1. Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha
Plevrit – o‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi. Sababi
Download 54.05 Kb.
|
Kasallik va norma tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam
- O’pka shishi
Plevrit – o‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: gripp, pnevmoniya kasalliklarining asorati, revmatizm, sil kasalligida ham plevrit yuzaga kelishi mumkin. Belgilari: plevrit quruq va eksudatli bo‘ladi.Quruq plevritda ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riq. Aksa urganda, qo‘lini ko‘tarib tushirganda, qimirlaganda og‘riq zo‘rayadi. Auskultatsiyada plevraning ishqalanish shovqini (qorni bosganda g‘ichirlagandek) nafas olganda ham, chiqarganda ham eshitiladi (Pnevmoniyada esa krepitatsiya tovushi chuqur nafas olganda eshitiladi). Eksudatli plevritda plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik to‘planadi. Bu suyuqlik o‘pkani qisib qo‘yishi tufayli bemorning nafas olishi qiyinlashadi va tezlashadi, lablari ko‘karadi. Auskultatsiyada nafas olish tovushi juda sekin eshitiladi yoki butunlay eshitilmaydi. Yurak tovushlari bo‘g‘iq va kuchsiz eshitiladi, tomir urishi tezlashadi,bemor rangi oqaradi, lablari ko`karadi, ahvoli og`ir bo`ladi. Tibbiy yordam:Kasallikni yuzaga keltirgan sababiga ko‘ra quyidagi tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi: 1.Plevrit revmatizm kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa ampitsillin, oksatsillin kabi antibiotiklar qo‘llanadi 0,5-1 gr dan kuniga 4 mahal muskul orasiga yoki vena tomiriga, shuningdek, aspirin, indometotsin, brufen kabilardan birontasi 1 tabletkadan kuniga 3 mahal (bolalarga uchdan bir- yarim tabletka) ichishga. Plevrit sil kasalligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, bemor sil kasalligi dispanserida davolanadi. Plevrit – pnevmoniya, gripp kasalliklari tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, pnevmoniyada qo`llanadigan tadbirlar qo`llanadi. Plevritning eksudatli turida plevra bo‘shlig‘iga to‘plangan suyuqlikning miqdori ko‘p bo‘lsa, uning o‘zi so‘rilib ketishiga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ko‘krak qafasi orqali plevra bo‘shlig‘iga igna sanchilib (qo‘ltiq osti bo‘ylab) suyuqlik shprits bilan yoki Poten apparati yordamida so‘rib olinadi. O’pka shishi – qon tomirlari devori orqali qonning suyuq qismi sizib o‘tishi tufayli o`pka shishadi. Sababi: o‘tkir va surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti, miya insulti, shuningdek, azot oksidi, alkogol, efir, kerosin, fosgen kabi kimyoviy moddalar bilan zaharlanish. Belgilari: bemorning nafasi qisadi, u qiynalib nafas oladi, nafas shovqinli, xirillagan bo‘lib, uzoqdan eshitiladi. Bemorning rangi oqaradi, qo‘l-oyoqlari soviydi, lablari ko‘karadi, tez-tez yo‘taladi, ko‘pikli balg‘am ajraladi. Auskultatsiyada o‘pkadan ho‘l xirillash tovushi eshitiladi (sovun ko`pigi yorilganda eshitiladigan tovush). Tibbiy yordam: Bu o`ta og`ir holatdagi bemor bo`lgani uchun u shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuborilishi kerak. 1.Bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda suyab qo`yiladi; 2.Har yarim soatda 1-2 minut kislorod hidlatib turiladi; 3.Qo‘l-oyoqqa issiq grelka qo‘yiladi, iloji bo`lsa oyoqlariga issiq vanna qilinadi; 4.Kuraklar o`rtasiga, ostiga, qo`ltiq ostiga, o`ng kukrak sohasiga gorchichnik yoki banka qo`yiladi. 5.Balg‘am ko‘chiruvchi dorilar (altey damlamasi, mukaltin tabletkasi); 6.Kofein, kamfora, kordiamin dorilarining birontasi 1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi; 7.Strofantin yoki korglyukon 0,5-1 ml 40% -20 ml glyukozaga qo‘shib vena tomiriga sekinlik bilan 2-3 minut davomida yuboriladi. Bu aralashmaga laziks (furosemid) 1-2 ml qo‘shish mumkin.U siydik ajratishni ko`paytirib, o`pkadagi shishni kamaytiradi. Download 54.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling