1. Suyuqlik solingan silindrik menzurkaga tashlangan yaxlit kub suyuqlik ichida muallaq turib qoldi. Agar
Download 184.91 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5213048252378645352
DINAMIKA 1. Suyuqlik solingan silindrik menzurkaga tashlangan yaxlit kub suyuqlik ichida muallaq turib qoldi. Agar kub massasi 64 g ga teng bo‘lsa, menzurkadagi suyuqlik zichligini aniqlang (kg/m 3 ). A) 2000. B) 2. C) 1000. D) 1. 2. Sig‘imi 5 l bo‘lgan idishga 4 l suv (1 g/cm 3 ) solingan. Agar idishga hajmi 3 dm 3 bo‘lgan jism (500 g/cm 3 ) solinsa, idishdan necha dm 3 suv to‘kiladi? A) suv to‘kilmaydi. B) 1,5. C) 2. D) 0,5. 3. Rasmdagi parallepiped shaklidagi brusokning a qirrasi uzunligini (cm) aniqlang. Brusok massasi 162 g, zichligi esa 0,5 g/cm 3 ga teng.
A) 4. B) 3. C) 2. D) 10. 4. Rasmdagi brusokka ta’sir qiluvchi F 1 , F
2 va F
3 kuchlar o‘zaro muvozanatlashgan. Agarda F 3 kuch
ta’sir qilmay qo‘ysa, brusok 2 m/s 2 tezlanish oladi. Brusok massasini aniqlang (kg). Og‘irlik kuchini hisobga olmang. A) 5. B) 2. C) 3. D) 4. 5. Jism gorizontal tekislikda harakatlanmoqda. Unga ta’sir qiluvchi kuch 30 N bo‘lib, gorizontga nisbatan 60 0 burchak ostida yo‘nalgan. Agar jism massasi 20 kg bo‘lsa, uning tezlanishini toping (m/s 2 ).
6. Jism 10 N kuch ta’sirida tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan tarzda 5 sekund harakatlandi. Jism massasi 5 kg ga teng bo‘lsa, uning bosib o‘tgan yo‘lini toping (m). A) 10. B) 25. C) 20. D) 30. 7. Yer sun’iy yo‘ldoshining tezligi birinchi kosmik tezlikdan katta, ammo ikkinchi kosmik tezlikdan kichik bo‘lsa, u Yer atrofida qanday trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi? A) aylana. B) parabola. C) ellips. D) giperbola. 8. Qavariq ko‘prikda harakatlanayotgan avtomobilga 5000 N markazga intilma kuch ta’sir qiladi. Agar bu paytda avtomobil ko‘prikka 8000 N kuch bilan bossa, avtomobil massasi necha tonnaga teng? A) 1,3. B) 1,2. C) 1. D) 1,8. 9. Massalari 6,8 kg dan bo‘lgan yaxlit va g‘ovak sharlar ma’lum masofada o‘zaro gravitasion ta’sirlashmoqda (a-rasm). Agar g‘ovak shar 1 l simob bilan to‘liq to‘ldirilsa (b-rasm), sharlarning o‘zaro gravitasion ta’siri qanday o‘zgaradi? ρ sim =13600 kg/m 3 . A) 2 marta kamayadi. B) 2 marta ortadi. C) 3 marta kamayadi. D) 3 marta ortadi. 10. Uzunligi 10 cm bo‘lgan prujinaga 100 g yuk mahkamlangan. Prujina ikkinchi uchidan ushlab gorizontal tekislikda 2 rad/s burchak tezlikda aylantirilmoqda. Prujina absolyut cho‘zilishini aniqlang (mm). Prujina bikrligi 8,4 N/m. A) 2. B) 3. C) 4. D) 5. 11. Diametri 0,8 mm bo‘lgan simning uzunligi 3,14 m ga teng. 64 N kuch ta’siri ostida sim 2 mm uzaydi. Simning Yung modulini toping (GPa). A) 300. B) 150. C) 100. D) 200. 12. Cho‘zib, uzunligi ikki marta oshirilgan prujinaning nisbiy deformatsiya kattaligini aniqlang. A) 1. B) 0,5. C) 0,6. D) 0,2. 13. Rasmdagidek o‘zaro bog‘langan ikkita brusok gorizontal tekislikda F=18 N kuch bilan tortilmoqda. Agar m 1
2 =2 kg bo‘lsa, brusoklarning tezlanishi (m/s 2 ) va ularni bog‘lab turuvchi ipning taranglik kuchini toping (N). Brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,1 ga teng. A) 5; 12. B) 12; 5. C) 5; 7. D) 6; 7. 14. Avtomobil qanday tortish kuchi ta’sirida tezligi 75 m yo‘lda 18 km/h dan 36 km/h gacha oshadi (N)? Avtomobil massasi 1 t, ishqalanish koeffitsiyenti 0,01 ga teng. A) 400. B) 700. C) 600. D) 500. 1 0,5 @FizikaLife 15. Qiyaligi 0,6 ga teng bo‘lgan qiya tekislikda 1 kg massali jismni ushlab turishda kerak bo‘ladigan kuchning qiymatlari [F min
; F max
] oralig‘ini toping (N). µ=0,5. A) [0; 10]. B) [2; 10]. C) [6; 4]. D) [2; 8]. 16. Asosining radiusi va balandligi 3 cm bo‘lgan konus shaklidagi jism suvga to‘liq botirildi. Konusga ta’sir qiluvchi arximed kuchini toping (mN). A) 100π. B) 50π. C) 30π. D) 90π. 17. Suvga limmo-lim to‘ldirilgan idishga 800 kg/m 3 zichlikli jism tashlansa, qanday hajmli suv idishdan to‘kiladi (m 3 )? Jismning hajmi 2 m 3 ga teng.
A) 1,2. B) 2. C) 1,4. D) 1,6. 18. Probirka suvli menzurkaga tushirilganda undagi suv sathi 100 cm 3 bo‘limdan 150 cm 3 bo‘limga ko‘tarildi. Probirka og‘irligini toping (g). A) 20. B) 10. C) 15. D) 50. 19. 25 ta qarag‘ay xodasidan yasalgan sol suvda og‘irligi qanday bo‘lgan yukni ko‘tarib tura oladi (t)? Har bir xodaning o‘rtacha hajmi 0,8 m 3 , zichligi esa 650 kg/m 3 . Suvning zichligi 1000 kg/m 3 . A) 7. B) 6. C) 5. D) 8. 20. Massasi 1 mg bo‘lgan yomg‘ir tomchisi havoda pastga tekis tushmoqda. Agar havoning qarshilik koeffitsiyenti 10 − 7 kg/m bo‘lsa, tomchining tezligini toping (m/s). Havoning qarshilik kuchi tezlik kvadratiga to‘g‘ri proportsional deb hisoblang. A) 11. B) 9. C) 8. D) 10. 21. Massasi 200 g bo‘lgan magnit vertikal po‘lat devorga 2 N kuch bilan yopishib turibdi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo‘lsa, magnitni devor bo‘ylab yuqoriga tekis harakatlantirish uchun qanday kuch kerak bo‘ladi (N)? A) 2,4. B) 2,2. C) 2,6. D) 2. 22. Kosmik vaznsizlikda muallaq turgan aylana kosmik stansiyada sun’iy gravitasiya hosil qilish uchun uning digatellari ishga tushib stansiya o‘z o‘qi atrofida bir tekisda aylana boshladi. Stansiya radiusi 40 m bo‘lsa, stansiyada yerdagidek gravitasiya yuzaga kelishi uchun u o‘z o‘qi atrofida qanday burchak tezlikda aylanishi kerak (rad/s)? Yerda erkin tushish tezlanishi 10 N/kg. A) 1. B) 2. C) 0,5. D) 0,2. 23. Uzunligi l=60 cm bo‘lgan ipga osilgan yuk tekis harakatlanib, gorizontal tekislikda aylana chizadi. Yuk harakatlanayotgan vaqtda (aylanayotganda) ip vertikal bilan 60 0 li o‘zgarmas burchak tashkil qilsa, yuk qanday tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘ladi (m/s)? A) 4. B) 5. C) 3. D) 6. 24. Qo‘zg‘almas blokka bir xil m massali 3 ta yukchalar rasmdagidek ip orqali blokka osildi va erkin qo‘yildi. Yukchalarning harakati davomida o‘ng tarafdagi ikkita yukcha orasidagi ipning taranglik kuchini toping. g-erkin tushish tezlanishi. A) 3mg/2. B) 2mg/3. C) mg/3. D) mg. 25. Tekis harakatda bo‘lgan gorizontal arava keskin tormoz berib, -2 m/s 2 tezlanishga ega bo‘ldi. Bu paytda arava ustidagi 1 kg massali g‘isht aravadan sirpanib tushgan bo‘lsa, g‘isht va arava orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. A) 0,2. B) 0,1. C) 0,3. D) 0,4. 26. Massasi 2 kg bo‘lgan jism 2 m radiusli aylana bo‘ylab 1 m/s tezlikda tekis aylanmoqda. Jismga ta’sir qiluvchi markazga intilma kuchni toping (N). A) 4. B) 3. C) 2. D) 1. 27. Dinamometrga 5 kg massali yuk osilgan. Agar dinamometr yuk bilan birgalikda yuqoriga sekinlanuvchan harakatlantirilsa, dinamometr ko‘rsatishi qanday bo‘ladi (N)? Tezlanish moduli 2 m/s 2
28. Balandligi 4 m va uzunligi 5 m bo‘lgan qiya tekislik asosida turgan jismga yuqoriga qarata turki bilan tezlik berildi. Agar ishqalanish kuchini hisobga olmasak, jismning tezlanishini toping (m/s 2 ).
29. 2 kg massali jism yuqoriga vertikal otilganda 20 m/s 2 tezlanish bilan harakatlanadi. Havo tomonidan jismga ta’sir qiluvchi qarshilik kuchini toping (N). A) 25. B) 10. C) 15. D) 20. 30. Raketa gorizontal yo‘nalishda √44 m/s
2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Raketa ichidagi 10 kg massali jismning og‘irligi (N) va yuklanishi qanday bo‘ladi? A) 90; 9. B) 120; 1,2. C) 160; 1,6. D) 100; 1. Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur. ”XORAZM ILM ZIYO” NTM dan maxsus. 2 @FizikaLife . 3 Javoblar: 1. A 2. D 3. B 4. A 5. A 6. B 7. C 8. A 9. D 10. D 11. D 12. A 13. A 14. C 15. B 16. D 17. D 18. D 19. A 20. D 21. A 22. C 23. C 24. B 25. A 26. D 27. A 28. B 29. D 30. B @FizikaLife Download 184.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling