1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
Jigar:tuzilishi,topografiyasi,QBT va innervatsiyasi,limfa tugunlari
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
91.Jigar:tuzilishi,topografiyasi,QBT va innervatsiyasi,limfa tugunlari.
Hepar-Jigar odam tanasidagi eng katta bez, o’ng qovurg’aosti va epigastral sohasida joylashgan a’zo.Massasi-1500gr.parenximatoz a’zo.Rangi-qizil-jigarrang,shakli-katta chig’anoqni eslatadi.O’lchamlari: o’ngdan chapga-25-30 sm; oldindan orqaga 15-20 sm; qalinligi-6-9 sm. Funksiyalari:1.Sekretor-yog’larni parchalaydigan o’t ishlab chiqaradi. 2.Detoksikatsion-toksinlarni zararsizlantiradi(darvoza venajigartoza qon). 3.Sintetik-jigarda qon oqsillari ishlab chiqariladi(albuminlar,protrombin, fibrinogen). 4.Qon deposi,glikogen deposi, vitaminlar deposi(A,D,E,K) 5.Embrional davrda qonning shaklli elementlarini ishlab chiqaradi.(chaqaloqda jigar kata,sabab- embrional davrda jigar eritrotsit ishlab chiqaradi) 2ta yuzasi bor: 1.Facies diaphragmatica(pars superior,anterior,posterior,dextra)
2.Facies visseralis seu inferior(buyrak,o’ng buyrakusti bezi, oshqozon,duodenum,colon transversum tegib turadi-impressio lar hosil qilgan). Oldingi tomondan yoki facies diaphragmaticadan qaraganda 2 ta bo’lagi bor: Lobus dextra et sinistra. Bularni lig.falciformis ajratib turadi. Facies visseralisda “H” harfi hosil bo’ladi: 2 ta sagittal egat(o’ng va chap) va 1ta ko’ndalang egat Chap sagittal egat-fissura lig.teres etfissura lig.venosum O’ng sagittal egat-fossa vesica fella et sulcus vena cavae inferior Ko’ndalang egat-portae hepatis da a.hepatica, v.portae, ductus hepatis communis. Jigarning boshqa a’zolardan farqi—uning ichiga ham a., ham v. kiradi, ichida aralashadi va ajoyib venoz to’rni hosil qilib 2tadan 4 ta jigar venalarini hosil qilib chiqib ketadi, v.cava inferior ga quyiladi. Pastdan qaraganda bo’laklari:Lobus dexter,sinister, quadratus et caudate Chegaralari: Katta odamda o’ng pastki nuqtasi - 10-qovurg’aning linea axillaris media b-n kesishgan sohasiga to’g’ri keladi. Yuqori nuqtasi- 4-qovurg’aning linea mamillaris dextra b-n kesishgan sohasiga to’g’ri keladi. Chap nuqtasi- 5-qovurg’aning linea mamillaris sinistra b-n kesishgan sohasiga to’g’ri keladi. Bu nuqtalarni birlashtirsak, uchburchak shakl kelib chiqadi. Normal holatda jigarning margo inferior i qovurg’a ravog’idan tashqariga chiqmaydi. Fiksatsiya apparati:1.Boylamlari-lig.coronarium, lig.triangulare dextra et sinistra, lig.falciformis . 2.Qon tomirlar-v.cava inferior, 3 ta(4ta) v.hepatica3.kichik charvi . 4.Jigarning diafragmal yuzasi va diafragma orasida tortish kuchlari mavjud.5.Qorin bo’shlig’idagi bosim.O’pkaning 4 kg og’irligi b-n tortish kuchi mavjud. Jigar mezoperitoneal a’zo(orqa tomoni o’ralmagan).Qorin parda jigardan qo’shni organlarga boylamlar hosil qilib o’tadi: lig.hepatoduodenale, hepatogastricum, hepatorenale. Jigar segmentlari 8ta (fransiyalik anatom Klot Kvino klassifikatsiyasi).Operatsiyalar mana shu segmentlar bo’yicha olib boriladi.S.I- Segmentum posterius seu caudatusS.II- S.posterior laterale sinistrumS.III- S.anterior laterale sinistrum S.IV- S.mediale sinistrumS.V- S.anterior mediale dextrumS.VI- S.anterior laterale dextrumS.VII- S.posterior laterale dextrumS,VIII- S.posterior mediale dextrum Jigar sektorlari:1.Sector dorsalis sinister(I)2.S.lateralis sinister(II)3.S.paramedianum sinister(III,IV) .Bu 3 ta sector chap bo’lakda, qolgan 2 tasi esa o’ngda. 4.S.paramedianum dexter(V,VIII)5.S.lateralis dexter(VI,VII)
O’t yo’llari:Ductuli biliferiductus interlobularisductus hepatis dexter et sinisterductus hepaticus communis+ductus cysticusductus choledochus (lig.hepatoduodenale tarkibida ) QBT: a.hepatica propriaIn: pl.hepaticus(tr.sympaticus,n.vagus) Limra tugunlari:nodi lymphatici hepatici,phrenici superior et inferior,lumbales dextra,celiaci, gastrici, pulorici, pancreatoduodenalis, annulus lymphaticus cardiae, parasternales Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling