1. Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha
Download 54.05 Kb.
|
Kasallik va norma tushunchalari
Kasallik belgilari: Har bir kasallikning o‘ziga xos belgilari bo‘lib, ular kasallikka tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Masalan:
- nafas olish a‘zolari kasalliklarida: nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi, yo‘talish, nafas qisish, xirillash, ko‘krak qafasida og‘riq kabilar bilan xarakterlanadi; - yurak qavatlarining yallig‘lanish kasalliklarida (endokardit, miokardit, perikardit): yurak urishining tezlashuvi yoki sekinlashuvi, yurak sohasida og‘riq, bemor rangining oqarishi, lablarining ko‘karishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi yuzaga kelganda oyoqlarda shish hosil bo‘lishi, nafas qisishi, tomir urishining tezlashuvi va kuchsizlanishi kabilar; - buyrak va siydik ayirish a‘zolari kasalliklarida: bel, qovuq sohalarida og‘riq, siydik ayirishning tezlashuvi, siydikning loyqalanishi yoki qizarishi, pastki qovoqlarda shish paydo bo‘lishi, siydikda eritrotsit, leykotsit, oqsil kabilarning paydo bo‘lishi; Kasallikka o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yib davolash tadbirlarini talab darajasida olib borilmasa kasallikning kechishi qiyinlashadi, murakkablashadi, uning asosiy belgilaridan tashqari yuzaga kelgan asoratning belgilari ham namoyon bo‘ladi. Masalan, gripp kasalligini ayrim odamlar nazar-pisand qilmay, 4-5 kun yotib davolanmasdan oyoqda yurib o‘tkazmoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida gripp virusi va uning toksinlari o‘pka to‘qimasini yallig‘lantirib pnevmoniya, yurak muskulini zararlab miokardit, miya pardasini zararlab meningit, miya to‘qimasini zararlab ensefalit, buyrakni zararlab nefrit kabi og‘ir kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Foydalingan adabiyotlar. 1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr busagasida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O`zbekiston 1997, 328 bet. 2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: O`qituvchi nashriyoti 1994 yil. 3. Agoronyan A.S. Kultura povsednevnoy jizni: Sotsialno prakticheskie aspekti. Toshkent:O`zbekiston 1982, 254-bet. 4. Andreeva G.M. Aktualnie problemi sotsialnoy psixologii. M. Izd MGU. 1998 - 112 bet. 5. Sotsialnoe psixologiya: Uchebnoe posobie dlya stud. ped. institutov. / A.V. Petrovskiy, V.V. Abramenkova, M.E. Zelenova i drugie. Pod redaksiey A.V. Petrovkogo/. M. pros. 1987 - 224. 6. Sotsialnoe psixologiya: Istoriya, teoriya, empiricheskie issledovaniya. Pod. red ye.S. Kuzmina, V.E. Semenova. L: LGU. 1979 yil. Download 54.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling