1. So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limi morfemika deyiladi


Download 26.42 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi26.42 Kb.
#263231
1   2   3   4
Bog'liq
MORFEMIKA savol javob

SO’Z YASALISHI

1. Tarbiyali , tarbiyasiz , tarbiyala so’zlari affiksatsiya(morfologik) usuli bilan yasalgan

2. Qo’lbola , qo’lqop , qo’larra so’zlari kompozitsiya(sintaktik) usuli bilan yasalgan

3. Tilning lug’at tarkibi doimo o’zgarishda , rivojlanishdadir

4. Ijtimoiy , iqtisodiy , siyosiy va fan-texnika kabi sohalarda paydo bo’lgan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so’zlar paydo bo’ladi

5. Yangi so’zlar ikki xil yo’l bilan vujudga keladi :

1) har bir tilning o’z ichki imkoniyatlari asosida ;

2) boshqa tillardan so’z olish asosida

6. Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so’zlarning hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga qo’shimcha qo’shish(affiksatsiya) usuli yoki so’z qo’shish(kompozitsiya) usuli katta ahamiyatga ega

7. Tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga ma’lum yasovchi vosita(qo’shimcha yoki so’z)lar qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z yasalish hodisasi deyiladi .

Soz’ yasalish hodisasini o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga esa so’z yasalishi bo’limi deyiladi .

8. So’z yasalishi hodisasi ikki tarkibiy qismni o’z ichiga oladi :

a) yasashga asos qism ; b) yasovchi vosita

9. Yasashga asos qism va yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil etadi

10. Terim so’zida ter fe’li yasashga asos qism , -im yasovchi vosita , terim esa yasalmadir . Terimchi so’zida terim oti yasashga asos qism , -chi yasovchi vosita , terimchi esa yasalmadir . Terimchilik so’zida esa terimchi oti yasashga asos qism , -lik yasovchi vosita , terimchilik esa yasalmadir

11. YASASHGA ASOS QISM+YASOVCHI VOSITA=YASALMA

12. So’zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farq qiladi

13. So’zda nechta ma’noli qism bo’lsa , uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi : terimchilarga so’zi ter+im+chi+lar+ga shaklida morfemalarga ajratiladi

14.So’zning morfemik tuzilishi asos hamda har qanday qo’shimchalarni qamrab oladi . Qo’shimchalarning so’z yasovchi yoki shakl yasovchi ekanligi hech qanday ahamiyatga ega emas : qora+y+tir+il+moqda

15. Soz’ning yasalish tuzilishi esa asos va faqat so’z yasovchi qo’shimchani qamraydi .

Shakl yasovchi qo’shimchalar so’z yasalishi tuzilishiga kirmaydi .

16. Agar so’zda bitta so’z yasovchi qo’shimcha bo’lsa , bu so’zning asosi va yasalish asosi farqlanmaydi , bir-biriga teng keladi : kitobxon so’znining asosi ham , yasashga asos qismi ham kitob sanaladi

17. Agar so’zda birdan ortiq so’z yasovchi qo’shimcha bo’lsa , asos va yasashga asos qism farqlanadi : terimchi so’zining asosi ter fe’li , yasalish asosi esa terim otidir

18. Agar so’zda birdan ortiq so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etsa , eng oxirgi so’z yasovchi yasovchi vosita sanaladi , qolgan qism esa yasashga asos qism sanaladi : bo’ya+q+chi+lik so’zida –lik oxirgi yasovchi qo’shimcha , bo’yoqchi esa qolgan qism sanaladi

19. Yasovchi vosita(yasovchi qism)ning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko’ra so’z yasalishining ikki usuli mavjud :

1) yasashga asos qismga qo’shimcha qo’shish usuli(affiksatsiya) : kasbdosh , paxtakor , tilshunos , ishchi ;

2) yasashga asos qismga asos qo’shish orqali(kompozitsiya) : qo’shma korxona , ishlab chiqarish , bo’tako’z , ko’zoynak

20. Hozirgi o’zbek tilida so’z yasalishining mahsuldor usuli affiksatsiya—qo’shimchalar qo’shish yo’li bilan so’z yasashdir .

21. Affiksatsiya usuli muayyan so’z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi .

1) ot+chi=? 2) ot+li=? 3) ot+la=?

22. So’zlovchi xotirasida so’z yasashning qoliplari mavjud bo’ladi . Shuning uchun har qanday yangi yasalmani oson tushunishga imkon beradi . Masalan , traktor+chi , kombayn+chi , suv+chi , ekskavator+chi so’zlari ot+chi qolipi asosida yuzaga kelgan

23. Binokor , g’allakor , paxtakor , o’ymakor , sholikor yasalmalari yasashga asos qism+kor yasovchi qism qolipi asosida yuzaga kelgan

24. So’z yasash qoliplari va ularning ma’nolari bir xil yasovchi qo’shimchali so’zlarni ma’lum uyalarga birlashtirish asosida aniqlanadi :

a) dazmol+la , arra+la , qaychi+la , egov+la , bolg’a+la ;

b) bola+li , hunar+li , deraza+li , ayvon+li ;

d) kompyuter+chi , traktor+chi , kombayn+chi , ekskavator+chi ;

e) oq+ar , ko’k+ar , bo’z+ar , qizil+ar

25. Turkiy tillar , jumladan , o’zbek tili morfologik jihatdan agglutinativ tillar qatoriga kiradi

26. Agglutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan farqlanib turadi :

1) so’zda nechta grammatik ma’no bo’lsa , ularni ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo’llaniladi ;

2) grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi ;

3) grammatik ma’nolarning ko’payishi bilan so’zning grammatik shakllari chapdan o’ngga qarab cho’zilib boradi ;

4) grammatik shakllarning qo’shilishi asos qismining fonetik tarkibini o’zgartirmaydi

27. Asosga qo’shimcha qo’shilganda fonetik hodisa sodir bo’lishi agglutinativ tillarga emas , balki flektiv tillarga xos xususiyat sanaladi . O’zbek tili agglutinativ tillar sirasiga kirsa-da , ammo unda ayrim holatlarda fonetik hodisa(fuziya)larning sodir bo’lishi , ya’ni flektiv tillarga xos holat kuzatiladi

28. Past , sust , ulug , sariq sifatlaridan –ay qo’shimchasi ko’magida fe’l yasalganda , fonetik hodisa sodir bo’ladi

29. Qizil , yosh sifatlaridan –ar qo’shimchasi ko’magida fe’l yasalganda , fonetik hodisa sodir bo’ladi

30. Sayla , to’la , qatna , tinti , to’qi fe’llaridan –v qo’shimchasi ko’magida ot yasalganda , fonetik hodisa sodir bo’ladi

31. O’yin , qiyin so’zlaridan –a qo’shimchasi ko’magida fe’l yasalganda , fonetik hodisa sodir bo’ladi

32. Son , yosh , ot so’zlaridan –a qo’shimchasi ko’magida fe’l yasalganda , fonetik hodisa sodir bo’ladi

33. Yuqoridagi besh punktda ko’rsatilgan fonetik hodisalarning o’ziyoq o’zbek tilida ba’zi hollarda fuziya(fleksiya) elementlari ham mavjud ekanligini ko’rsatadi .




Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling