1 sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash


Download 122.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi122.21 Kb.
#1010468
Bog'liq
Bozor,pul,foyda,zarar haqida



 
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. 
obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va 
haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va 
boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida 
ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi 
munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi 
qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor 
maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, 
bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni 
tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan 
narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash 
(yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib 
tushadi);
Pul — bu shunday maxsus 
tovarki
, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy 
ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy 
vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, 
chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini 
qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul 
oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy 
qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi. 
Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda 
qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 
1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 
qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, 
umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini 
ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz 


tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim 
xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita. 
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar 
xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda 
ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga 
keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar 
va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi 
ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish 
bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D) 
bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: 
a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul 
tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar 
miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan 
har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar 
oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning 
ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. 
Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. 
Shu sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish 
hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi 
yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning 
bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning 
foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib 
yaxshi F. koʻrish mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp olishga, yaʼni uni 
maksimumlashtirishga intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi. 
Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni 
oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, 
sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat 
haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar 


oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo 
boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. 
Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va 
tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik 
faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro 
bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji 
va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish 
isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki 
saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo 
tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita 
isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq 
miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va 
tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga 
xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi.
Zarar (iqtisodiyotda) — xoʻjalik faoliyatidan koʻrilgan yoʻqotishlar; pul shaklida 
ifoda etiladi. Korxona, xoʻjalik, tadbirkor i. ch. harajatlarining olingan daromaddan 
ortib ketishi natijasida yuz beradi. 3. moddiy va pul resurslarining kamayishini 
keltirib chiqaradi (manfiy saldo boʻlganligi sababli oʻz kapitali kamayadi). 

Download 122.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling