1 sof tug‘ma elementlar


Download 6.01 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi6.01 Kb.
#1843557
Bog'liq
дилдора опа


Kirish.
Yer qobig‘ida mineralogik olimlarning hisoblariga ko‘ra taxminan 3 mingga yaqin mineral mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki minerallarning soni yildanyilga oshib bormoqda. Har yili minerallar qatoriga yangi-yangi 20-30 ta ilgari noma’lum bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar kashf etilmoqda. Minerallarni tadqiqot qilish va bashoratlash uchun avvalo ularni bir tartibga solish zarur shu boisdan ma’lum minerallar har xil sinflarga umumlashtirilgan.
Minerallarning hozirgi zamon tasnifi ularning kimyoviy tarkibini turi va kristall strukturasini birliklariga asoslangan. Tabiatda ma’lum bo‘lgan va sun’iy ravishda olingan minerallar ikkita kata guruhga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy birikmalar. Tabiiy birikmalar o‘z holida ikki turga ajratiladi.
1. Anorganik minerallar, bunga sof tug‘ma elementlar bilan bir qatorda hamma elementlarning tabiiy birikmalari kiradi.
2. Organik minerallar, bular uglerodning turli birikmalaridan tashkil topgan bo‘ladi.
Organik minerallar anorganik birikmalardan o‘zlarining kimyoviy xususiyatlari bilangina farq qilib qolmay, balki ular kristall tuzilishi va struktura birliklari orasidagi bog‘lanish tabiati bilan ham ancha farq qiladi. Anorganik tabiatdagi barcha minerallar eng avval kimyoviy tarkibiga, kimyoviy birikma turiga va struktura birliklari orasidagi bog‘lanish tipiga qarab kimyoviy jihatdan har turli sinflarga ajratiladi:
1) sof tug‘ma elementlar;
2) sulfidlar;
3) galogenidlar;
4) oksidlar;
5) karbonatlar, nitratlar, boratlar;
6) sulfatlar;
7) xromatlar, volframatlar, molibdatlar;
8) fosfatlar, arsenatlar, vanadatlar;
9) silikatlar .


Elektrum, melonit, nefelin
Download 6.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling