1. Sog’lom turmush tarzi haqida xalq tajribasi Xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, xalq tabobati va sog‘lom turmush tarzining ifodalanishi


Download 1.08 Mb.
bet2/5
Sana27.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1068122
1   2   3   4   5
Bog'liq
19-ma\'ruza taqdimot(1)

Xalq pedagogikasida ekologik tarbiyaga oid misollaming barchasi tabiatni e’zozlash, ko‘z qorachig‘iday asrash, tabiat saxovatidan me’yorida foydalanish, tabiat go‘zalligini asrab-avaylab, kelgusi avlodga yetkazish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘simlik-giyohlami timsollashtirish esa ona-tabiatni asrashning xalqona tarbiya ko‘rinishiga aylangan. Olimlaming aniqlashicha, O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklar soni qariyb 4150taga etadi. Shulardan 577tasi shifobaxsh xususiyatlarga ega.Ana shu shifobaxsh o‘simliklarning mo‘jizaviy xosiyatlari qadim zamonlardan xalqimizga ma’lum bo'lgan va xalq tabobatida ulardan turli kasalliklarni davolash uchun foydalanib kelingan.

Donishmand xalqimiz turli dov-daraxtlar, giyohlar, o‘simliklaming guli, bargi, mevasi va tanasidan har xil dori-darmonlami tayyorlashni bilganlar. Xalq tabobati haqida gap ketar ekan, dunyoga dong‘i ketgan Luqmoni xakim albatta tilga olinadi. Luqm oni xakim — m iloddan avvalgi m ing yillikdan oldingi davrlarda tug‘ilgan, ming yil umr ko‘rgan. Xalqimiz uni buyuk xakim, avliyo, donishmand sifatida e ’tirof etishgan

An’anaviy xalq madaniyati moddiy va ma’naviy yaxlitlikda insonning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan, tarixiy jihatdan sinalgan ko‘p asrlik xalq tajribasining juda katta bilim, ko‘nikma va malakalariga ega.

An’anaviy xalq madaniyati moddiy va ma’naviy yaxlitlikda insonning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan, tarixiy jihatdan sinalgan ko‘p asrlik xalq tajribasining juda katta bilim, ko‘nikma va malakalariga ega.

Xalq tajribasining bu imkoniyatlarini uning amaliy ahamiyatini hisobga olib, «Xalqning salomatlik pedagogikasi» deb atasak ham boiadi.Xalq madaniyati ijobiy imkoniyatlarining barchasini hisobga olmasdan, eng asosiysi, yoshlikdan insonni ma’naviy-etik va jismoniy qiyofasini izchillik bilan shakllantirmasdan turib, ta’lim va tarbiyada yaxlitlikka erishib bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, xalq tushunchasiga ko‘ra sog‘lom turmush tarzi faqat jismoniy kuch, chaqqonlik, harakatchanlik va h.larning yig‘indisi emas, balki insonning jamiyatdagi jismoniy va ruhiy muvozanati, axloqiy va sanitar-gigienik ozodaligi, etik vazminligi, psixologik xotirjamligi va boshqalardir.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling