1. Sog’lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi Xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, xalq tabobati va sog‘lom turmush tarzining ifodalanishi


Download 1.08 Mb.
bet3/5
Sana27.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1068122
1   2   3   4   5
Bog'liq
19-ma\'ruza taqdimot(1)

Xalq pedagogikasi manbalari, tarixiy-etnografik, madaniyatshunoslik, xalq og‘zaki ijodi va badiiy publitsistik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, insonning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan xalq tajribasi juda ham ko‘plab og‘zaki tarbiya vositalarida, jumladan, allalar, maqollar, matallar, afsonalar, rivoyatlar, asotirlar, ertaklar, topishmoqlar, masallar, dostonlarda o‘z aksini topgan.

Masalan, «Sog‘lom tanda sog‘ aql», «Tozalik - sog‘liq garovi», «Salomatlik - tuman boylik», «Bola sog‘ligi - ona boyligi», «Boshingni salqinda saqla, oyog‘ingni - issiqda», «Yurakda o‘t bo‘lsin, miyada muz bo‘lsin» kabi maqollar shular jumlasidandir. Shuningdek, turli o‘yinlar, mehnat sayillari, kundalikdagi jamoaviy tadbirlar, shaxslararo o‘zaro munosabatlar, urf-odatlar, udumlar, an’analar, bayram tomoshalari kabi aralash va yaxlit holda birlashgan tarbiya vositalarida ham sog‘lom turmush tarzi o‘z ifodasini topgan. Oila insonning tug‘ilishi va rivojlanishi, uning jismoniy va axloqiy-etik qiyofasini shakllantiruvchi bevosita muhit sifatida asosiy, tarixiy yuzaga kelgan va asrlar davomida mustahkamlangan ijtimoiy institutdir.


Insonning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xalq tajribasini aynan oiladan, uni rejalashtirish va har bir oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash tizimidan boshlab o ‘rganish maqsadga muvofiqdir. Demak, oilaviy-kundalik udumlarda bola sog‘lig‘ini saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha asrlar davomida o‘ziga xos tajriba yig‘ilgan bo‘lib, undan hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada foydalanishimiz mumkin.

Xalq o‘yinlarining ko‘pchiligi tashqarida, toza havoda o‘ynalgan. Bu o ‘yinlar turli-tuman bo‘lib, juda katta serharakatlilikni talab qilgan. Shu bois tanani ham chiniqtirgan. Bunday o‘yinlar faqat sog‘liq uchun foydaligina bo‘lib qolmay, balki chaqqonlik, jasurlikni ham tarbiyalagan. Ajdodlarimiz o‘z farzandlarining sog‘ligini ular hali tug‘ilmasdan ona qomida bo‘lgan paytidan o ‘ylaganlar, vujud sog‘ligi bilan aqltafakkur sog‘ligini uyg‘un holda bo‘lishini ta’kidlaganlar, muhit, oila, turmush sog‘lomligi haqida bosh qotirganlar. Aqliy-ruhiy toliqishdan so‘ng dam olib, hordiq chiqarishga alohida ahamiyat berganlar. Quvnoq, tetik, sog‘lom tanda ruhiy sog‘lik bo‘lishini ta’kidlaganlar, shu bilan birga yaxshi dam olishni ham bilganlar.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling