1. Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o’g’lining vorisi hisoblanadi?


Download 357.35 Kb.
Pdf просмотр
Sana28.10.2019
Hajmi357.35 Kb.

“Registon” o’quv markazi                                                                    

Online test portalimiz – www.Tarixchi.uz

 

 

 



8-sinf o’zbekiston tarixi 

 

1.Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi 



o’g’lining vorisi hisoblanadi? 

a)Jahongir     b)Shohrux    c)Umarshayx   d)Mironshoh 



2.Boburning otasi Umarshayxga akasi Sulton 

Ahmad davrida berilgan hududlarni aniqlang? 

a)Sayram va Toshkent   

b)Farg’ona va Xo’jand 

c)Toshkent va O’ratepa  

d)Kobul va Farg’ona 

3.”Dashti Qipchoq” atamasi qayerlarga nisbatan 

ishlatilgan? 

a)Amudaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning 

sharqiy yonbag’ridan Dunay daryosining quyi 

oqimigacha bo’lgan hududlar 

b)Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning sharqiy 

yonbag’ridan Dunay daryosining yuqori oqimigacha 

bo’lgan hududlar 

c)Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy 

yonbag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimigacha 

bo’lgan hududlar 

d)Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g’arbiy 

yonbag’ridan Dnepr daryosining yuqori oqimigacha 

bo’lgan hududlar 

4.Shayboniyxon bobosining davlatini tiklash 

yo’lidagi xatti-harakatini dastlab nimadan 

boshlagan? 

a)o’ziga ittifoqchilar yig’ishdan 

b)o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma qo’shin 

lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan 

c)Dashti Qipchoqda katta urushlar boshlash bilan 

d)Temuriylarga qarshi kurashdan 



5.Shayboniyxon Axsi va Andijonni kimga bergan? 

a)Jonibek Sulton 

 

b)Xo’ja Mahmud 



c)Ko’chkinchixon 

 

d)Mahmud Sulton 



6.Qayerdagi jangda Shayboniyxon Ismoil Safaviyga 

yutqazib qo’ygan? 

a)Balx        b)Hirot       c)Isfaxon       d)Marv 



7.Bobur Samarqandni 3-marta qachon egallagan? 

a)1496-yil      b)1497-yil       c)1500-yil      d)1511-yil 



8.Bog’i Orom qayerda joylashgan? 

a)Kobul       b)Agra        c)Dehli         d)Andijon 



9.Shayboniylar urf-odatiga ko’ra,o’lgan xon o’rniga 

taxtga Yoshi katta shayboniy o’tqazilgan. 

Qachondan bu urf-odatga rioya etilmay qo’yilgan? 

a)XVI asr 20-yillaridan             b)XVI asr 30-yillaridan 

c)XVI asr 40-yillaridan             d)XV asr 30-yillaridan 

10.Shayboniylardan Jonibek Sultonning nabirasi 

bo’lgan shaxsni aniqlang? 

a)Abdullaxon I     

 

b)Abu Said 



c)Abdullaxon II  

 

d)Ubaydullaxon 



11.Nechanchi yilda shayboniylar Movarounnahrni 

tamoman egallagan? 

a)1499-yil      b)1501-yil        c)1510-yil       d)1512-yil 



12.Shayboniylar davlatida zarur bo’lganda elchilik 

vazifasini ham bajargan mansabni aniqlang? 

a)naqib      b)otaliq      c)qushbegi       d)devonbegi 



13.Qaysi shayboniy hukmdor davrida Buxoro 

xonligi Boburiylar davlatini tan oldi va u bilan 

savdo va elchilik munosabatlarini o’rnatdi? 

a)Ko’chkinchixon 

 

b)Abdullaxon II 



c)Shayboniyxon 

 

d)Ubaydullaxon 



14.Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari 

qachondan rivojlana bordi? 

a)XVI asr 2-yarmi 

 

b)XVII asr boshlari 



c)XVI asr boshlari 

 

d)XVII asr 2-yarmi 



15.Ilm,fan,marifat homiylari bo’lgan shayboniy 

hukmdorlarni aniqlang? 

a)Shayboniyxon,Ko’chkinchixon,Ubaydullaxon 

b)Shayboniyxon,Abdulazizxon,Abdullaxon 

c)Shayboniyxon,Ubaydullaxon,Abdullaxon II 

d)Shayboniyxon,Ko’chkinchixon,Abdullaxon II 

16.”Shartnomayi shohiy” asarining muallifini 

aniqlang? 

a)K.Binoiy 

 

b)Fazlulloh ibn Ro’zbexon 



c)Hofiz Tanish Buxoriy  

d)M.Haydar 



17.Samarqandda o’z nomiga xutba o’qitib,tanga 

chiqargan Xiva hukmdorini aniqlang? 

a)Avaneshxon   

 

b)Anushaxon 



c)Arab Muhammad 

 

d)Elbarsxon 



18.Shohjahon o’g’illari bilan Nodir Muhammad 

o’rtasida jang qayerda bo’lib o’tgan? 

a)Bog’i Shamol  

 

b)Saripul 



c)Sheroz qishlog’i  

 

d)Maymana 



19.Buxoro xoni Abulfayzxon davrida amalda 

mustaqil bo’lib olgan hududlarni aniqlang? 

1.Toshkent      2.Samarqand      3.Qarshi      

4.Shahrisabz      5.O’ratepa      6.Balx      7.Namangan    

8.Farg’ona      9.Badaxshon      10.Ko’lob 

a)2,3,6,8,9      b)2,3,5,6,7       c)1,4,5,9,10     d)1,2,3,6,8 

20.Buxoroga qaysi Xiva xoni yordamga 

kelayotganidan xabar topgan Nodirshoh buyrug’iga 

binoan Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadi? 

a)Avaneshxon   

 

b)Anushaxon 



c)Arab Muhammad 

 

d)Elbarsxon 



21.Ashtarxoniylar davrida xondan keyin qaysi 

mansab turgan? 

a)Devonbegi      b)Qushbegi       c)Mehtar      d)Otaliq 



22.Ashtarxoniylar davrida Buxoroda qachon isyon 

ko’tarilgan? 

a)1705-yil      b)1708-yil        c)1710-yil       d)1712-yil 



23.Tarixiy xato javobni aniqlang? 

a)Ashtarxoniylarda suyurg’ol egalari xon xazinasiga 

soliq to’lamagan 

b)Ashtarxoniylarda “mulki hurri xolis” egalari xon 

xazinasiga 1/10 ko’rinishida soliq to’lagan 

c)Ashtarxoniylarda asosiy soliq to’lovchilar-dehqon, 

chorvador,hunarmand,savdogarlar bo’lgan 

d)Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni 

birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan 

24.Falsafa,tasavvuf,tarix,fiqh,tilshunoslik, 

astranomiya sohasida 20 dan ortiq asar yozgan 

shaxsni aniqlang? 

a)Mahmud ibn Vali 

 

b)M.Yusuf Munshiy 



c)M.Sharif Buxoriy 

 

d)Bedil 



25.”Tarixlar dengizi” nomli asar kimniki? 

a)M.Zamon Buxoriy 

 

b)M.Amin Buxoriy 



c)M.Yusuf Munshiy 

 

d)Abdurahmon Tole 



26.Muhammad Rahimbiy davrida 4 yil ichida 

bo’ysundirilgan bekliklarni aniqlang? 

“Registon” o’quv markazi                                                                    

Online test portalimiz – www.Tarixchi.uz

 

1.Miyonqol     2.Nurota     3.Samarqand      

4.Qo’boduyon     5.Balx     6.Hisor    7.Boysun     

8.Shahrisabz      9.O’ratepa     10.Qarshi    11.Urgut   

12.Ko’lob 

a)1,2,3,4,5,6 

 

 

b)2,3,4,5,6,7 



c)1,2,4,7,8,11   

 

d)1,3,8,9,10,11 



27.O’z faoliyatida ommaga tayanib ish tutgan 

Buxoro amiri davrida qaysi shaharda katta 

bunyodgorlik ishlarini amalga oshirdi? 

a)Buxoro      b)Toshkent      c)Samarqand     d)Qarshi 



28.Buxoro amirligida eng quyi mamuriy bo’linma 

bu…? 

a)amlokdorlik      b)ovul      c)qishloq      d)mahalla 



29.Buxoro amirligida harbiy qo’shin bosh 

sarkardasi nima deb atalgan? 

a)sipohsolor       

b)to’pchiboshi 

c)lashkarboshi   

d)parvonachi 

30.Amirlikda qaysi soliqning miqdori yer 

haydashga yaroqli har bir juft ho’kiz hisobidan 

kelib chiqib belgilangan? 

a)tanobona 

 

b)qo’sh puli 



c)zakot  

 

d)xiroj 



31.XVII asrda qazilgan Xurmo va Sarazm ariqlari 

qaysi daryodan chiqarilgan? 

a)Amudaryo     b)Zarafshon      c)Sirdaryo     d)Vaxsh 



32.Qachon Samarqand shahri baland devor bilan 

o’rab olingan? 

a)XVIII asr o’rtalari 

 

b)XVIII asr oxiri 



c)XIX asr boshi  

 

d)XIX asr o’rtalari 



33.Mang’itlar davrida Buxoro shahrida nechta 

madrasa bo’lgan? 

a)150 ta      b)103 ta       c)83 ta      d)250 ta 



34.Amirlikda qaysi yo’l bilan davlat yerlari zaxirasi 

ko’paytirilgan? 

a)vaqf yerlarining bir qismi tugatilib 

b)barcha xususiy yerlar tugatilib 

c)qozoqlar yerlari tortib olinib 

d)aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi 

35.Madrasa talabalariga maruzalar o’qigan amirni 

aniqlang? 

a)Donilyolbiy Otaliq 

 

b)Nasrullo 



c)Haydar 

 

 



d)Subxonqulixon 

36.Buxoroda qaysi sulola davridan boshlab diniy 

mutaassiblik ijtimoiy-madaniy  hayot rivojining 

qudratli to’sig’iga aylangan? 

a)shayboniylar   

 

b)ashtarxoniylar 



c)mang’itlar 

 

 



d)qo’ng’irotlar 

37.Buxoro amirligida adabiyotda munozara janri 

taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan shoirni 

aniqlang? 

a)M.Nishotiy   

 

b)Sayyido Nasafiy 



c)Vola   

 

 



d)Mujrim-Obid 

38.Xiva xonligi qachon tashkil topgan? 

a)1509-yil       b)1510-yil       c)1511-yil      d)1512-yil 



39.Ubaydullaxon Xivaga hujum qilganda Xiva xoni 

kim edi? 

a)Elbarsxon       b)Abulg’oziyxon      c)Avaneshxon 

d)Anushaxon 

40.Xivada shayboniylar davrida siyosiy 

parokandalik qaysi xon davrida yuqori nuqtasiga 

yetgan edi? 

a)G’oyibxon 

 

 

b)Asfandiyorxon 



c)Arab Muhammadxon  

d)Anushaxon 



41.Xiva tarixida qozoq xonligidan chingiziy 

sultonlarni o’tqazish boshlangan.Shulardan 

birinchisi kim edi? 

a)Elbarsxon 

 

 

b)G’oyibxon 



c)Shohniyoz     

 

d)Sherg’oziyxon 



42.Xiva shahri qachonlar Xiva xonligining poytaxti 

bo’lgan? 

a)XVI asr o’rtalaridan XIX asr oxirigacha 

b)XVII asr 1-choragidan 1920-yilgacha 

c)XVII asr o’rtalaridan 1920-yilgacha  

d)XVI asr 1-choragidan 1920-yilgacha 

43.Xiva xonligida ekinzorlarning 1/5 qismiga nima 

ekilgan? 

a)paxta      b)jo’xori      c)bug’doy       d)sholi 



44.XVIII asrning 60-yillarida turkman qabilalari 

Xorazmni egallab,qaysi shaharlarni xonavayron 

qilishgan? 

1.Xiva    2.Vazir      3.Hazorasp     4.Xonqa     5.Bog’ot    

6.Urganch     7.Kat     8.Shohobod    9.Chimboy 

a)2,4,6,8,9      b)3,4,6,7,8     c)1,3,5,7,8     d)3,4,5,6,9 



45.Qo’ng’irotlar sulolasi hokimiyatni rasman 

qachon egallagan? 

a)1804-yil       b)1770-yil      c)1806-yil       d)1761-yil 



46.XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan qaysi 

davlat o’rtasida elchilik munosabatlari o’rnatilgan? 

a)Eron      b)Afg’oniston       c)Hindiston     d)Rossiya 



47.Rossiya tomonidan Xivaga N.Muravyov 

boshchiligidagi maxsus ekspeditsiya qachon 

yuborilgan? 

a)1558-yil      b)1839-yil      c)1858-yil    d)1819-yil 



48.Xiva xonligida Oliy va Kichik kengashni tasis 

etgan xonni aniqlang? 

a)Eltuzarxon      b)Abulg’oziyxon     c)Olloqulixon 

d)Muhammad Rahimxon I 

49.Xiva xonligida qo’shinga qaysi mansab 

boshchilik qilgan? 

a)parvonachi       b)lashkarboshi      c)to’pchiboshi 

d)yasovulboshi 

50.Qachonga kelib Xiva xonligida shaharlar 

hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati 

barham topdi? 

a)XVII asr boshi 

 

b)XIX asr boshi 



c)XVIII asr boshi 

 

d)XVIII asr oxiri 



51.Ichan qalada nechta tarixiy-memoriy obida 

joylashgan? 

a)26 ta      b)35 ta       c)54 ta       d)76 ta 



52.”Dili g’aroyib” asarining muallifini aniqlang? 

a)Hasanbek Rumlu     b)Xudoyberdi Avaz Muhammad 

c)Yusufbek Bayoniy         d)Ogahiy 

53.Kimning estaliklari fransuz va nemis tillariga 

tarjima qilingan? 

a)F.Benevini        

 

b)Blankennagel 



c)N.Ignatyev 

 

 



d)N.Muravyov 

54.Qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo’lganligi 

haqidagi manbalar qachonga to’g’ri keladi? 

“Registon” o’quv markazi                                                                    

Online test portalimiz – www.Tarixchi.uz

 

a)VIII asr boshlari 

 

b)XII asr o’rtalari 



c)XVI asr boshlari 

 

d)XVI asr oxirlari 



55.Qaysi Xiva hukmdori davrida ayrim qoraqalpoq 

qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi 

fuqaroligiga o’ta boshlagan? 

a)M.Amin inoq  

 

b)Sherg’oziyxon 



c)Abulg’oziyxon 

 

d)M.Rahimxon I 



56.Qoraqalpoqlar qadimdan nima bilan 

shug’ullangan? 

a)baliqchilik va ovchilik 

 

b)dehqonchilik va chorvachilik 



c)hunarmandchilik va dehqonchilik 

d)chorvachilik va ovchilik 



57.Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun 

qoraqalpoqlar tayyorlagan qaysi mahsulot 

xaridorgir edi? 

a)teri mahsulotlari 

 

b)tuzlangan baliq 



c)jun mahsulotlari 

 

d)gilamlar 



58.Qoraqalpoqlarning mamuriy markazlarini 

aniqlang? 

a)Xo’jayli va Chimboy  b)Mang’it va Qo’ng’irot 

c)Chimboy va Qo’ng’irot         d)Xo’jayli va Xonqa 

59.Qoraqalpoqlar qo’shiqchiligi mazmuniga ko’ra 

necha turga bo’lingan? 

a)2       b)3       c)4        d)5 



60.”El bilan” sheri kimniki? 

a)Jiyen Jirov   b)Kunxo’ja Ibrohim    c)Zevar  

d)Berdaq 

61.100 dan ziyod sher va dostonlar qoldirgan 

qoraqalpoq shoirini aniqlang? 

a)Jiyen Jirov   b)Kunxo’ja Ibrohim    c)Zevar  

d)Berdaq 

62.Qo’qon xonligiga O’sh va O’zganni 

bo’ysundirgan xonni aniqlang? 

a)Erdona      

 

b)Abdukarimbiy 



c)Norbo’tabiy   

d)Madalixon 



63.Qo’qon xonligida qaysi mansab malum bir vaqt 

davomida Toshkentni boshqarib turgan? 

a)qo’shbegi       

b)parvonachi    

c)mingboshi 

 

d)devonbegi 



64.1799-yilda Toshkent qo’shini Qo’qon qo’shinini 

yutgach qayerni o’ziga qo’shib oldi? 

a)Chimkent va Sayram   

b)Qurama mavzeyi 

c)Qorako’l mavzeyi 

 

d)Turkiston atroflari 



65.Xronologik jihatdan eng oxiri bo’lib sodir 

bo’lgan tarixiy voqeani aniqlang? 

a)Sibir mamuriyati o’z elchilari Beznosikov va 

Burnashevlarni Toshkentga yubordi 

b)24 kishilik Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk 

shahriga kelgan 

c)Muhammadxo’ja va Azizxo’ja boshliq Toshkent 

savdo karvoni Sibirga jo’nagan 

d)Troitskdan Toshkentga 27773 so’mlik rus va chet el 

mollari keltirilgan 

66.Qo’qon-Buxoro o’rtasida azaliy kurash 

hududlarini aniqlang? 

a)Xo’jand va Jizzax 

         b)Jizzax va O’ratepa 

c)Toshkent va Turkiston         d)Chimkent va Turkiston 



67.1852-yil 9-oktabrda Xudoyorxon qayerdan 

chaqirilgan qo’shin bilan qipchoqlar qirg’inini 

uyushtirdi? 

a)Samarqand     b)Buxoro    c)Jizzax     d)Toshkent 



68.Qo’qon xonligida asosiy qishloq xo’jaligi ekini 

nima bo’lgan? 

a)sholi      b)paxta       c)bug’doy      d)arpa 



69.”Yig’im solig’i” qaysi soliqning bir turi 

hisoblanadi? 

a)xiroj     b)ushur      c)jizya     d)zakot 



70.Qo’qon xonligining qaysi shahrida 30 000 aholi 

yashagan ? 

a)Marg’ilon     b)Qo’qon     c)Andijon     d)Toshkent 



71.Namangan qachon Qo’qon xonligi tarkibiga 

kirgan? 

a)XIX asr     b)XVIII asr     c)XVII asr      d)XVI asr 



72.Milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak 

pog’onaga ko’targan qo’qonlik shoirni aniqlang? 

a)Maxmur      b)Gulxaniy     c)Uvaysiy     d)Mashrab 



73.Uvaysiydan bizgacha qancha devon va doston 

qolgan? 

a)5 ta devon va 3 ta doston     

b)3 ta devon va 5 ta doston 

c)4 ta devon va 3 ta doston 

d)2 ta devon va 4 ta doston 

74.”Tarixiy jahonnomayi” asarining muallifini 

aniqlang? 

a)Mirzo Qalandar Mushrif  Isfarangiy 

b)Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Masumxon 

c)Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla 

Ro’zimuhammad o’g’li 

d)Mulla Niyoz Muhammad Ho’qandiy 



75.Daxmayi Shohonda qaysi Qo’qon xoni va uning 

avlodlari dafn etilgan? 

a)Erdona      

 

b)Abdukarimbiy 



c)Norbo’tabiy   

d)Madalixon 



76.Akbarshohning o’g’li Jahongirshoh bilan qaysi 

Buxoro hukmdori aloqa o’rnatgan? 

a)Abdullaxon II  

 

b)Nodir Muhammad 



c)Imomqulixon  

 

d)Ubaydullaxon 



77.Amudaryoning janubida yashovchi o’zbeklar 

Afg’onistonga qarshi isyon ko’targanidan nevha yil 

o’tib qaytadan isyon ko’tardi? 

a)15 yil      b)32 yil      c)11 yil      d)21 yil 



78.Qachondan Rossiya imperiyasining o’zbek 

xonliklari bilan bo’lgan munosabatlarida tazyiq 

o’tkazish ustunlik qila boshladi? 

a)XVI asr     b)XVII asr     c)XVIII asr     d)XIX asr 



79.Rossiya qaysi elchiga “Orol dengizida Rossiya 

bayrog’ini ko’tarish” vazifasini yuklagan? 

a)I.Xoxlov     b)F.Benevini    c)Ignatyev    d)Kirillov 



80.O’zini arman savdogari deb tanitgan elchini 

aniqlang? 

a)Murkford     b)Berg      c)A.Jenkinson    d)Byorns 



81.Raim istehkomini qurol kuchi bilan yo’q qilishga 

harakat qilgan davlatni aniqlang? 

a)Afg’oniston   

b)Buxoro amirligi 

c)Qo’qon xonligi 

d)Xiva xonligi 

82.Tunqator mansabi qaysi sulola davrida bo’lgan? 

a)Minglar         

b)mang’itlar       


“Registon” o’quv markazi                                                                    

Online test portalimiz – www.Tarixchi.uz

 

c)qo’ng’irotlar   

d)shayboniylar 

83.Minglar sulolasi davrida yozilgan tarixiy asarni 

aniqlang? 

a)”Dastur ul-amal” 

b)”Muntaxab ut-tavorix” 

c)”Tarixiy Rashidiy”  d)”Tarixiy Muqimxoniy” 



84.Mang’itlar davriga tegishli tarixiy asarni 

aniqlang? 

a)”Fathnomayi sultoniy” 

b)”Tarixiy Shohruxiy” 

c)”Dili g’aroyib” 

 

d)”Tarixlar dengizi” 



85.Quyidagi ijodkorlarni yashagan davri hukmron 

sulolalari bilan to’g’ri muvofiqlashtiring? 

1.Muhammadniyoz Nishotiy    2.Bedil     3.mavlono 

Kavkaviy     4.Gulxaniy     5.Xudoyberdi Avaz 

Muhammad     6.Hamadoniy 

A)Buxoro shayboniylari      B)Ashtarxoniylar      

C)Mang’itlar      D)Xiva shayboniylari     

E)Qo’ng’irotlar    F)Minglar 

a)1-B,2-A,3-F,4-D,5-E,6-C 

b)1-C,2-A,3-B,4-D,5-F,6-E 

c)1-C,2-B,3-A,4-F,5-E,6-D 

d)1-A,2-D,3-C,4-B,5-F,6-E 

86.Bir yilda yubileyi nishonlangan shaharlarni 

aniqlang? 

a)Toshkent va Samarqand 

b)Xiva va Marg’ilon 

c)Buxoro va Toshkent 

d)Marg’ilon va Samarqand 

87.Xiva xonligi arxiv hujjatlari Peterburgga olib 

ketilgandan qancha o’tib  Toshkentga qaytarib olib 

kelindi? 

a)95 yil     b)89 yil     c)77 yil     d)101 yil 



88.I.Xoxlov Buxoroga kelgan yili sodir bo’lmagan 

voqeani aniqlang? 

a)Buxoroda Nodirdevonbegi tomonidan Labi hovuz 

qurildi 

b)Qozon shahrida Xiva elchisi 670 kiyimlik mato 

sotgan 

c)Axsikat qattiq zilzila natijasida vayron bo’lidi 



d)Sherdor madrasasi qurilishi boshlandi 

89.Ivan Grozniy Qozon xonligini bosib olgandan 

100 yil o’tib yana qanday voqea sodir bo’ldi? 

a)Subhonqulixon Balxni egalladi 

b)Xiva xoni Abulg’oziyxon Buxoro atroflarini 2 marta 

talon-taroj qildi 

c)Buxoro shahrida Abdulazizxon qo’sh imoratli 

madrasa qurdirdi 

d)Abulg’oziyxon Vardonzeni taladi 

90.G’ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo’shinlari 

Buxoroga yutqazib qo’ygandan 100 yil oldin va 100 

yil keyin qanday voqealar sodir bo’lgan? 

a)Abdullaxon II Badaxshonni egalladi,Xiva shahrida 

qayta tiklash ishlari tugallandi 

b)Abdullaxon II ning Akbarshoh huzuriga 3-

elchiligi,Amir Shohmurod hukmronligi boshlandi 

c)Akbarshoh Abdullaxon II huzuriga elchi 

yubordi,Troitskdan Toshkentga 27773 so’mlik rus va 

chet el mollari keltirilgan 

d)Abdullaxon II vafot etgach o’rniga Abdulmo’min 

keldi,toshkentlik savdogarlar B.Ismoilov va 

Azizxo’jalar Irbit yarmarkasiga borishgan 

 

 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling