1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari
iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo`lgan xilma-xil boylik va
Download 438.39 Kb. Pdf ko'rish
|
BT 3-semenar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`ngilxushlik g`oyasi
- «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi
iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo`lgan xilma-xil boylik va
kechinmaga ega bo`lishni taqozo qiladi, negaki tug`ilgandan to o`lgungacha uning individual hayoti shunday o`tsin». Madaniyatdagi biosferik konsepsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o`zlarining madaniyat tasnifini tuzib, unda ta’kidlashlaricha insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli xil biogelik ko`rinishlari mavjud bo`lgan, keyinchalik sun’iy ravishda «tabiat ustidan xukumronlik qilish» shioriga tayangan xolda texnogenik madaniyat yaratildi zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi noogenik madaniyatga o`tadi. Ekologik madaniyat xozirgi zamon sivilizatsiyasining axamiyatga molik belgilaridan biriga aylanib bormoqda 1980 yillardan e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologiyalashmoqada. Dastlabki paytlarda ekologiya xayvonot va o`simlik dunyosining atrof muxit bilan bog`liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo`lsa, so`ngiroq bir butun tarzda yerning ekotizmi, biotsenezi, biosferani o`rgana boshladi. 1970 yillardan ekologiya jamiyat xayotidagi jarayonlarni o`rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan uni o`rab turgan tabiiy iqlimiy, sotsial- madaniy muxitning aloqadorligi muammolarini o`rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va sotsial muxiti inson uning genofondi, odamni bugungi olamga moslashish jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog`i «inson ekologiyasi» vujudga keldi. Tabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o`zaro ta’sir aloqadorligini optimallashuvini ekologik madaniyatni boshlanishi» deb xisoblash mumkin. Bu insoniyat tomonidan tabiiy va sun’iy ikki tizimning teng xuquqligini tan olishi demakdir. Ayniqsa bu qishloq xo`jalik soxasi uchun o`ta axamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon qishloq xo`jaligi uchun maxsuldorlik va tovar ishlab chiqarish xajmi asosiy strategik maqsad emas, gap ekologiya qonuniyatlariga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muxitni asrashdan iborat. Sanoat ishlab chiqarish uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga tejamkorlik asosida yondoshish imkoniyatini beruvchi texnika va texnologiyani yaratishdangina iborat bo`lmay ayni paytda, insonning mavjudligi va yashash muxiti-biosferani asrash, qayta tiklashdan iboratdir. “Ommaviy madaniyat”ning eng xunuk illatlari, olg`a surgan g`arazli g`oyalaridan biri bu, ko`ngilxushlik g`oyasidir. Ko`ngilxushlik g`oyasi deganda, insonning turmush tashvishlaridan bir oz bo`lsa-da chalg`ish, o`zining bush vaqtini mazmunli o`tkazishni tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog`lom ma’naviyatli insonlar o`z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o`zi va boshqalarga foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug`ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg`ulotlar bilan o`zining bo`sh vaqtini fayzli, o`z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat qiladilar. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi tamomila boshqa, insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga qaratilgan, aqlsiz ko`ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o`ziga xos xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg`unchi kuchlar tamonidan og`iz ko`pirtirib jar solinayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ`ib qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g`arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar yoqasiga etaklab kelgan ko`ngilxushlik g`oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo`lib turibdi. Tomas Vul’fning « Manmanlik o`ti » romanida yosh moliyachi « shahvoniy hirslarga cho`kib ketgan » N’yu – York farzandi bo`lganligi uchun ham xotini va qizining hayotiga zomin bo`ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, bugun Britaniya bolalarining 3-4 foizi nikohsiz tug`ilmoqda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda. AQShda qamalganlarning yarmidan ko`pi buzilgan oilalar farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana kungilxushlik g`oyasi bergan mevalar. “ Ommaviy madaniyat “ ning ko`ngilxushlik g`oyasi insonni ma’naviy tubanlik sari etaklaydi. G`arbda uning makoni sershovqin musiqalari, turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o`ziga ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko`payib bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda tashkil etilgandir. Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona suti og`zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko`ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o`tamokda. G`arbda tungi barlarlarda sang`ish aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi. Yu. Xabermas kabi sog`lom fikrli odamlar fikricha: «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi Download 438.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling