1. Subekt va obekt, va ular orasidagi bogliqlik. Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lugaviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi


Download 67 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi67 Kb.
#1145886
Bog'liq
5 - 8

Variant-5


1.Subekt va obekt, va ular orasidagi bogliqlik.Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lugaviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu:- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogliq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;- xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.
Demak, ob'ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo'lgan ma'noni o'z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o'z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo'ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib mashina hisoblanadi.Yoki, "U kishi o'zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub'ekti, ya'ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi.
2. Boshqaruv funksiyalarining tarkibi.Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bogliq funksiyalar paydo boladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, yani,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bogliq funksiyalar paydo boladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi moddiy taminot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoyish, mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xizmat korsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Korinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bolayapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, subektning boshqarish obyektiga aniq, tasir qilish yonalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qollanish va foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab manaviy-marifiy funksiyalar. Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining ozi ham bolishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning kolamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bolib hisoblanadi.Boshqarish funksiyalari kop qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar boyicha turkumlarga ajratib organish zaruriyati tugiladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini organish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida takidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon boladi.Garb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; nazorat; ragbatlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha boginlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
3.Maqsadga qoyiladigan talablar. Boshqaruv maqsadiga qoyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Maqsad bir ma'noli va aniq bolishi kerak. Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yolni tanlashga ham hojat qolmaydi. 2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bolishi kerak. - qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamrox bola olmaydi. 3. Maqsad miqdoran olchovga ega bolishi kerak. Miqdoran olchovga, me'yorga ega bolmagan maqsad - bu sarob. 4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bolmogi darkor. 5. Maqsad bolimlar va ma'sullar boyicha detallashtirilgan bolishi kerak.

Maqsad, uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bolishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak



Variant-6
1.Boshqarish pogonasi. BoshQarishning yuQori poGonasida tashkilot faoliyatiga doir eng asosiy masalalar hal Qilinadi (masalan, faoliyat turini ozgartirish, umumiy yonalishni belgilash va h.k), muhim Qarorlar Qabul Qilinadi, uzoQ muddatli strategiyalar ishlab chiQiladi.
Orta poGonada tashkilotning joriy faoliyati bilan boGliQ masalalar hal Qilinadi, tashkilot ichki faoliyati muvofiQlashtirib turiladi.Bevosita mahsulotlar ishlab chiQarish va xizmatlar korsatish jarayonlarining tezkor (operativ) masalalarini hal Qilish boshQaruvning Quyi poGonasida amalga oshiriladi.Menejerlar, ular Qaysi boshQarish poGonasida faoliyat korsatishidan Qathiy nazar, tashkilotlarning muvaffaQiyatini tahminlash uchun yuQori mashuliyat va tadbirkorlik bilan ish yuritishlari zarur.
2.Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini shakllantirish. Mehnat jamoasi - oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan xodimlarning barchasi. Odatda, maʼmuri-yatning mansabdor shaxslarm, shuningdek, Mehnat jamoasi tashkil etgan ayrim jamoat tashkilotlari, mas, mehnat nizolari komissiyasi ham Mehnat jamoasi tarkibiga kiradi. Mehnat jamoasi mehnat huquqining subʼyekti sifatida butun korxona hamda uning tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatadi. Mehnat jamoasi turli tashkiliyhuquqiy shakldagi korxonalar va mul-kchilikning turli shakllariga qarab farqlanadi. Mehnat jamoasi bilan ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot,mehnat muhofazasi, mehnatga haq toʻlash, korxona foydasini taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi amaldagi qonunchilik, shuningdek, korxona ustavi va ekamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mehnat jamoasining asosiy vakolatlari: ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilish; jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borib, uni tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish; mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi hamda huquklarini himoya qiluvchi vakillik organlarini belgilash; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda aksiyalarni sotib olish; mehnat nizolari komissiyasi orqali nizolarni hal qilishda ishtirok etish va xodimlarning vakillik organlari orqali ularning huquklarini himoya qilish; korxonada ichki hujjatlar qabul qilishda ishtirok etish va h.k. Mehnat jamoasiga beriladigan vakolatlar doirasi birinchi galda jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat jamoasining qonunchilikda belgilangan vakolatlari keng demokratik asosda amalga oshiriladi.
3.Menejment jarayonida kommunikatsiyaning roli. Menejmentda kommunikatsiyalar odamlar, guruhlar (ichki xojaliklar), boshQarish poGonalari hamda tashkilot bilan tashQi muhit orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.BoshQaruv jarayonida aloQa shakllarini Quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:Ichki axborotga ishlab chiQarish jarayoniga oid, rejaning bajarilishi, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotning sotilishi va tannarxini kamaytirishga oid axborotlar kiradi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.Axborotlar boshQarish jarayoniga oxshab ozining xajmi, tarkibi va kelib tushgan vaQti boyicha boshQaruv darajasiga bevosita boGliQ boladi.Bu daraja Qanchalik yuQori bolsa, umumlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zarurat shunchalik kopayib boradi.Axborotlar shartli ozgarmaydigan va ozgaruvchi turlarga bolinadi.

SHartli ozgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam ozgaruvchi axborotlar kiradi.Bular barcha turdagi mehyorlar, reja korsatkichlari va boshQalardir.Bunday axborotlar boshQaruv uchun zarur bolgan axborotlarning 60-70 foizini tashkil Qiladi.Ozgaruvchi axborotlar murakkab va muhim axborotlardir.


Variant-7


1.Boshqaruv qarorlarini usullari. Boshqaruv qarori - menejerning muayyan faoliyati natijasidir. Har qanday darajadagi etakchilarning faoliyatida bu ijodiy jarayon. Maqsadlarni ishlab chiqish va belgilash bilan boshlanadi, so'ngra muammoni turli xil usullarda olingan ma'lumotlar asosida o'rganiladi. Bundan tashqari, samaradorlik yoki samaradorlik mezonlari, shuningdek, ushbu qarorlarning mumkin bo'lgan oqibatlari tanlanadi va oqlanadi. Keyinchalik, muammoni yoki vazifani mutaxassislar bilan hal qilishning turli variantlarini muhokama qilish bosqichi keladi. Bu jarayonda maqbul qaror qabul qilinadi va shakllantiriladi, ijrochilar uchun qabul qilinadi va ko'rsatiladi.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari har doim mo'ljallangan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Turli xil bo'lishi mumkin.Birinchisi, faqat menejerning sezgi asosida tuzilgan usul. Buning sababi shundaki, uning o'zida muayyan, aniq faoliyat sohasidagi tajriba va bilimlar miqdori mavjud. Aslida, bularning barchasi sizni tanlashga, so'ng to'g'ri va to'g'ri qaror qabul qilishga imkon beradi.Ikkinchidan, boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari "sog'lom fikr" degan tushunchaga asoslangan uslubsiz tasavvur qilinmaydi. Bu holatda boshqaruvchi qarorlarni qabul qiladi va ularni juda izchil dalillar bilan oqlaydi.Uchinchidan, ilmiy va amaliy yondoshuvga asoslangan usul juda muhimdir. U juda ko'p miqdordagi axborotni qayta ishlash va uni asoslash asosida optimal echimni tanlashni taklif qiladi. Ushbu usul zamonaviy texnologiyalardan majburiy foydalanishni talab qiladi, biz elektron kompyuterlar haqida gapiramiz.
2.Boshqaruv jarayonlari madaniyati. Boshqaruv madaniyati uchun boshqaruv jarayonini tashkil etish madaniyati darajasi muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv jarayoni madaniyatiga rioya qilish korxonada zamonaviy boshqaruv jarayoni qollanilishini bildiradi.Boshqaruv jarayoni madaniyati shuningdek, boshqaruv mehnatini (boshqaruv mehnatini maqbul taqsimlash, kooperatsiya qilish va chegaralash, ishchilar sonini meyorlash, kadrlarni togri joylashtirish va ulardan foydalanish) va ishlovchi ish joyini (ish joyi va binoning qulayligi, ularning sanitariya-tozalik talablariga javob berishi), maqbullashtirish, majlislarni, suxbatlarni, tashrifchilarni qabul qilish, uchrashuv, telefon orqali sorash, mehnatkashlar xatlari bilan tanishishni togri tashkil etish va rasmiylashtirishni ham qamrab oladi.Boshqaruv jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulyatordan tortib murakkab EHMlargacha qollaniladi. Menejerlar bu texnika imkoniyatlari va maqbul foydalanish sohalarini bilishlari lozim bolib, bu boshqaruv madaniyati darajasini bildiradi.
3.Rahbarning ish uslubi. Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning oziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qol ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda oz vazifalariga muvofiq ish koradi. Biroq, har bir rahbar bunda oziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida ozi uchun mos bolgan, oz rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bolmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yoq. Rahbarlik uslubi rahbarlarning oz qol ostidagilari bilan aloqasida, ularning ozaro munosabatlarida tarkib topadi.

Variant-8


1.Xujjatlarni tuzish va ularning yuritilishiga talablar. Hujjat ish yuritishning asosi. Ozbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo ozbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini malum darajada tasavvur etish zarur.

Tashkiliy hujjatlarda, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalar ham aks etadi.Tashkiliy hujjatlarning turlariga nizom, ustav, shartnoma, tasis shartnomasi, yoriqnoma, lavozim yoriqnomasi, shtat jadvali, mehnat tartiboti qoidalari, xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi va boshqalar kiradi.Ikki va undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ozgartirish yoki toxtatish yolidagi kelishuv shartnoma deyiladi. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar ortasida tuzilishi mumkin. Unda hujjatni imzolagan tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi.Nizom tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizomning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardir:1. Tasdiqlash ustxati.2. Muassasa (tarkibiy qism) nomi.3. Hujjat nomi (Nizom).4. Hujjat matni:


2.Menejmentning fan sifatida shakllanishi. Xorijiy menejment monopolistiq kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishiga, unga xos bolgan boshqaruv mehnatining tarqalishiga, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj osishi yuz berdi.Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yonalishi «klassik» (ananaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pogonasining barcha darajalarini - AQShdagi Bstlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bolgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni qolladi. Uning «Korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini mamuriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish boyicha adabiyotlarning katta toplamiga asos soldi. Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib korsatishga harakat qilgan. U tomonidan ishlangan sxemada olda-jolda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir narsa oldindan oylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq belgilangan bolishi aks ettirilgan. Menejment bir ilm sohasi sifatida fanlararo tarmoq bolib, unda iqtisod sotsiologiya, psixologiya, huquq, texnik va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar, shuningdek, boshqaruv sanati tajribalari oz ifodasini topadi. Ozbekistonda shakllanayotgan zamonaviy menejment - bu kompleks ravishdagi innovatsiya fani bolib, u bozor iqtisodiyotining shakllanishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, muayyan shart-sharoitlar va raqobatga layoqatlilikning yaratilishi, iqtisodiy erkinlik hamda masuliyat asosida jismoniy hamda huquqiy shakllar faoliyatini jonlantirish uchun qulay zamin yaratilish bilan bir vaqtda dunyoga kelmoqda.Menejment rivojlanishni sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi muayyan obektiv tamoyillar, shuningdek, uning muayyan potensiali va ozgarish dinamikasi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham obektiv tendensiyalarni oz vaqtida aniqlab, ulardan boshqaruv jarayonida mohirona foydalanish kerak.
3.Ishlab chiqarishni tashkil etish tizimi. shlab chiqarishni tashkil etish mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.I.ch.t.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, i.ch. boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamI.ch.t.e. ga kiradi. U mahsulot i.ch. ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli i.ch.ni xreil qiladi. I.ch.t.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, i.ch. boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling