1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganish usullari
Download 0.84 Mb.
|
2 5262643094444051538
2. Soliq yuki, uni aniqlash tartibi
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining eng qulay holatini aniqlash muammosi doimo mavjud bo‘lib kelgan. Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o‘z vazifalarini qay darajada bajarishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu funktsiyalarning ta’siri haqida xo‘jalik sub’ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin. Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning ham ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta’sir o‘tkazishda soliq yuki darajasi, uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta’siri ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomondan o‘rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun asoslangan, adolatli va real variantlarining qo‘llanilishi ko‘pgina rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda, xususan, tarmoqlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o‘rganish lozim bo‘ladi. Xo‘jalik sub’ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo‘lib, har qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa tomondan esa, davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu sababli, soliq yukining og‘irligini kamaytirish, birinchi navbatda, davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to‘lovlilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim mutaxassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning hissasi bilan bog‘laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaxassislar esa soliq yukini to‘lovlarning barchasini birlashtirish yo‘li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq yukining tarkibiga kiritiladi. Jamiyat a’zolariga soliq og‘irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, xususan, egri soliqlar tovar tannarxi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste’molchi zimmasiga tushadi. Aholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini olinadigan o‘rtacha boshiga daromadga nisbatan aniqlash mumkin. Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq summasi va sug‘urta badallarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda yollangan xodimlar mehnatiga haq to‘lashda har bir so‘miga barcha soliqlar summasining, shuningdek, soliq yuki salmog‘ini, yalpi qo‘shilgan qiymat salmog‘i ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsientiga tuzatish (ko‘paytirish) kiritish taklif etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan soliq yukini YaIMdagi soliq ulushi sifatida hisoblash metodologiyasi juda oddiy va tushunarlidir. Shuning uchun u chet mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ayni paytda, bu metodologiya turli ishlab chiqarish tarmoqlariga va iqtisodiyotning turli sektorlariga mansub bo‘lgan korxonalar uchun, uni taqqoslab mikrodarajadagi soliq yuki darajasini tadqiq etish imkonini bermaydi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi yuridik shaxslarga soliq yukini hisoblashning metodologiyasini tavsiya etgan. Unda soliq yuki barcha hisoblangan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar, byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning hisobga olingan summasi, mahsulot sotish hajmiga va boshqa sotuvdan tushumni o‘z ichiga olgan nisbat orqali aniqlanadi. Ish haqini to‘lash bo‘yicha xarajatlarning ortishi byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovning ko‘payishiga ta’sir etadi. Soliq yukining ortishiga, shuningdek, soliq to‘lovlarining byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi natijasida to‘langan jarimalar ham ta’sir etishi mumkin. Soliq yukini aniqlashda absolyut va nisbiy soliq yukini farqlash lozim. Absolyut soliq yuki - bu jami to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Statistik hisobotlarda bu ko‘rsatkichga haqiqatda soliq to‘lovlarining byudjetga o‘tkazilganini va byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkazilgan majburiy sug‘urta badallarini, shuningdek, bu to‘lovlar bo‘yicha boqimandalik kiritiladi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan byudjetdan tashqari fondlarga to‘lanadigan sug‘urta badallari majburiy to‘lovlar bo‘lib, soliq xarakteriga egadir. Shu sababli, soliq yukini hisoblashda ularni hisobga olish zarur. Biroq, absolyut soliq yuki soliq majburiyatlarining ziddiyatini ifodalamaydi. Bu ko‘rsatkich soliq to‘lovchilar miqdori bilan to‘lash manbalarining mosligini aks ettirmaydi. Shu sababli, nisbiy soliq yuki ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Nisbiy soliq yuki deb uning absolyut miqdorining yangidan yaratilgan qiymatga munosabati tushuniladi, ya’ni soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar hissasi hamda yangi yaratilgan qiymatdagi boqimandalik ham bunga qo‘shiladi. Soliq to‘lovlarini to‘lash manbai bo‘lib qo‘shilgan qiymat hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat - tovar va xizmatlar qiymati bo‘lib, oraliq iste’molga kamaytiriladi, ya’ni keyingi ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iste’molga kamaytiriladi. Soliqlarni undirishning turli usullari bir maqsadni, ya’ni qo‘shilgan qiymatning bir qismini olishni nazarda tutadi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida soliq yukining ta’sirchanligi shubhasizdir. Uning ta’siri, umumiy ko‘rinishda, salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Soliq yuki og‘irlashgan paytda tadbirkorlik faoliyati susayadi va hatto, umuman to‘xtab qolishi ham mumkin. Aksincha, soliq yukining nisbatan engillashuvi tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi. Lekin soliq yukini engillashtirishni tadbirkorlikni rivojlantirishning yakka-yu yagona sababi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari soliq yukini engillashtirish ham o‘zining mantiqiy chegarasiga ega bo‘lib, bu chegara ko‘p jihatdan davlat byudjetidan qilinishi lozim bo‘lgan xarajatlarning hajmi bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan hozircha bizning nazarimizda O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yanada faollashtirish uchun soliq yukini yanada engillashtirish emas, balki mavjud tarkib topgan soliq yukini iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlashni dolzarb masala sifatida qaramoq lozim. Bizga aniq bo‘ldiki, soliq yuki ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar zimmasiga tushadi. Biroq yo‘qotish hajmi odatda bir xil bo‘lmaydi (yuqorida keltirib o‘tilgan hisob-kitoblar faqat bizning shartli misolimizga xos). Soliq yukining xususiyati bozor talabi va bozor taklifining egiluvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Ortiqcha soliq yuki jamiyatning soliqqa tortiladigan tovarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishni ularning maqbul darajasidan qisqartirish oqibatida ko‘rgan zarari hajmidir. Bu qoidadan kelib chiqadigan xulosa shuki, davlat iqtisodiyotni haddan tashqari katga soliqlar bilan qiynab qo‘ymaslik uchun o‘zining qayta taqsimlash siyosatini haqiqiy «zarur minimum» bilan cheklashi lozim. Nega deganda, daromadlarni qayta taqsimlash, biz aniqlaganimizdek, jamiyat uchun muayyan yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Respublikamiz soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalar va jismoniy shaxslar uchun soliq og‘irligini tobora kamaytirib borish tadbirlari ko‘rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov “2001 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohatlarning borishini baholash hamda 2002 yilgi vazifalar”ga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ta’kidlab o‘tganidek:“ …yildan-yilga, avvalo ishlab chiqarish tarmoqlari va korxonalarimiz bo‘yniga tushayotgan soliq og‘irligi tobora kamayib bormoqda”. Masalan, 2001 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat byudjetiga undirilgan soliq ulushi 26 foizgacha qisqardi. Ko‘pgina xorijiy davlatlarda bu ko‘rsatgich hozir o‘rtacha 30-33 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, soliq og‘irligini bundan buyon ham kamaytirish siyosatini yurgizish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirib borish, ayniqsa, tabiiy va mineral xom ashyolardan foydalanish borasida korxonalar faoliyatiga ta’sir doirasini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Soliqlar og‘irligini faqat yuridik shaxslargagina emas, balki jismoniy shaxslarga nisbatan ham kamaytirish tadbirlari belgilangan. Soliq og‘irligini kamaytirish iqtisodiyotimizda yuridik shaxslarning o‘z ixtiyorida qoladigan daromadlarini ko‘paytirish va shu orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, kreditorlik qarzlarini kamaytirish va nihoyat, boqimandalar bo‘lmasligiga olib keladi. Bu esa soliqlarning iqtisodiyotga ta’sirini yanada kuchaytiradi, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga sharoit yaratadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling