1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari


Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari


Download 78.5 Kb.
bet4/8
Sana09.01.2022
Hajmi78.5 Kb.
#268632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 -mavzu (1)

3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o’tkazishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o’z ichiga oladi.

Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish obyekti va birligi; kuzatish formulyari va yo’riqnoma.

Har bir ishni bajarishdan oldin, uni nima uchun bajarayapmiz o’zi, maqsad nima? degan savollarga javob bo’lishi kerak. Bu tamoyil statistik kuzatishga ham to’liq tegishli. Demak, aniq va tushunarli bo’lmagan maqsad va vazifalar belgilansa, statistik kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlarni to’plab, kerakli ma’lumotlar qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Maqsad va vazifalar aniqlangandan so’ng kuzatish dasturi tuziladi.


Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling