1. Sof tug'ma elementlar haqida ma'lumot Guruh minerallaridan na'munalar


Download 19.61 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1531487
Bog'liq
Sof tug\'ma minerallar


Reja:
1. Sof tug'ma elementlar haqida ma'lumot
2. Guruh minerallaridan na'munalar
3. Guruh minerallarini amaliy ahamiyati


Bu guruh minerallarining soni 80 dan ortiq. Bulardan 30 tasi metallar va ular ba’zan “asl elementlar” ham deyiladi. Er po‘stida sof tug‘ma elementlarning umumiy miqdori 0,1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% ni azot va 0,01-0,02% ni kislorod tashkil etadi. Sof tug‘ma elementlarga platinoid va temir guruhi minerallari ham kiradi. Mendeleev jadvalining o‘ng qismida joylashgan margimush, surma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq tarqalgan. Sof tug‘ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari orasidagi bog‘lanish o‘ta kuchli.


Ushbu guruhga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va Yuqoridarajada nur qaytarish xususiyatga ega bo‘ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar va oltinlarning solishtirma og‘irligi barcha ma’lum minerallar solishtirma og‘irligidan juda katta. Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati - ularning pachaqlanuvchanligi va egiluvchanligidir.

Sof tug‘ma mis – Cu. Singoniyasi-kubik.


Kimyoviy jihatdan odatda toza holda bo‘ladi. Ba’zan tarkibida aralashmalarsifatida Ag, Au, Fe (2,5% gacha) bo‘lishi mumkin. Xillari: oltinli mis (tarkibidagioltin miqdori 2-3%), vitneit – tarkibidagi oltin miqdori 11,6% gacha.
Agregatlari tog‘ jinslari bo‘shliqlarida yuzaga keladigan noto‘g‘ri shakllidendritlar va plastinkalar tarzida uchraydi. Ayrim konlarda og‘irligi bir nechatonna keladigan massalari ham uchraydi. Masalan, Amerikaning Yuqori ko‘l rayonida sof tug‘ma misning 1000 tonnagacha bo‘lgan yaxlit massalari topilgan. Yaxshi qirralangan kristallari juda kam uchraydi, ular ko‘pincha kubik gabitusga ega. Qo‘shaloq bo‘lib o‘sishgan kristallari ham uchraydi.
Rangi mis-qizil bo‘ladi. Chizig‘i metalldek yaltiraydi. Yaltirashimetallsimon. Qattiqligi 2,5-3,0. Soltishtirma og‘irligi 8,5-8,9. egiluvchan xususiyatga ega. Ulanish tekisligi yo‘q. Elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. Qaytarish ko‘rsatkichi 90%.
Misni rangi, egiluvchanligi va solishtirma og‘irligiga qarab oson bilish mumkin. Sulfat kislotada qiyin eriydi. Dahannam alangasida eriydi (erish temperaturasi 1080-1398°C). Mis xalq xo‘jaligini har xil sohalarida, ko‘proq qismi mashinasozlikda, metallurgiyada, elektrotexnikada, asbobsozlikda ishlatiladi. Mis tangalartayyorlashda ham ishlatiladi.
Sof tug‘ma kumush – Ag. Singoniyasi-kubik.
Tarkibiga bog‘liq ravishda quyidagi xillari ma’lum: kyustelit (oltin miqdori10% gacha), misli kumush (mis miqdori 0,1% gacha), vismutli kumush(tarkibidagi vismut 5% gacha), surmali kumush (tarkibidagi surma 11% gacha), simobli kumush – kongsbergit (tarkibidagi simob 5% gacha), arkverit (simob 13% gacha), bordozit (tarkibidagi simob 30,7% gacha).
bilan qoplangan bo‘ladi. Qattiqligi 2,5-3. pachaqlanuvchan. Ulanish tekisligi yuq. Solishtirma og‘irligi 10.1-11.1. U eng yaxshi issiqlik va elektr o‘tkazuvchandir. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi juda yuqori 95%.
Kumush rangiga, o‘ziga xos ilgaksimon, zirapchasimon sinishiga, qattiqligining kichikligi va solishtirma og‘irligiga qarab aniqlanadi.
HCl da erib suzmasimon oq cho‘kindi ajralib chiqadi. Dahandam alangasida eriydi (erish temperaturasi 960°C ga yaqin).
Sof tug‘ma kumush gidrotermal va ekzogen jarayonlarda yuzaga keladi. Kumushni gidrotermal konlarini uch tipga ajratish mumkin: 1) argentit bilan birgalikda gidrotermal tomirlarda; 2) Har xil metallarni murakkab oltingugurtli, margimushli, surmali birikmalari bilan bir assotsiatsiyada, bular ichida ko‘proq tarqalganlari kalsitli va baritli tomirlarda uchraydigan kobaltin, safflorit, arsenopirit , nikelin. 3) Uranit va nikel-kobaltli minerallar bilan.
Sof tug‘ma kumushning konlari Norvegiyada (Kongsberg koni), Kanadada(Kobal’t koni, bu erda 612 kg li kumush topilgan), Saksoniyada (Shneeberg koni), Chexoslovakiyada (Yaximov koni) topilgan. Ekzogen sharoitlarda kumush, tarkibida kumush bo‘lgan oltingugurtli va margimush-sur’mali konlarnioksidlanish zonasida va ikkilamchi boyitish zonasida uchraydi. Bu sharoitdagikonlar Meksikada, Amerikada, Kanadada ma’lum.
O‘zbekistonda sof tug‘ma kumush Qurama tog‘laridagi konlarda, Sharqiy Qoramozor polimetall konlarida gipogen va gipergen holda uchraydi.
Kumush asosan mis bilan qotishtirilib kumush buyumlar, tangalar va boshqanarsalar tayyorlashda ishlatiladi. Sof kumush nozik zargarlik ishlarida, ishqoreritiladigan tigellar tayyorlashda, buyumlarni kumush bilan oqartirishda, kimyoviybirikmalar hosil qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Kumushning asosiymassasi (80% ga yaqin) sof tug‘ma holda emas, balki kumushga boy qo‘rg‘oshin rux, oltin va mis konlaridan qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi.
Sof tug‘ma oltin - Au. Singoniyasi-kubik.
Oltin kimyoviy sof holda juda kam uchraydi. Aralashma sifatida ko‘pinchakumush keladi (15% gacha). Tarkibidagi mis, palladiy va vismutning miqdorigabog‘liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma’lum: misli oltin (kuproaurit) – mismiqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin, palladiyli (porpetsit) – palladiy miqdori 5 dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) – vismut miqdori 4% gacha.
Oltin kvars yoki ruda massasi orasida, ba’zan mikroskopda ham ajratishqiyin bo‘lgan, mayda noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar holida, plastinkasimontarzda uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari edirilib silliqlanganbir necha grammdan to bir necha o‘n kilogrammgacha bo‘lgan sof tug‘malaritopilgan.
Hozirgi paytgacha topilgan sof tug‘ma oltinning eng kattasi «Xoltermanplitasi» deb atalib, uning tog‘ jinsi bilan og‘irligi 260 kg, tarkibidagi sof tug‘maoltin 93,3 kg ga teng bo‘lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill-End konidan topilgan. Sof tug‘ma oltinning eng katta bo‘laklari «Yoqimli notanish» (59,67 kg – 1857 yil) va «Kutilgan mehmon» (68,08 kg – 1869 yil) ham Avstraliyani Viktoriyaprovinsiyasida topilgan.
Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan ko‘proq uchraydi. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo‘lib, ba’zan kub shaklida ham uchraydi.
Sof tug‘ma oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi. Chizig‘i metallsimon sariq, yaltirashi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin eziluvchan va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 15,6-18,3 (sof oltinniki 19,3 gacha etadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazish xususiyatiga ega.
Sof tug‘ma oltinni aniqlash uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi, solishtirma og‘irligini yuqoriligi, qattiqligining kichikligi va havoda o‘zgarmasligi xarakterli belgi bo‘lib hisoblanadi,kislotalardi erimaydi. Dahandam alangasida eriydi. (erish temperaturasi 1062°C).
Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog‘liq. Lekin oltin magmatikdan tortib cho‘kindi jinslargacha bo‘lgan tog‘ jinslarida aralashma sifatida uchraydi. Asosan nordon tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlarda oltin, kvars tomirlarida har xil sulfidlar bilan birgalikda uchraydi.
Mikroskopik tekshirishlarni ko‘rsatishicha, oltin boshqa minerallarga nisbatan keyinroq yuzaga kelib ko‘pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi. Ko‘rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq holda sul’fidlarda uchraydigan «bog‘langan» oltin ham bo‘ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab, faqat kimyoviy analizlar orqali aniqlanadi (Masalan: Ruminiyadagi Zlatna konidagi arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/m ni tashkil qiladi).
Dunyodagi oltinni yirik gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerikani g‘arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, u juda ko‘p joylarda uchraydi. Chotqol-Qurama tog‘larida, Qizilqumda, G‘arbiy va Janubiy O‘zbekistondagi oltin juda ko‘p olimlar tomonidan kuzatilib, to‘liq ma’lumotlar berilgan.
Oltin asosiy valyuta metalidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlari tayyorlashda, fizik va kimyoviy asboblar ishlashda, meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Elektrum – (Au, Ag). Singoniyasi-kubik.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra Au-Ag izomorf qatori orasidan joy oladi. Uning tarkibidagi kumush 15% dan 50% gacha etadi. Aralashma sifatida Cu va Fe ishtirok etishi mumkin. Fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra oltin bilankumush oralig‘ida bo‘ladi.
Elektrumni rangi och sariq, ba’zan kumushdek oq ham bo‘ladi. Yaltirashi metallsimon. Nur qaytarish qobiliyati juda Yuqori 80-81%. Qattiqligi 2-3. Elektrum eziluvchan va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 12-15.
Elektrum faqat gidrotermal tomirlarda tarkibida kumush bo‘lgan sulfidlar bilan birgalikda uchraydi. Elektrum Ural va Oltoyning bir qancha joylarida topilgan. O‘zbekistonning oltin konlarida ham uchrab turadi.
Sof tug‘ma temir – Fe. Singoniyasi-kubik.
Yer qobig‘ida uchraydigan sof tug‘ma temirni kelib chiqishiga qarab, kam uchraydigan tellurik (erda paydo bo‘lgan) va kosmik (meteorit tarzida yer yuziga kelib tushgan) mahsulotlarga ajratish mumkin. Tellurik temir tarkibida aralashma sifatida Ni, Co, Cu, Pt va boshqalar uchraydi.
Temirni kristallari juda mayda bo‘lib, haddan tashqari kam uchraydi. Odatda mayda – mayda noto‘g‘ri donachalar shaklida topiladi.
Temirni rangi po‘latdek kulrang, yaltirashi metallsimon. Chizig‘ini rangi ham po‘latdek kulrang. Kuchli magnitlik hususiyatiga ega. Egiluvchan. Qattiqligi 4-5. Solishtirma og‘irligi 7-7,8.
Sof tug‘ma temir uchun diagnostik belgi bo‘lib kuchli magnitlik va egiluvchanlik xususiyati hisoblanadi. Sun’iy yo‘l bilan temirni metallurgiya jarayonida uglerod yordami bilan quyidagi qaytarilish reaksiyasi orqali temir rudalaridan olish mumkin.
Poliksen – (Pt, Fe). Singoniyasi-kubik.
Tabiatda platina toza holda uchramaydi. Aralashma sifatida Fe, Jr, Pd va Rh(ba’zan Ni va Cu) uchraydi. Shuning uchun nomi poliksen (grekcha «poli» - ko‘p, «ksenos» - o‘ziga degan ma’noni bildiradi). Poliksen tarkibida Pt – 80-88%, Fe – 9-11% bo‘ladi. Izomorf aralashma sifatida Jr, Pd, Rh, Ni, Cu keladi.
Poliksen ko‘pincha noto‘g‘ri shaklli donalar holida uchraydi, ba’zan yaxlit massalar holida to‘planib sof tug‘malar hosil qiladi. Uning eng yirik sof tug‘malari Uralda topilgan bo‘lib tub konlardan topilgan 427,5 gramm, sochilma konlardan topilgani 9,62 kg keladi. Ba’zan kubik qiyofaga ega bo‘lgan mayda kristallari ham uchraydi. Ba’zan qo‘shaloq kristallari ham uchraydi. Poliksenning rangi kumushdek oqdan po‘latdek kulranggacha. Chizig‘i metalasimon po‘latdek kulrang. Yaltirashi metallsimon. Ulanish tekisligi yo‘q. Qattiqligi 4-4,5 solishtirma og‘irligi 15-19. elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Magnitlik xususiyatiga ega. Silliqlangan shliflarda nurni qaytarish ko‘rsatkichi Yuqori: 65-70%. Poliksenni aniqlashda diagnostik belgi bo‘lib Yuqori darajadagi solishtirma og‘irligi, kislotalarda erimasligi va dahandam alangasida erishi hisoblanadi. Poliksen asosan magmatik sharoitlarda hosil bo‘lib, barqarorligi tufayli sochilma konlarda ham to‘planadi. Magmatik konlarda platina gruppa minerallari o‘ta asos va asos intruziv jinslarda uchraydi. Platinani konlari Kanadada (Sedberi), Kolumbiyada, Yangi Zelandiyada, Uralda ma’lum.
Platina O‘zbekistonda kam uchraydigan minerallar qatoriga kirib Chotqol tog‘larida va Markaziy Qizilqum konlarida uchratilgan.
Platina gruppasi metallarining eng muhim xususiyati ularning qiyin erishi, elektr o‘tkazuvchanligi va kimyoviy turg‘unligidir. Bu metallarning bunday xususiyatlari ularni ximiya sanoatida (laboratoriya idishlari tayyorlashda, sul’fat kislotasi ishlab chiqarishda va boshqalarda), elektrotexnikada va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatilishiga sabab bo‘ladi. Platinani ancha miqdori zargarlikda va tishni protezlashda sarflanadi.
Olmos – C. Singoniyasi-kubik.
Mineralning nomi grekcha “adamas” – yengilmas degan so‘zdan kelib chiqqan. Rangsiz xillari sof ugleroddan tarkib topadi. Rangli va shaffof bo‘lmagan xillari, yondirganda 0,13 dan 4,8% gacha kuymaydigan qoldiq qoldiradi. simmetriya ko‘rinishi geksatetraedrik. Olmos strukturasi yonlari markazlashgan kubik panjara shaklida bo‘lib, bunda uglerod atomlari elementar kubik yacheykaning uchlarida va yonlarini o‘rtasida joylashadi. Lekin oddiy yonlari markazlashgan elementar kubni panjarasidan, olmosni strukturasi sakkizta kubni to‘rttasini o‘rtasida joylashgan uglerod atomi borligi bilan farq qiladi. Buning natijasida markazi to‘ldirilgan va markazi bo‘sh kublar ketinma – ketin keladi. Panjaradagi uglerodni har bir atomi, gomopolyarbog‘lanish burchagi bilan qo‘shni tetraedrik shaklda joylashgan katta atom bilan juda mustahkam bog‘langan. Olmos zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi, lekin u texnik maqsadlarda ham juda zarur bo‘lganligi uchun bu sohada ko‘proq ishlatiladi. Shu sababli olmoslar ikki turga bo‘linadi. Zargarlik va texnikada ishlatiladigan olmoslar. Zargarlik maqsadida ishlatiladigan olmoslar yuqori sifatli, juda yaxshi formaga ega bo‘lgan, juda shaffof, chiroyli, bir xil rangli bo‘lishi kerak.
Texnik olmoslar foydalaniladigan olmoslarni 75,85% ni tashkil qiladi. Bular asosan olmos bilan burg‘ulashda, har xil asbob – uskunalar tayyorlashda, abraziv, kesuvchi, silliqlovchi materiallar sifatida ishlatiladi. Texnik maqsadlarda odatda zargarlik maqsadlarida ishlatib bo‘lmaydigan mayda olmoslar, hamda bort, ballas va karbonadodan foydalaniladi.
Grafit – C. Singoniyasi-geksagonal.
Nomi grekcha “grafo” – yozaman degan so‘zdan kelib chiqqan. Grafitit – yashirin kristallangan xili, Shungit – amorf xili.
Grafitning to‘g‘ri tuzilgan kristallari kamdan - kam uchraydi. Ular ba’zan yonlari uchburchakli chiziqchalar bilan qoplangan olti burchakli plastinkachalar, tablet-kachalar shaklida bo‘ladi. Agregatlari tangasimon va plastinkasimon.
Grafitning rangi temirdek qora va po‘latdek kulrang. Kuchli metallsimon yaltiraydi. U optik manfiy. Qattiqligi 1. U qo‘lga yog‘langandek tuyuladi. Grafit qo‘lni va qog‘ozni qoraytiradi. Ulanish tekisligi bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 2,09 – 2,23. Elektrni yaxshi o‘tkazadi. Grafit rangi, kichik qattiqligi va qo‘lga yog‘langandek tuyulishiga qarab oson bilinadi. Daxandam alangasida, kislotalarda erimaydi.
Yuqori temperaturada, elektr pechkalarda sun’iy bilan ko‘mirdan (antratsit) olish mumkin. Konlarda grafit quyidagi genetik tiplarda uchraydi; cho‘kindi-metamorfik, magmatik, postmagmatik.
Cho‘kindi metamorfik tip kembriygacha va quyi paleozoy metamorfik yotqiziqlarida, hamda paleozoy marmarlarida, linzalar, uyumlar, tomirlar sifatida uchraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Betexten "Mineralogiya kursi"
2. M.V.Abdunabiyeva "Mineralogiya va kristallografiya darslik"
3. Adilxanov "Mineralogiya"
Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling