4. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatida soliqqa tortish tamoyillari
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari o‘rniga soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning besh tamoyili (4-modda) belgilab berilgan.
Har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashga majburdir, ya’ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.
Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.
Beligilangan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yoki pul mablag‘larini erkin harakatini bevosita yoki bilvosita cheklamaydi yoki soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatini cheklashga yoki to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
Manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlar majburiy ravishda soliqqa tortiladi.
Belgilangan soliq imtiyozlari ijtimoiy adolat tamoyiliga mos kelishi shart.
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tadbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.21
Do'stlaringiz bilan baham: |