1. Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha
Belgilari: yutinganda tomoqda og‘riq. Tibbiy yordam
Download 54.05 Kb.
|
Kasallik va norma tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laringit
Belgilari: yutinganda tomoqda og‘riq.
Tibbiy yordam: 1.Tomoqni ichimlik sodasining 1-2 % eritmasi bilan chayqash; 2.Furatsilinning 1:1000 eritmasi bilan chayqash; 3.Lyugol eritmasi tayyorlab tomoqni artish. (Lyugol eritmasi tayyorlash uchun 5 ml spirtga 5 tomchi yod qo‘shiladi). 4.Bo‘yin oldi sohasiga isituvchi kompress qo‘yish. 5.Bemorning harorati ko‘tarilsa aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birontasi qabul qilinadi, yoki analgin, dimedrol, novokain bilan qo`shib muskul orasiga yuboriladi. Shuningdek, bemor badaniga spirt (aroq) surtiladi. 6.Bemor ichimlik va taomlarni issiq holda qabul qilishi lozim. Laringit – hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi. Sababi: shamollash, gripp virusi, baqirib gapirish, sovuq taomlar va ichimliklar iste’mol qilish. Belgilari: ovozning xirillashi, qattiq do‘rillab yo‘talish, kasallik og‘ir kechganda ovozning butunlay chiqmay qolishi, nafas olishning qiyinlashuvi. Tibbiy yordam: 1.Issiq sodali ingalyatsiya. 2.Oyoqlarga issiq gorchitsali vanna. 3.Bo‘yinning oldingi sohasiga isituvchi kompress. 4.Tana harorati ko‘tarilganda badaniga iliq spirt yoki aroq surtish, aspirin, panadol, paratsetamol 1 tabletka ichishga. 5.Harorat 39 daraja va undan oshganda analgin 1-2 ml, dimedrol 1ml, novokain 0,5 %-2 ml bitta shpritsga olinib muskul orasiga yuborish (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi). 6.Katta choynakdagi qaynoq suvga 1 osh qoshiq ichimlik sodasi solib, bemor og`zi va burnini choynak og`ziga yaqin tutib eritma bug`idan nafas olib, nafas chiqariladi. 7.Antibiotiklar: ampitsillin, oksatsillin, ampioks kattalarga 2 tabletkadan ichishga yoki 0,5-1 gr, kuniga 4 mahal muskul orasiga, gentamitsin 80 mg kuniga 2 mahal (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi), yoki sefazolin kattalarga 1 gr 2 mahal muskul orasiga (bolalarga yarmi). 8.Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometoksin)dan birortasi kuniga 2 mahal 1-2 tabletkadan ichiriladi. Download 54.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling