1. Ssenariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari Animatsiya dasturlarini tayyorlash va rivojlantirish xususiyatlari


Animatsiya dasturini realizatsiya qilish


Download 30.38 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi30.38 Kb.
#189224
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
f6ef39d804532e666bf5ffa4fb7fca80

Animatsiya dasturini realizatsiya qilish. Yangi dastur ko'ngilochar xizmatlar bozoriga joriy etiladi. Mutaxassis-animatorlar muntazam ravishda bildirilgan fikrlar asosida animatsion dasturni rivojlantirishi, yangi o'yin elementlarini joriy etishi lozim bo’ladi.
4. Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari
Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Idrokning mavjudligi animatsiya dasturining sayyohlar turli yosh guruhlariga, ularning ijtimoiy mavqeiga, yilning vaqtiga, joyiga mo’ljallanganligini idrok nuqtai nazaridan ko'rsatadi.

2. Idrok muhiti. Animatsiya dasturi turistning kayfiyati va hissiy holati, taassurotlari orqali idrok qilinadi.

3. Turistlar va mutaxassis-animatorlarning o'zaro ta’siri. Mutaxassis-animatorlar xizmat ko’rsatish tizimida asosiy rolni egallaydi, ular animatsiya dasturining boshlanishidan to tugashigacha bo’lgan barcha jarayonlarni diqqat bilan o’rganishi lozim, barcha jarayonda tomoshabinlar ishtirok etishini unutmaslik kerak.

4. Animatsiya dasturida ishtirok etish jarayonida turistlar o'rtasidagi o'zaro ta’sir. Turistlar dasturni nafaqat tomosha qilishadi, balki ular voqealar rivojida faol qatnashib, o’zaro munosabatlarga kirishishadi hamda tashabbus ko’rsatishadi.

5. Dasturda ishtirok etuvchi turistlarning bevosita his-tuyg’ulari ta’siri. Dastur namoyishi hamda unda turistlarning ishtiroki o’zi xos kayfiyatni yuzaga keltiradi hamda yaxshi kayfiyat va hissiy o’sish kuzatiladi.

Animatsiya faoliyatining muhim tamoyillaridan biri turistlarning animatsiya tadbirlarida faol ishtiroki bilan ta`riflanadi, ular nafaqat tomoshabin sifatida, balki ishtirokchilar, tashkilotchilar, tashabbuskor faollar sifatida ishtirok etishi lozim. Turistik korxona va agentliklar turistlar bilan aloqani yaxshi yo’lga qo’ysa, ularning tashabbus, qiziqishlarini hisobga olsa muvaffaqiyat qozonishlari mumkin.
Download 30.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling