1 sun’iy intellekt tizimlari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana19.07.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1661009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suniy intellekt tizimlari.docx

2-jadval 
Ekspert tizimi 
Dialogli komponent 
Izohlovchikomponent 
Bilim egallash komponenti 
Ishchi xotira 
Interpretator 
Bilimlar bazasi 
Dinamik ET arxitekturasiga qo‘shimcha qilib ikki tarkibiy qism kiritiladi: 
tashqi atrofni modellashtirish kichik tizimi hamda tashqi atrof bilan bog‘lovchi 
kichik tizim. Oxirgi kichik tizim tashqi muhit bilan sensorlar va kontrollerlar tizimi 
orqali aloqa o‘rnatadi. Ekspert tizimni yaratish tadbirida ekspertlar guruhi tizim 


12 
yaratilishi kerak bo‘lgan vaziyatni tahlil qilib chiqadi. Keyin ular tomonidan 
shunga o‘xshash muammolarni hal etish qoidalari ishlab chiqiladi. Qoidalar 
bilimlar bazasida joylashtiriladi. Mantiqiy xulosa chiqarish mexanizmi 
loyihalashtirilib, u qanday qoidalar qaysi tartibda berilgan masalalar sinfi yechimi 
uchun qo‘llanilanishini aniqlaydi. Umuman olganda, foydalanuvchidan 
qo‘shimcha ma’lumot olish uchun interfaol rejimni nazoratda tutish lozim bo‘ladi. 
Ekspertlar bilimlarni (ma’lumotlar va qoidalarni) aniqlab, ularning to‘g‘riligi va 
to‘laligini ta’minlaydi. 
Bilimlar bo‘yicha muhandis (kognitolog, muhandis–interpretator,tahlilchi): 
– ET ishlashi uchun zarur bilimlarni tuzadi;
– bilimlar vositalari va ularni taqdim etish usulini amalga oshiradi; 
– bilimlarning mazkur predmet sohasiga mos keladigan standart 
funksiyalarini ajratadi va dasturlaydi (an’anaviy vositalar yordamida).
Dasturchilar dasturiy ta’minotning asosiy komponentlarini ishlab chiqib, 
uni foydalaniladigan muhit bilan bog‘lanishini amalga oshiradilar. 
Bajarish bosqichlari:
1. Identifikatsiya (funksiyalar, maqsadlar, ekspertlar va foydalanuvchilar 
turlari).
2. Konseptuallashtirish(muammoli soha, tushunchalar o‘zaro bog‘liqligi, 
masalalar yechish usullarini tahlil qilish).
3. Rasmiylashtirish (intellektual tarmoqni, bilimlarni namoyish etish 
usullarini tanlash, tushunchalarni rasmiylashtirish, bilimlarni izohlash, tizimni 
modellashtirish, maqsad, yechish usullari, namoyish qilish va bilimlarni ishlatish 
usullariga muvofiqligini baholash).
4. Bajarish (bilimlarni tashkil etish va tuzilmalashtirish, bilimlarni tizimga 
tushunarli holda taqdim etish).
5. Test o‘tkazish.
6. Sinov tarzida foydalanish.
Bilimlarni namoyish etish va yechish usullari. Ekspert tizimlarda o‘ziga 
xos rasmiylashtirilgan til ishlatiladi, unda rasmiylashtirilgan bilimlar maydonini 


13 
tashkil qiluvchi qoidalar va dallilar ifodalanadi. Predikatlar mantiqi – bu tabiiy 
tildan tanlab olish (kichik ko‘plik) hamda ularni rasmiy noaniq tushunchalarni va 
amaliyotlarni chetlab o‘tadigan mantiq qoidalariga o‘xshash o‘zgartirish 
qoidalaridir. Predikatlar – rasmiy mashina tilidagi gaplarning analoglaridir.
Til (kommunikatsiya vositasi) quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi: 
1. Grammatik (til shakllarini belgilaydi).
Belgilar to‘plami (alfavit, tinish belgilari va boshqalar), so‘zlarni belgi 
ketma-ketliklari (morfemalar), gap yasalishining grammatik qoidalari (sintaksis) 
orqali ta’riflash. 
2. Semantik (ma’noni aniqlaydi). 
So‘zlar va ifodalar quyidagilarni aniqlaydi: hodisalar mohiyati, ular 
ustidagi amallarni. 
Agar gap dunyoni to‘g‘ri tavsiflasa, u holda gap to‘g‘ri, aks holda – gap 
noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu xususiyat til semantikasini aniqlaydi. Bunday rost va yolg‘on 
gaplar to‘plamining muvofiqligi munosabati – bu izohlashdir.
3. 
Rasmiy amallar orasidagi o‘zaro munosabatlar. 
Gaplar to‘plamidan semantik (masalan, haqiqiy til vositalari yordamida) va 
rasmiy nuqtai nazardan xulosa chiqarish (chiqarish amali) mumkin. Ekspert 
tizimining mantiqiy chiqarish tizimida ikkala xulosa bir biriga to‘g‘ri kelishi kerak. 
Bilimlar maydonini shakllantirishda tasavvur etishning deklarativ tizimlaridan 
foydalanish mumkin, ular kelajakda uning qo‘llanilishidan qat’iy nazar bilimni 
darak gap shaklida ifodalaydi. Bilim tartibsiz shaklda to‘ldirib boriladi, butunlay 
modul tuzilma (dalillar tizimi orqali modullar–alohida bilimlar o‘rtasidagi aloqa)ga 
ega bo‘ladi. Deklarativ ta’riflar munosabatlarni semantik axborot yordamida 
ifodalaydi. Axborotga kirish huquqi cheklangan unifikatsiya yordamida amalga 
oshiriladi, bu esa timsol bilan qiyoslash hamda keyinchalik filtrlashni bildiradi. 
Boshqarish tuzilmasi ixtiyoriy tartibda kiritilishi mumkin bo‘lgan produksion 
qoidalar shaklida kiritiladigan axborotdan ajratilgan. Produksion qoidalar bu yerda 
sillogizmlarga o‘xshash, chiqarish usuli – modus ponens (p va p⊃q dan q kelib 
chiqadi), teorema, chap qismi – vaziyat, o‘ng qismi – vaziyat paydo bo‘lganda 


14 
qilinadigan amaldir. Ekspert tizimida dinamik bilimlar bazasi – bu to‘ldirib 
borilayotgan produksion qoidalar to‘plami, ishchi maydon – bu dalillar bazasi. 
Dinamik bilimlar bazasi (produksion qoidalar shaklidagi o‘zgarish operatorlari) – 
bu uzoq muddatli xotira analogi. Ishchi maydonda funksiyalar, mashina belgilagan 
dilillar shakllantiriladi – bu qisqa muddatli xotira analogidir. Interpretator 
qoidalarning 
bajarilish 
tartibini 
belgilab 
beradi. 
Ko‘pincha 
taxmin 
qilinayotganxulosadan (chiqish) dalillarga teskari harakat amalga oshiriladi, bu esa 
tizimni kombinator portlashdan (bo‘g‘inlar sonining ko‘payib ketishidan) saqlaydi, 
ammo dalillardan xulosaga bo‘lgan variantlar ham mavjud.
Sun’iy intellekt tizimlari (SIT)ni ishlab chiqaruvchi firmalarga tijorat 
sohasidagi muvaffaqiyatlar birdaniga kelmadi.1960–1985 yillar oralig‘ida sun’iy 
intellekt tizimlari asosan ilgarilab boruvchi tadqiqot ishlanmalari ko‘rinishida 
bo‘lgan. Ishlanmalar xususiy muvaffaqiyatlarining juda ko‘p miqdorda namoyish 
etilishi asta-sekin davlat amaldorlari va sarmoyadorlar e’tiborini o‘ziga tortdi. 
Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlarshaklidagi sun’iy intellekt tizimlarining 
tarqalishi va tijorat maqsadlarda foydalanilishiga ularning quyidagi xususiyatlari 
sabab bo‘ldi:
– bu tizimlarning dasturiy ta’minoti umumiy foydalanishdagi dasturiy 
vositalarga osongina moslashishi;
– zamonaviy 
tizimlarning 
asbob-uskunalari 
standart 
ko‘rinishda 
qo‘llanilishi;
– sun’iy intellekt tizimlarining dasturiy amalga oshirilishini oddiy 
kompyuterlar o‘rniga quvvatliroq ishchi stansiyalarda foydalanish imkoni;
– an’anaviy dasturlash tillariga moslashtirilgan ekspert tizimlari 
qobiqlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi;
– har xil masalalar sinflari uchun neyron tizimlarining ishiga o‘xshash 
dasturlar kutubxonlarining yaratilishi. 
Shuningdek, mijoz-server arxitekturalarida yoki tarmoq tuzilmalarida 
taqsimlanganoperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellekt tizimlari ishlab 
chiqilgan edi, bu esa ilovalarda foydalaniladigan asbob-uskunalarning narxini 


15 
pasaytirishga hamda ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
va markazlashtirilmasligiga imkon berdi. 
Sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirish va tijoriy amalga oshirish 
yo‘nalishlari. Ko‘p sonli ekspert tizimlarining ishlanmalari hech qiyinchiliksiz 
ma’lum turdagi sun’iy intellekt tizimlarini butun bir amaliy masalalarning 
to‘plamida qo‘llash uchun zarur o‘xshashlarini topish imkonini beradi. 
Shuningdek, foydalanuvchilarning tavsif va tavsiyalari bo‘lgan ko‘pgina amaliy 
masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan juda ko‘p miqdorda neyron tarmoq 
variantlari (neyron tarmoqlar kutubxonalari)yaratilgan. Bunday tarmoqlardan 
foydalanish tajribasi mutaxassislarga mavjud neyron tarmoqlar ichidan aniq bir 
muammolarni hal qilishga qodir yoki hal etishda yordam beradiganlarini tanlash 
imkonini beradi. Sun’iy intellektni kelajakda rivojlantirish sohasida ilmiy 
ishlanmalar hozirda bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda, ulardan eng 
muhimlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling