1. Svetafor turlari. Svetoforlarning vazifalari


Yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkadagi o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi


Download 0.94 Mb.
bet8/11
Sana19.01.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1102084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta minlashda ishlatiladigan sve

20. Yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkadagi o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi:
– bitta yashil chiroq - «Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postigacha) bo’sh» (rasm 2.20);
– bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqalanadi» (rasm 2.21).





Rasm 2.20

Rasm 2.21

 21. Uch belgili signalizasiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, asosiy yo’lda, talab yetiluvchi tormoz yo’lidan qisqa blok-uchastkani chegaralovchi svetoforda (kirish, marshrut, chiqish yoki o’tish), ikkita vertikal holdagi nayza shaklidagi oq rangli yorug’lik ko’rsatkichi o’rnatiladi (rasm 2.16), unga ogohlantiruvchi bo’lgan svetoforda yesa - shunday ko’rsatkich bitta nayza shaklida bo’ladi (rasm 2.15).



SIGNALLAR
1. Signallar harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, poyezdlar harakati va manyovr ishlarini sifatli tashkil qilish uchun xizmat qiladi.
Qabul qilinishi uslubiga ko’ra signallar ko’rinadigan va ovozli signallarga bo’linadi.

KO’RINADIGAN SIGNALLAR


2. Ko’rinadigan signallar rangi, tuzilishi, joylashishi va signallar ko’rinish soni bilan namoyon bo’ladi. Svetoforlar, disklar, shitlar, fonarlar, bayroqlar, signal ko’rsatkich va signal belgilari - ko’rinuvchi signallarni uzatuvchi signal asboblari bo’lib xizmat qiladi.
Ko’rinadigan signallar foydalaniladigan vaqtiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
kunduzgi, sutkaning yorug’ vaqtida uzatiladigan signallar; disklar, shitlar, bayroqchalar, (strelka, yo’l to’sish, tashlash qurilmalari va gidravlik kolonkalarning) signal ko’rsatkichlari bunday signallarni uzatish uchun xizmat qiladi;
tunggi, sutkaning qorong’i vaqtida uzatiladigan signallar; qo’l va poyezd fonarlarida, dastalardagi fonarlarda va signal ko’rsatkichlaridagi belgilangan rangdagi chiroqlar bunday signallar bo’lib xizmat qiladi.
Tunggi signallar tuman, qor bo’roni va boshqa noqulay sharoitlarda kunduzgi to’xtash signallarining ko’rinishi - 1000 m dan, tezlikni kamaytirish signali – 400 m dan, manyovr signallariniki – 200 m dan kam bo’lgan holatlarda kunduzi ham qo’llaniladi;
kunu–tunggi, kuning yorug’ va tungi davrida bir xilda uzatiladigan signallar; svetoforlarning belgilangan ranglardagi chiroqlari, marshrut va boshqa yorug’lik ko’rsatkichlari, tezlik kamaytirishning doimiy disklari, sariq rangli kvadrat shitlar (orqa tomoni yashil rangda), yuk poyezdi oxirini belgilovchi nur qaytargichli qizil disklar, signal ko’rsatkichlari va belgilari shunday signallar bo’lib xizmat qiladi.
Tonellarda faqat tunggi yoki kunu–tunggi signallar qo’llaniladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling