1. Sulfat kislotasini ishlab chiqarish asoslari


SULFAT KISLOTASINI NITROZA USULI BILAN YETTI MINORALI TEXNOLOGIK TIZIM BO‘YICHA ISHLAB CHIKARISH


Download 77.87 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi77.87 Kb.
#1629785
1   2   3   4   5
Bog'liq
. Sulfat kislotasini ishlab chiqarish

SULFAT KISLOTASINI NITROZA USULI BILAN YETTI MINORALI TEXNOLOGIK TIZIM BO‘YICHA ISHLAB CHIKARISH.
Amaliyotda yuqoridagi mexanizm bo‘yicha sulfat kislota olish uchun, umuman kamida 3 minora kerak. Sulfat kislotani nitroza usuli bilan hosil qilish mexanizmi 1-minorada 1-2-3-bosqich reaksiyasi ketadi. 2-minorada 4-bosqich, 3-minorada 5-bosqich reaksiyasi ketadi.
Amaliyotda reaksiyalar tuliq ketishi uchun 4, 5, 6, 7 minorali tizimlar qo‘llaniladi. Minoralar soni kup bo‘lishi ham yaxshi emas. Gazlarni bir minoradan ikkinchisiga o‘tkazish uchun elektr energiyasi ko‘p qo‘llaniladi, gidravlik qarshiliklar oshadi. Bu esa yaxshi emas.
MDH davlatlarida 7 minorali tizim qulay deb topilgan. O‘choq bo‘limidan chiqqan o‘choq gazi nitroza bo‘limiga yuboriladi. Nitroza bo‘limi 7 minordan iborat.
Issiq o‘choq gazi 2 ga bo‘linib, uning bir qismi denitratsiya minorasiga, 2-chisi esa 1-maxsuliy minoraga yuboriladi. Ulardan chiqqan o‘choq gazi birlashib, 2-maxsuliy minoraga yuboriladi.
U yerda 3-bosqich reaksiyasi asosan va qisman 4-a, b reaksiyalari ketadi. 2-maxsuliy minoradan chiqqan o‘choq gazi ikkiga bo‘linadi. Uning 1 qismi oksidlanish minorasiga yuboriladi. U minora ichi bo‘shliq bo‘lib, o‘choq gazining chiziqli tezligi to‘satdan kamayib ketadi. Natijada buning aksi sifatida uchrashish vaqti oshadi va NO2 ning chiqishi oshadi. 4-(a) reaksiyasi bo‘yicha o‘choq gazining bir qismi, ikkinchi yarim qismi esa oksidlanish minorasidan aylanib o‘tib, undan chiqqan o‘choq gazi bilan qo‘shilishadi va tezlikda 4-b reaksiyasi bo‘yicha N2O3 hosil bo‘ladi:
NO(Г) Q NO2(Г) = N2O3 (Г) Q Q14 (16)
hamda NO:NO2 nisbatlari 1:1 nisbatda aralashma hosil bo‘ladi. Bu ikkala xolat ham, ya’ni N2O3 ning hosil bo‘lishi yoki NOQNO2 ning hosil bo‘lishi 5-bosqich reaksiyasiga muvofiq azot oksidlarining o‘choq gazidan sulfat kislotaga yuttirib, ajratib olishni tezlashtiradi:
Bu reaksiya:
N 2O3(г) Q H2SO4(с) 2HNSO5(с)_Q H2O(с) (17)
geterogen bo‘lganligi uchun bu jarayon ketma-ket 3 ta minorada amalga oshiriladi. Gaz bilan kislotaning uchrashish yuzasini oshirish uchun bu minoralar (oksidlash minorasidan tashqari) Rashig xalkalari bilan to‘ldirilgandir. Oxirgi 7-absorbsiya minorasini sanitar minora, ya’ni o‘choq gazini azot oksidlaridan batamom tozalash minorasi deyiladi. Bu minoralarda azot oksidi sulfat bilan birikib, nitrozil sulfat kislota holida qurilmaning bosh qismiga qaytariladi. Shunday qilib, jarayon ketma-ket ketadi. O‘choq gazi nam elektrofiltrga yuborilib, u yerda sulfat kislota tomchilari va tumanlaridan tozalanib, o‘choq gazi baland mo‘ri orqali atmosfera havosiga tashlab yuboriladi. Lekin bu sharoitda oksidlanmay qolgan SO2 ni bilan birga 0,03% gacha NO, NO2, N2O3 gazlari tashlab yuboriladi. Qurilmani azot oksidlari bilan doimiy ta’minlab turish uchun 1- va 2-maxsuliy minoralarga suv va НNSO5 bilan birga, НNO3 ham berib turiladi. 1-minoraga tepadan faqat suv bilan НNSO5 kislota, pastdan esa 4000С atrofidagi issiq o‘choq gazi beriladi. Minora pastidan tushayotgan kislota, sovutgichlarda sovutilib, so‘ng kislota to‘plagichlarga tushadi; maxsuliy sulfat kislota 2-a (17.18.) reaksiya bo‘yicha hosil bo‘lib,
2HNSO5(c) Q H2O(c) 2H2SO4(c) Q N2O3(г) - Q39 (18)

denitratsiya minorasining kislota to‘plagichidan olinadi.

Download 77.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling