1. Sterjenli yassi inshootni hisoblash sxemasini kiritish. Grafik muharrir yordamida hisobiy sxemasini qurish. Eng oddiy hisobiy sxemalarni kiritish misollari
Download 9.52 Kb.
|
KOMPYUTER TEXNOLOGILARI
Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti Bino va inshoot qurilishi 220-guruh 4-kurs talabasi Abdusoatov Javohirning Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari fanidan Taqdimoti 1. Sterjenli yassi inshootni hisoblash sxemasini kiritish . 2. Grafik muharrir yordamida hisobiy sxemasini qurish. 3. Eng oddiy hisobiy sxemalarni kiritish misollari.Sterjen va yassi elementlardagi sharnirlarni modellashtirish Sharnir tushunchasi qo‘llanilganda sxema tugunlari bilan shu tugunga kiruvchi sterjen uchlari yoki chekli element tugunlarining chiziqli yoki burchak bog‘lanishlarini bo‘shatish tushuniladi. Sterjenda sharnirlar bevosita sxema tuzilayotganda kiritiladi va X1,Y1, Z1 mahalliy koordinata sistemalariga nisbatan aniqlanadi. 40 Sterjenning tugunga sharnir orqali birikishi nolinchi darajadagi egilish bikrligi orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Sharnirlarni yassi elementlarga kiritish uchun qo‘yidagi ko‘rsatmaga amal qilish tavsiya qilinadi: sharnir kiritilishi kerak bo‘lgan joyda tugun bo‘linishlarini ikki karra raqamlashni amalga oshirish (tugunlardan biri birinchi, ikkinchisi esa ikkinchi chekli elementlarga tegishli bo‘lishi kerak). So‘ngra bu tugunlarning mos chiziqli ko‘chishlarini qo‘shib chiqish kerak. Agar ikkinchi yo‘nalishda sharnir mavjud bo‘lmasa, u holda ushbu yo‘nalishda shu tugunlarning burchak ko‘chishlari ham yig‘ib chiqladi. Agar, masalan, plitada Y o‘qiga nisbatan sharnirni ifodalash kerak bo‘lsa (3.8. rasm), unda 4, 12, 20, 28, 36 tugun chiziqlari bo‘yicha tugunlarni ikki marta raqamlab chiqish kerak bo‘ladi (koordinatalari 4, 12, 20, 28, 36 tugunlar koordinatalari bilan mos tushuvchi 5, 13, 21, 29, 37 tugunlar qo‘shilishi kerak). Кeyin juft-juft qilib Z va UZ yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘chishlar qo‘shib chiqiladi (4 va 5, 12 va 13 va h.k. tugunlar uchun). Qobiq elementlar uchun (3.9-rasm) ulardan tashqari tugunlarning chiziqli ko‘chishlari X va Y o‘qlari yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shib chiqiladi. Qobiqning sterjenga sharnirli birikishi ham xuddi shu usul bilan modellashtiriladi (3.9-rasm). Qobiq hamda sterjen tugunlari alohida raqamlanadi (xuddi shunday ikki martalab), keyin 1 va, 8 va 9, 15 va 16 va h.k. tugunlar ko‘chishlari X, Y va Z o‘q yo‘nalishlari bo‘ylab juftjuft qilib qo‘shib chiqiladi. Agar sharnir kiritilish joyida chiziqli moslik ma’lum bo‘lsa, unda ikki martalab raqamlangan tugunlar orasidagi bikr bog‘langanlik (55 tipdagi ChE) ifodalanadi. Bu holda berilgan yo‘nalish bo‘yicha ko‘chishlarni qo‘shish inkor etiladi. Ramani hisoblash masalasini tuzish Lira programmasida yangi masala tuzish uchun Файл→Новый menyu bandini bajaring. Natijada, 5.4-rasmda tasvirlangan Схема belgisi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Erkinlik darajalari soni 6 va undan oshmagan hisoblash sxemalari (yassi ferma, yassi sterjenlar va h.k.) uchun sxema belgisi tushunchasi qo‘llaniladi. Lira programma kompleksida 5 ta sxema belgisi amalga oshirilgan: 1-belgili sxemalar – XOY tekisligida joylashgan sxemalar; har bir tugun 2 ta erkinlik darajasiga ega - X, Z yoki X2, Z2 o‘qlari bo‘ylab chiziqli ko‘chish. Bunday belgili sxemalarda yassi ferma va balkadevorlar hisoblanadi. 2-belgili sxemalar – XOZ tekisligida joylashgan sxemalar; har bir tugun 3 ta erkinlik darajasiga ega - X, Z yoki X2, Z2 o‘qlari bo‘ylab chiziqli ko‘chish va Y yoki Y2 o‘qi atrofida buralish. Bunday belgili sxemada yassi ramalar hisoblanadi va ularga ferma elementlari hamda balka-devorlar kiritilishiga ruxsat etiladi. 3-belgili sxemalar – XOY tekisligida joylashgan sxemalar; har bir tugun 3 ta erkinlik darajasiga ega - Z yoki Z2 o‘qlari bo‘ylab chiziqli ko‘chish va X,Y yoki X2,Y2 o‘qi atrofida buralish. Bunday belgili sxemada balka rostverklar va plitalar hisoblanadi va elastik zaminni hisobga olishga ruxsat etiladi. 4-belgili sxemalar – fazoviy sxemalar; har bir tugun 3 ta erkinlik darajasiga ega - X, Y, Z yoki X2, Y2, Z2 o‘qlari bo‘ylab chiziqli ko‘chish. Bunday belgili sxemada fazoviy fermalar va hajmiy jismlar hisoblanadi. 5-belgili sxemalar – tugunda 6 ta erkinlik darajasiga ega bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi fazoviy sxemalar. Bunday belgili sxemada fazoviy karkaslar, qobiqlar hisoblanadi va hajmiy jismlarning kiritilishiga, elastik zaminni hisobga olish va hokozalarga ruxsat etiladi. Hosil bo‘lgan Признак схемы muloqot oynasida (5.4-rasm) quyidagi ko‘rsatkichlarni kiriting: • yaratilayotgan Masala nomi - Misol №1; • признак схемы (sxema belgisi) - 2 - 2 - Три степени свободы в узле (два перемещения и поворот) XOZ (tugunda uchta erkinlik darajali (ikkita chiziqli ko‘chish va bitta aylanish)). Кeyin - Подтвердить tugmasini bosing. Ramaning geometrik sxemasini yaratish Схема→Создание→Регулярные фрагменты и сети (uskunalar paneli tugmasi) menyusi yordamida Создание плоских фрагментов и сетей muloqot oynasini chaqiring. Ekranda 5.5-rasmda tasvirlanganidek yassi fragment va to‘rlar yaratish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, bu oynada beshta kartochka mavjudligini ko‘ramiz. Qaralayotgan masala uchun birinchi – Генерация рамы kartochkasidan foydalanamiz. Muloqot oynasining matn maydoniga quyidagilarni kiritish kerak: • z o‘qi nisbatan sxemaning burilish burchagi (bizning holat uchun u nolga teng); • birinchi tugunning koordinatalari (o‘z holicha qoldirilganda chap chekadagi eng pastdagi tugun birinchi raqamli deb qabul qilinadi); • ramaning geometrik ko‘rsatkichlari (bu шаг вдоль первой оси (birinchi o‘q bo‘ylab qadam), шаг вдоль второй оси (ikkinchi o‘q bo‘ylab qadam) maydonchalarida bajariladi. Umumiy holda karkasli binoni hisoblash masalasini yassi ramani hisoblashga keltirish mumkin va shu yo‘l bilan binoni loyihalashni etarli darajada soddalashtirishga erishiladi. Yassi ramani hisoblash masalasi istalgan hisoblash programmasini o‘rganishdagi eng sodda hamda asosiy namunaviy masalalardan biri hisoblanadi va loyihalovchi bu masalani hisoblashni har tomonlama bilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, LIRA PК ni o‘rganish jarayonini yassi ramani hisoblash misolida ko‘rib chiqamiz. 5.1. Hisoblashni amalga oshirish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar Lira PК da hisoblashning maqsadi va vazifalari: • yassi rama hisob sxemasini tuzish; • hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi (HZJ) jadvalini to‘ldirish; • rama elementlarini armaturalash; • uzluksiz balkani loyihalash. Yassi karkasning xarakteristikalari Rama elementlari kesimlari. Rama sxemasi va zamin bilan bog‘lanishlari 5.1-rasmda, rama elementlari kesimlari 5.2-rasmda ko‘rsatilgan. Rama materiali temirbeton V30. Rigelga qo‘yiladigan yuklamalar: • Doimiy tekis taqsimlangan g1= 2.0 t/m; • Doimiy tekis taqsimlangan g2= 1.5 t/m; • Doimiy tekis taqsimlangan g3= 3.0 t/m; • Uzoq muddatli muvaqqat tekis taqsimlangan g4= 4.67 t/m; • Uzoq muddatli muvaqqat tekis taqsimlangan g5= 2.0 t/m; • Shamol kuchi (chapdan) P1 = -1.0 t; • Shamol kuchi (chapdan) P2 = -1.5 t; • Shamol kuchi (chapdan) P3 = - 0.75 t; • Shamol kuchi (chapdan) P4 = -1.125 t; • Shamol kuchi (o‘ngdan) P1 = 1.0 t; • Shamol kuchi (o‘ngdan) P2 = 1.5 t; • Shamol kuchi (o‘ngdan) P3 = 0.75 t; • Shamol kuchi (o‘ngdan) P4 = 1.125 t. Download 9.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling