1. Sport tibbiyotini paydo bo’lishi va rivojlanishi


Sport tibbiyotining maqsadi va vazifalari


Download 23.97 Kb.
bet3/4
Sana17.12.2022
Hajmi23.97 Kb.
#1026447
1   2   3   4
Bog'liq
Sport tibbiyoti

3. Sport tibbiyotining maqsadi va vazifalari.
Fizkultura institutlarida o‘tiladigan tibbiy-biologik fanlar majmuasida - alohida ahamiyat sport tibbiyotiga tegishli. Tibbiyot - bu insonlar salomatligini mustahkamlash, saqlash, kasalliklarni davolash va ularni oldini olish, umrni uzaytirishni maqsad qilib qo‘ygan ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat tizimidir. Sport tibbiyoti - inson tanasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari ta’sir etganida, salomatlikni, jismoniy rivojlanishni va faoliy imkoniyatlarni o‘rganuvchi tibbiyot sohasidir, yoki boshqacha aytganda, sport tibbiyoti umumiy tibbiyotning bir qismi bo‘lib, sport mashg‘ulotlari paytida vujudga keladigan tanadagi xohishga binoan yoki patologik o‘zgarishlaming sabablarini o‘rganish hamda patologik o4zgarishlaming oldini olish, ularni davolash va kerak bo‘lsa, zarur o‘zgartirishlami kiritish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, sport tibbiyoti sportchilar erishadigan natijalari yaxshi boMish amallarini ishlab chiqadi. Sport tibbiyoti shuning bilan birga, jismoniy tarbiya haqidagi fanning muhim bo‘limi bo‘lib, aholining turli qatlamlariga optimal harakat, sport mashqlari va sport tartibini, sport mahoratini oshirishni asoslashda yordamlashadi. Sport tibbiyotining asosiy maqsadi - bu insonning barkamol bo‘lib yetishishi, uning salomatligini saqlash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, hayotning faol, ijodiy davrini uzaytirish uchun jismoniy tarbiya va sportning vositalari hamda usullarini oqilona — unumli qo’lashga ko‘maklashishdir. Murabbiy va shifokorning o‘quv-mashqiy jarayonini rejalash va o‘zgartirish bo‘yicha hamjihat bo‘lib ishlashi, kundalik ish jarayonida murabbiylarni shifokor nazorati ma’lumotlarini ishlata bilish — mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish va samaradorligi uchun muhim sharoitidir. Shunday qilib, sport tibbiyoti - sport fanining tibbiy-biologik qismi bo‘lib, murabbiylarni kasbiy tayyorlashga bevosita aloqadordir. Sport tibbiyotining vazifalari turlicha bo’lib, ularga quyidagilar oid:
1) fizkulturachi va sportchilaming salomatligi, jismoniy jihatdan rivoj topishi va ular tanasining faol imkoniyatlarini o‘rganish hamda shu asosda turli mashgculotlarga mumkinlik yoki moneliklar borligini aniqlash, sportga loyiqlik va odamni sportning qaysi bir turi bilan aynan shugcullanishi mumkinligi masalasini hal qilish;
2) sportchilarning faol holatini, ularning mashqiy chiniqqanligini aniqlash va baholash;
3) oqilona boclmagan yoki boshqacha aytganda unumsiz mashg’ulotlar paytida vujudga kelib chiqadigan kasalliklar va shikastlanishlarni ocrganish, tashxis qocyish, oldini olish, davolash va qayta tiklash usullarini ishlab chiqish;
4) jismoniy tarbiya va sport bilan shugcullanuvchi aholining turli qatlamlari uchun mashgculotlar va mashqlarning tartibi, sport ish qobiliyatini oshirish va qayta tiklash vositalarini asoslash. Sport tibbiyoti vazifalarini soddaroq qilib izohlaganda, ular quyidagi amallami ocz ichiga oladi:
1) sportchilaming jismoniy holatini tashxis qilish;
2) sportchilarni yuklamalardan socng reabilitatsiya qilish;
3) sportcha shikastlanishlarning oldini olish;
4) adaptogen (o’simlik yoki hayvonot a’zolaridan olinadigan dorivositalari boclib, tananing umumiy quwatini-tetikligini oshirib, uning noqulay sharoitlarga moslanishini kuchaytiradi) vositalarni yaratish;
5) ko’p yillar mobaynida olib boriladigan mashqlarni samarali tashkil qilish;
6) mashqlaming optimal tartib va usullarini izlab topish;
7) sportchilarning jismoniy va asab holatlari ustidan nazorat olib borish;
8) xalqaro musobaqalar va olimpiadalarda qatnashuvchi yig‘ma guruhlarni tayyorlash muammolarini o‘rganib, ularni hal etish. Yuqorida keltirilgan masalalar, bular sport tibbiyotining umumiy vazifalarini anglatadi.

Download 23.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling