish.



  1. O’tgan mavzuni takrorlash

Test topshiriqlari asosida o’tgan mavzu takrorlanadi

1.

Birinchi ommalashtirilgan shaxsiy kompyuter qachon ishlab chiqarilgan?

A)

1973

B)

1977

C)

1975

D)

1963







2.

Kompyuterning asosiy qurilmasini aniqlang

A)

Sichqoncha

B)

Klaviatura

C)

Modem

D)

A va D







3.

Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn qaysi fizik element uchun Nobel mukofotini olishgan?

A)

Elektron lampa

B)

Integral sxema

C)

Transistor

D)

Batareyka







4.

Axborot hamda buyruq kiritishga xizmat qiladigan qurilmani toping

A)

Printer

B)

Klaviatura

C)

Sichqoncha

D)

A va B







5.

Protsessorlar nimasi bilan farqlanadi?

A)

Nomi

B)

Rangi

C)

Tranzistori

D)

O’lchovi




  1. Yangi mavzuni tushuntirish




Dunyodagi eng ommabop videoxosting bo‘lgan YouTube da videoblogerlar ko‘p, ular safiga qo‘shilishni istovchilar ham kam emas. Quyidagi yo‘riqnoma bu borada asqotishi tabiiy.
2019 yilda eng ko‘p pul topgan YouTube-blogerlar: kuchli uchlikda ikkita bolakay!
Buning uchun oldin YouTube servisida Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz (avtorizatsiya qilishingiz) lozim. Agarda haliyam akkauntingiz yo‘q bo‘lsa, «Voyti» tugmachasini bosib, keyin «Sozdat akkaunt»ni tanlab, uyog‘iga tizim ko‘rsatmalariga rioya qilsangiz, tezda akkaunt ochib olasiz.

Google akkauntingiz bilan YouTube’ga kirganingizdan keyingina kanal ochishga kirisha olasiz. Mazkur xostingda ikki xil videokanal ochsangiz bo‘ladi: shaxsiy (o‘z nomingiz bilan) hamda shaxsiy bo‘lmagan (istalgan nom bilan). Demak, yuqoridagi ikki xil kanal ochish usullarini va ularning o‘ziga xosliklarini, keyin esa kanalni ishga tayyorlashni ko‘rib chiqamiz.
YouTube’da shaxsiy kanal ochish
Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.
Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan:

Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin. Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan ekan:

Demak, ayni mana shu joyni bosib, shaxsiy kanalingizni o‘zingiz yaratasiz va «S vashim imenem» variantini tanlaysiz:

Buyog‘iga tizim yo‘riqnomalariga amal qilib, shaxsiy vlogingizni yaratib olaverasiz.
Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish
Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.
Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.

Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat» tugmachasini bosasiz. Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.

Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «Nastroyki»ni topib, ustiga bosasiz.

Endi ochilgan oynada «Dobavit ili udalit administratorov kanala» yozuvi ustiga chertasiz:

So‘ng «Nastroyki dostupa» bo‘limiga o‘tasiz:

Mana shu yerdagi «Priglasit polzovateley» belgichasi ustiga chertib, kanalni birga boshqarishi kerak bo‘lgan kishilarning rollari va pochta manzillarini ko‘rsatasiz:

Siz shaxsiy bo‘lmagan YouTube‑kanalni boshqarish uchun uning egasi (vladelets), ma’muri (administrator) hamda menejerini belgilay olasiz. Ulardan har birining rollari haqida esa mana bu havola orqali Google ma’lumotnomasidan (rus tilida) o‘qib olishingiz mumkin.
Yangi ochilgan YouTube‑kanalni ishga tayyorlash

  1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube’ning ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15 daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.

  2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube‑kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek, o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Qani, videokanal ochishni hoziroq boshlaymizmi? Buning uchun siz professional bo‘lishingiz ham shartmas, videokamera ham kerak bo‘lmaydi, yana pul topish ham mumkin.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.



  1. You Tube haqida ma’lumot bering?

  2. YouTube platformasida ro‘yxatdan qanday o‘tiladi?

  3. YouTube platformasidagi videoroliklarni yuklab olish mumkinmi?

  4. YouTube platformasida ta’lim sohasiga taalluqli videoroliklar mavjudmi?

  5. YouTube va Google platformalarining bir-biriga qanday aloqasi bor?




  1. O’quvchilarni baholash.



VI. Uyga vazifa


1. YouTube saytida ro‘yxatdan o‘ting.
2. YouTube saytida ijtimoiy media marketingga asoslangan biror loyihani targ‘ib qiluvchi videorolikni qidirib toping va uni ko‘rib chiqing.
3. YouTube saytida o‘zingizga yoqqan kanal videoroliklarini ko‘rib chiqib, unga a’zo bo‘ling.
4. YouTube saytida qidirib topgan videoroligingizni qurilmangizga ko‘chirib oling.Buning uchun videorolik manzili qatoriga ss ni qо‘shib (masalan, http://ssyoutube.com/ watch?v=pQN-pnXPaVg), Enter tugmachasini bosing yoki savefrom.net manziliga kiring. Maxsus maydonga videorolik manzilini kiriting, sо‘ngra formatni tanlab, download tugmachasini bosing.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling