1. Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang


Download 45.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi45.5 Kb.
#1057339
Bog'liq
6-sinf 11-test


1. Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang.
1) ildiz orqali suv va mineral moddalarning so’rilishi tezlashadi
2) poya bo’ylab moddalarning harakati yaxshilanadi
3) o’simlik organlarining qizib ketishidan saqlaydi
A) 1,2,3 B) 1,3 C) 1,2 D) 2,3

2. O’simliklarning suv bug’latishini qaysi tajriba yordamida isbotlash mumkin?


A) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’lik tushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
C) gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali
D) A va B

3. Suv bug’latish o’simlikning qaysi a’zo(lar)si orqali sodir bo’ladi?


A) poyadagi yasmiqchalar
B) bargdagi og’izchalar
C) A va B
D) barg, poya, ildiz po’sti(epiderma, po’stlog’i)

4. Qaysi moddani bargli novda solingan shisha idishga tomizish orqali suv bug’latishini (vaqtincha) to’xtatish mumkin?


A) moy B) yod
C) spirt D) sirka kislota (kuchsiz)

5. Bir tup o’simlikning barglari qancha suv bug’latganligini hisoblab chiqish uchun qaysi tajriba bajariladi?


A) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’lik tushib turadigan joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B) bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
C) gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish orqali
D) bargli novdani suvli shisha idishga solinadi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchisiga qadoq toshi qo’yiladi-muvozanatga keltiriladi suv bug’lanishi natijasida shisha idishdagi suv kamayadi, tarozi pallasi asta-sekin ko’tariladi. Tarozi pallalari yana muvozanatga keltirilib qancha suv bug’langanligi topiladi.

6. O’simliklarning tuproqdan oladigan suvining turli darajada bug’latishi nima(lar)ga bog’liq?


A) o’simlik turiga
B) o’sish sharoitiga
C) A va B
D) hayotiy shakliga

7. Qanday sharoitda o’sadigan o’simliklar suvni nisbatan kam bug’latadi?


A) issiq, quruq sharoit B) issiq, sernam sharoit
C) salqin, quruq sharoit D) salqin, sernam sharoit

8. Barglari juda maydalashib ketgan cho’l o’simligini belgilang.


A) saksovul B) kaktus
C) shuvoq, qoraboyalich D) shirinmiya

9. Barglari shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketgan o’simlikni belgilang.


A) saksovul B) kaktus
C) shuvoq, qoraboyalich D) shirinmiya

10. Barglarda shakllangan suvni kam bug’latishga nisbatan paydo bo’lgan moslanishlarni belgilang.


1) barglarning juda maydalashib ketganligi
2) barglarning shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketganligi
3) barglarning qalin tuklar bilan qoplanganligi
4) yoz oylarida barglarning to’kib yuborish
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3,4

11. Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni belgilang.


A) saksovul B) kaktus
C) shuvoq, qoraboyalich D) shirinmiya

12. Bir tup g’o’za yoz oylarida qancha suv bug’latadi?


A) 500-600 l B) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C) 200 l D) 250-300 l

13. Bir tup makkajo’xori yoz oylarida qancha suv bug’latadi?


A) 500-600 l B) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C) 200 l D) 250-300 l

14. Bir tup o’rta yoshdagi(30-40yillik) qizilmiya yoz davomida qancha suv bug’latadi?


A) 500-600 l B) o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C) 200 l D) 250-300l
15. Urug’ida zaxarli modda to’plovchi , brglari navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang
A) kampirchopon, bodom
B) bodom, ligustrum
C) bodom, shaftoli
D) shaftoli, kampirchopon

16. Umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydigan, murakkab bargli o’simliklarni aniqlang


1) mosh 2) shirinmiya 3)yong’oq 4) na’matak
5) yeryong’oq 6) yantoq
A) 4,6 B) 3,6 C) 2,3 D) 1,5

17. Ekologik guruhlar bilan juftlab yozing?


a-suvda yashovchilar b-namsevar
d-seret o’simliklar e-namlik yetarli
1-qo’g’a 2-elodeya 3-baliqko’z 4-qamish 5-nilufar 6-ro’vak 7-makkajo’xori 8-olma 9-sarsazan
10-sebarga 11-agava 12-karam 13-kaktus
14-bug’doy
A) a-2.5, b-1.4.6, d-3.9.11.13, e-12.10.7.8.14
B) a-2.5, b-1.4, c-3.9.6.11.13, e-7.8.10.14
C) a-1.2.5, b-4.6, c-3.9.11.13, e-6.7.8.10.14
D) a-1.2, b-4.6, c-3.9.11.13, e-7.8.12.14

18. Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar…, tunlar … boradi


A) qisqarib; uzayib B) uzayib, qisqarib
C) uzayib; uzayib D) qisqarib, qisqarib;

19. Qaysi o'simlik(lar)ning mevasi pishgandan keyin ham poyasining uchki shoxlarida gullari ochilib turadi?


A) g'o'za B) bangidevona
C) ituzum D) g'o'za va ituzum

20. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri…dir.


A) tinim davri B) diapauza
C) xazonrezgilik D) anabioz

21. Qaysi o'simliklarning barglari ancha barvaqt to'kiladi?


A) jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
B) jiyda, chinor, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
C) nastarin, atirgul, ligustrum
D) shamshod, ligustrum

22. Qaysi gulli o'simliklarning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi?


A) archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B) nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
C) nastarin, atirgul, ligustrum
D) shamshod, ligustrum

23. Qaysi gulli o'simliklarning bargi qishda ham to'kilmaydi?


A) archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B) nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
C) nastarin, atirgul, ligustrum
D) shamshod, ligustrum

24. Barglari qishda ham to’kilmay, saqlanib turadigan madaniy buta(lar)ni belgilang.


A) shamshod B) atirgul C) nastarin D) hammasi

25. Xazonrezgilikning o'simliklar uchun ahamiyati nima?


A) o'simliklarni qishki noqulay holatdan saqlaydi, chunki ular qishda tuproqdagi suvdan foydalana olmaydi
B) ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi
C) ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini susaytiradi
D) t.j.y
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling