1 Suniy neyron turlari


Download 457.66 Kb.
bet1/8
Sana21.06.2023
Hajmi457.66 Kb.
#1644882
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
suniy yakuniy


1 Suniy neyron turlari
Sun’iy neyron – biologik neyronning ba’zi funksiyalarini bajaruvchi SNT elementi bo‘lib, uning asosiy vazifasi kirish signallariga bog‘liq holda chiqish signalini shakllantirishdan iborat. Eng keng tarqalgan konfiguratsiyalarda kirish signallari moslashuvchi summatorlar orqali silliqlanadi, keyin summatorning chiqish signali nochiziqli o‘zgartirgichga (faollashtirish funksiyasiga) kiradi va u yerda ham o‘zgartirilib chiqishga uzatiladi
Sun’iy neyron to‘rlari (SNT) – sun’iy neyronlar birlashuvi bilan yuzaga kelgan, biologik nerv to‘rini juda ham soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Bu o‘rinda soddalashtirish darajasi neyronlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarning beqiyos murakkabligi bilan belgilanadi. Biologik nerv tizimlarida har bir neyron xossalar va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lib, ular ichida miyaning kommunikatsion tizimini tashkil qiluvchi nerv tolalari bo‘yicha elektroximik signallarni qabul qilish, ishlov berish va uzatish funksiyalari noyob hisoblanadi.
Sun’iy neyron to‘rlari o‘z arxitekturasi bilan ajralib turadi: neyron-lar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tuzilmasi, qatlamlar soni, neyronlarni faollashtirish funksiyalari, o‘rganish algoritmlari. Bu nuqtayi nazardan mashhur SNT ichidan statistik, dinamik to‘rlar va fuzzytuzilmalar; bir yoki ko‘p qatlamli to‘rlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Qat’iymas mantiqga asoslangan tizimlar
“Yuqori”, “issiq” va “engil”, “ko`tarildi” yoki “tushdi” kabi so`zlar lingvistik o`zgaruvchilar bo`lib, ularni bitta qiymat bilan aniqlab bo`lmaydi. Qoidalarni tuzishda bu tushunchalardan foydalanish qat’iymas mantiq deb ataladi.
“Tushadi” tushunchasi ham lingvistik o`zgaruvchi bo`lib, fond birjasini tavsiflovchi qoidalarda ishlatiladi. Lingvistik o`zgaruvchilardan foydalangan holda, foydalanuvchiga ortiqcha savollarni bermasdan, ba’zi ehtimolliklarning qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun lingvistik o`zgaruvchilarning qiymatlarini aniqlashtirish lozim.
Noaniq/Qat’iymas (fuzzy – ingliz atamasidan) ob’ekt, xolat va hodisalarni noaniq, to`liq bo`lmagan, taxminiy, mumkin bo`lgan baholashlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday baholashlar ekspert fikr(mulohaza)larida shakllanadi.
“Qat’iymas inkor” (aniq “Inkor” amalining o`xshashi) – bu natijada [0,1] baholashni beradigan [0,1] qat’iymas baholashning unar inkori amalidir. Bu amal “1dan ayirish” sifatida belgilanadi, ya’ni , , , bu yerda - mulohazaning to`g`rilik darajasi.


Download 457.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling