1 sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash
Download 122.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Bozor,pul,foyda,zarar haqida
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); Pul — bu shunday maxsus tovarki , u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi. Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita. Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi F. koʻrish mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi. Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Zarar (iqtisodiyotda) — xoʻjalik faoliyatidan koʻrilgan yoʻqotishlar; pul shaklida ifoda etiladi. Korxona, xoʻjalik, tadbirkor i. ch. harajatlarining olingan daromaddan ortib ketishi natijasida yuz beradi. 3. moddiy va pul resurslarining kamayishini keltirib chiqaradi (manfiy saldo boʻlganligi sababli oʻz kapitali kamayadi). Download 122.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling