1. Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha


Download 54.05 Kb.
bet6/7
Sana05.11.2023
Hajmi54.05 Kb.
#1748771
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kasallik va norma tushunchalari

O’pkadan qon ketishi – ko‘krak qafasi devori va o‘pka to‘qimasining jarohatlanishi o‘pka silining kaverna (yemirilish) hosil qilgan turi, o‘pka raki, o‘pka abssessi va gangrenasi, bronxoektaziya kabi o‘pkaning og`ir kasalliklarining asorati tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat.
Belgilari: Bemorning nafas olishi qiyinlashadi, tez-tez yo‘taladi va qon aralash ko‘pikli balg‘am tupuradi, ba‘zida og‘iz-burnidan qon oqadi.
Tibbiy yordam: Tez yordam chaqirib bemor shoshilinch tibbiy yordam markaziga (reanimatsiya bo`limiga) yuborilishi kerak.
- bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda yotqiziladi.U harakat qilmasligi, gapirmasligi kerak;
- kalsiy xlorid 10% 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga yoki 5 - 10 ml vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi;
- vikasol 1-2 ml muskul orasiga;
- aminakapron kislota 5%- 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- parabenzoy kislota (amben, pamba)- 1%-5-10 ml muskul orasiga yoki vena tomiriga;
- u yuborilgandan keyin fibrinogen flakonda 1 gr bo‘lib, 250 ml distillangan suvda eritiladi- vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi (agar flakonda 2 gr bo‘lsa 500 ml distillangan suvda eritiladi);
- donordan yangi olingan qon yoki uning zardobi 50-100 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.
Bronxial astmainfeksion-allergik kasallik bo‘lib, vaqti-vaqti bilan avj olib, yillar davomida surunkali kechadi.
Sababi: odam organizmining qandaydir allergenga, ya’ni allergiyani yuzaga keltiradigan moddaga sezuvchanligining ortishi. Masalan, hayvon junining changi, gul changi, bo‘yoq, kerosin, benzin hidi, shuningdek, ba‘zi taomlar (tuxum, baliq, ikra, xurmo, apelsin, yong‘oq va hokazo)ga allergik moyillik.
Organizmning allergiyaga moyilligi bilan birgalikda stafilakokk, pnevmokokk kabi mikroblar va viruslar yuqishi natijasida nafas olish a‘zolarining tez-tez yallig‘lanishi (bronxit, pnevmoniya) kasalliklari bronxial astmaning yuzaga kelishiga qulay sharoit tug`diradi. Shuning uchun ham u infeksion-allergik kasallik deb nomlangan.
Belgilari: kasallik surunkali davom etib, vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi. Xuruj ko‘pincha kechasi paydo bo‘ladi, birdaniga bemorning nafasi qisadi, nafas chiqarishi qiyinlashadi, u hushtak chalgandek xirillab qiyinchilik bilan nafas chiqaradi. Nafas chiqarishini osonlashtirish uchun bemor tik turib qo‘llarini stolga, deraza supachasiga tiraydi. Auskultatsiyada o‘pkadan hushtakli g‘ijillashga o‘xshash xirillash eshitiladi. Xuruj paytida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa bemorning hayoti xavf ostida qoladi.
Tibbiy yordam: xuruj paytida bemorga quyidagicha tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak:
- bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan holda suyab qo‘yiladi. Uning tugmalari bo‘shatiladi. Xonaga toza havo kiritish chorasi ko‘riladi;
-qo‘l-oyoqlariga gorchitsali issiq vanna qilinadi;
- o’ng ko‘kragiga, kuraklari o‘rtasi va ostiga gorchichnik qo`yiladi;
- burniga astmopent, fenotiral, albutiral, ventalin, salmoteral, barmoteral, vintit, ditek kabi aerozollar sepiladi (purkaladi);
- prednizalon yoki deksametazon muskul orasiga, vena tomiriga yuboriladi;
- namlangan kislorod hidlatiladi;
- adrenalin 0,1 % 0,5-1 ml, platifillin 1 ml teri ostiga, eufillin 2,4 % 5-10 ml vena tomiriga (shulardan birontasi) in’yeksiya qilinadi;
- uy (oila) sharoitida yuqoridagi tibbiy yordamni ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa, bemor tezlik bilan shifoxonaning allergologiya bo‘limiga yuborilishi kerak;
- kasallikning xuruji o‘tib ketgandan so‘ng, bemor poliklinikaning allergolog yoki terapevt shifokori nazoratida muntazam ravishda davolanib turishi kerak.
Xulosa
Sog‘liq odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir.
Kasallik odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyati muvozanati birligining buzilishidir.

Download 54.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling