1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganish usullari
-mavzu: Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari (2 soat)
Download 0.84 Mb.
|
2 5262643094444051538
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari va funktsiyalari. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi.
10-mavzu: Soliq ishini tashkil etishning nazariy asoslari (2 soat)
Reja: Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi. Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari va funktsiyalari. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi. 1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha optimal darajada amal qilishini ta’minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi. Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojxona idoralari tizimi o‘zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O‘zbekiston hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to‘xtatib qo‘yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi. Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so‘ng faollasha boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishiga asos solindi. Respublika davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari to‘g‘risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi Nizomga binoan belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq xizmatining quyi organlari hisoblanadi. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling