1. So‘nish jarayonidagi yo‘qotishlar qanday tashkil etuvchilardan tarkib topadi


Download 259.52 Kb.
bet7/7
Sana08.03.2023
Hajmi259.52 Kb.
#1252614
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Optika Lab 5 6 ASH

Ajralmaydigan optik ulagichlar
Odatda optik liniya uzunligi o‘nlab kilometrni tashkil etadi, bu esa tolali optik kabelning ko‘pincha 10 km bo‘lgan qurilish uzunligidan ancha katta. Shu sababli kabelni yoiqizishda turli qurilish uzunligiga ega kabellar optik tolalarini bir-biriga ulash zarurati tug‘iladi. Bunday ulash payvandlash usuli bilan tayyorlanadigan ajralmaydigan ulagichlar yordamida amalga oshiriladi. Ikkita optik tola o‘zaro payvandlangandan so‘ng, payvandlash joyi mexanik ta’sirlardan va namlikdan termosiquvchi naycha yordamida himoyalanadi. Mazkur naycha maxsus kasseta (splays-plastina) ga mahkamlanadi. Ulanuvchi kabellarning optik tolalari splays-plastina bilan birgalikda ulovchi muftaga joylashtiriladi. SHu usul bilan payvandlangan optik tolalarning mexanik va atrof-muhit ta’sirlardan uzoq muddatga himoyalanishi ta’minlanadi. Kabelni joylashtirish usuliga (yer va suv ostida, elektr uzatgich liniyalari ustuniga osish yo‘li bilan) bog‘liq holda turli mufta turlari qo‘llaniladi.
Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay (trubka) yordamida ulash hisoblanadi (6.3-rasm). Bunday ulashda kiritiluvchi so‘nish qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi.





7- rasm. Trubka yordamida tolani ulash: 1 - vtulka; 2 - yopishtiruvchi kompaundni quyish uchun teshik; 3, 4 - optik tola.


Tolalarni yarimssilindrik ariqchali plastina yordamida ulash (6.4-rasm) usulida kiritiladigan so‘nish sathi 0,5 dB ni tashkil etadi [7]. Tola oxirlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi.





/
Ajralmaydigan optik ulashda optik tolalarni doimiy ulash, yuqorida qayd etilganidek, payvandlashda keng foydalaniladi. Hozirda payvandlash qurilmalari amaliyoti takomillashib bormoqda.
Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi, tolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillar mavjud. Bu omillarga tola diametrlarining, sonli aperturalarining va sindirish ko‘rsatkichlarining mos kelmasligi, o‘zakning qobiq markazida joylashmasligi kiradi.
Bir modali tolalarda (dispersiyasi siljimagan holda) payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil - bu tolalar moda maydoni diametrlarining mos kelmasligi hisoblanadi.
Bu omillarning ta’siri malakali texniklar, tola oxirlarini aniq markazlashtiruvchi avtomatik tenglashtiruvchi qurilmalarni va zamonaviy payvandlash qurilmalarni ishlatish hisobiga kamaytirilishi mumkin [6].

8-rasm. Shtekerli ulash: a - uya; b-shtir; d-ajraladigan ulagich; 1 - tola;
2 - kanal; 3 - birlashuvchi yuzalar.


Download 259.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling