1. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida ma`lumot bering


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va o‘ziga xosligi


Download 78.51 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2020
Hajmi78.51 Kb.
#167868
1   2   3
Bog'liq
8-bilet




2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va o‘ziga xosligi 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilim­larni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.

Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi.

Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.

Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha §L'i'uhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi.



Mashg'ulotga tayyorlanish. Mashg'ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir. Tarbiyachi mashg'ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo'yicha tabiatshunoslik bilimlarini to'ldirishi, so'ng mashg'ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim.

Bunda tarbiyachi «Uchinchi ming yillikning bolasi» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg'ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o'rni (mashg'ulotda boshlang'ich bilimlarni shakllantirish jarayoni sodir bo'lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo'llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o'rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo'llaydi.

Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, bir-birini to'ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to'g'ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.



Mashg'ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g'amxo'rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo'llanadi.

Mashg'ulotga tayyorlanish hamda uni o'tkazishda uning tuzilishini to'g'ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta'limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog'liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko'rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o'simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma'qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg'ulotlarida kuzatish, o'yin metodlaridan foydalaniladi. Og'zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalaniladi.

Tanlangan metod dastur vazifasining to'liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta'minlashi lozim.

Mashg'ulotlarda qo'llaniladigan o'qitish metodlarining xilmaxilligi tarbiyachidan puxta sharoit yaratishni talab qiladi: hayvon­lar, xonaki o'simliklar, rasmlarni ko'rish uchun bolalar yarim doira qilib o'tqaziladi. Bu bolalarning mashg'ulotda faol ishtirol etishlariga imkon beradi. Agar mashg'ulotda tarqatma material lardan foydalanilsa, ya'ni har bir bolaning qo'lida kuzatish obyekl bo'lsa, bolalarning o'z stollari atrofida o'tirganlari ma'qul. Ba'zai guruh xonasida mehnat malakalarini tarbiyalashga bag'ishlangai mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bunday holatda bolalarni to'rtburcha shaklida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunda bolala tarbiyachi ko'rsatadigan ish usullarini yaxshiroq ko'rishga eg; bo'ladilar.

Tarbiyachi mashg'ulot o'tkazishdan oldin bir qancha ko'r gazmali qurollar, yani jonli va jonsiz tabiat jismlari (gerbariylai yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari, mayda hayvoi va boshqalar)ni tayyorlab qo'yadi. Chunki ko'rgazmali quro bolalarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a'zolari bilai qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya'ni ular narsani ko'ribgin qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko'rish, bolg'ach bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilai qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar.



Mashg'ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:

Mashg'ulot so'ngida tarbiyachi bolalarning malaka va ko'nik malarini, ularning mashg'ulotga munosabatlarini, qiziqishlarin pedagogik jihatdan baholaydi. Baholarning differensiyalashuv bolalarning yoshiga bog'liq bo'ladi.

Ekskursiya

Ma'lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyach xilmaxil: og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni qo'llaydi U o'simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namo yish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg'ulotlarda ko'rsatib bo'lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg'ulotlarni to'ldiruvchi maxsus shakllar qo'llaniladi.



Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg'ulotlar turidan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko'rgazmali metodiga kiradi. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o'zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to'plashga imkon beradi.

Ekskursiya mashg'ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o'simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko'rish, hamda tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tarbiyachi rahbarligida o'rmon, dala, daryo va ko'l qirg'oqlariga'uyushtirilgan ekskursiya bolalarning diqqatini jalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlarga xilmaxil material to'plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o'rganishga qiziqish o'sadi. Ular narsa­larni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar.

Tabiatning go'zalligi bolalarda estetik hissiyotlarning o'sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish shakllanadi.

Ekskursiyalar mazmuniga ko'ra shartli tarzda ikki turga bo'linadi: tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya — bog', o'rmon, daryo, o'tloq, shuningdek, hayvonot bog'i, botanika bog'iga (bular turli mavsumda o'tkaziladi) ekskursiyalar hamda qishloq xo'jalik ekskursiyasi — dala, parrandachilik fabrikasi, bog', ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish maqsadida uyush­tiriladigan ekskursiyalar.

Ekskursiya mashg'ulot turi sifatida o'rta, katta hamda tayyorlov guruhlarida o'tkaziladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo'lgan dastur mazmuni belgilanadi.

Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi. Tarbiyachi ekskursiyani rejalashtirar ekan, ekskursiya mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o'rnini, unga boriladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ulardiqqatini asosiy maqsaddan chalg'itmaydigan) yo'lni belgilaydi. Ekskursiya o'rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin), shuningdek mavsumni, yo'lning xu­susiyatlarini, obhavo holatini hisobga olish zarur.

Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo'lmasin, u birikki kun oldin o'sha joyni ko'rib chiqishi lozim. Boiajak ekskursiya joyida bo'lgan tarbiyachi marshrutni aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlari mumkin bo'lgan joyni belgilaydi.

Ekskursiyani o'tkazishdan oldin tarbiyachi uni o'tkazish usullarini atroflicha o'ylab ko'radi va ekskursiya qiziqarli o'tishi uchun oldindan she'r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan foydalanadi.

Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg'ulotga qiziqish uyg'otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat o'tkazadi, ya'ni ekskursiya vazifalarini qo'yadi, topshiriq va vazifalami taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulqatvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjomaslaha va jihozlarni tayyorlaydi.

Tabiatshunoslik ekskursiyasi. Tabiatshunoslik ekskursiyasi kirish suhbati, kollektiv bo'lib kuzatish, bolalarning individual mustaqil kuzatishlari, tabiatga oid materiallarni to'plash, bolalar­ning dam olish vaqtida to'plagan materiallar bilan o'ynashi va yakuniy qismlarni o'z ichiga oladi. Bolalarni ekskursiya o'tkaziladigan joyga olib kelgandan so'ng tarbiyachi qisqa suhbatda ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini eslatadi. Shundan so'ng ular tabiatdagi narsa va hodisalarni kuzatishga o'tadilar.

Ekskursiyaning asosiy qismi — kollektiv kuzatishdir. Bunda mashg'ulotning asosiy qismi hal qilinadi. Tarbiyachi bolalarga narsa va hodisalarning xarakterli xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. Bunga turli usullar (savol va topshiriqlar, she'rlar, tadqiqotchilik harakatlari, o'yin usullari)ni qo'llash orqali erishiladi. Tarbiyachi kuzatishlarni o'z hikoyasi hamda tushuntirishlari bilan toidiradi.

Kuzatishda asosiy e'tibor jism va hodisalarni yaxshilab ko'rishga, ularni qiyoslashga, tabiat hodisalari o'rtasidagi aloqa larni aniqlashga yordam beradigan savol va topshiriqlarga qaratiladi.



Kuzatish jarayonida hikoya, she'r va topishmoqlarni qo'llash foydalidir. Ekskursiya jarayonida tarbiyachi bolalarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bunda og'zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish) ko'rgazmali va amaliy metodlardan foydalanadi.

Ekskursiyaning asosiy qismi tugagach, bolalarning individual mustaqil kuzatishlarga qiziqishlarini qondirish va tabiatshunoslikka oid materiallarni to'plash uchun imkoniyat berish zarur. Biroq material to'plash uchun topshiriq berishda, to'plangan material miqdorini qat'iy cheklash lozim, bu bolalar e'tiborini faqat ma'lum o'simlik va hayvonlarga qaratish va bundan tashqari tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni tarbiyalash uchun ham kerakdir.

Bolalar mustaqil ishlayotgan vaqtda, tarbiyachi ham yordam berib turishi lozim. Ba'zan o'simlikni qanday kavlab olishni, quruq novdani qanday qirqishni va shu kabilarni ko'rsatib turishi kerak.

Dam olish vaqtida to'plangan materiallar saralanadi, jildlarga, savatchalarga joylanadi, ba'zilaridan o'yin va mashqlarda foydalaniladi.

Qishloq xo'jalik ekskursiyasi. Qishloq xo'jalik ekskursiyalari xilmaxildir: dala (yer haydash, ekish, hosil to'plash), o'tloq (mol boqish, hashak o'rish) bog', ekinzor, mevazor, ferma, botanika bog'i, issiqxona, parrandachilik fermasi va shu kabilarga ekskursiyalardir. Ekskursiya insonning tabiatga ta'sirini, ya'ni o'simliklarni o'stirishni va hayvonlarni boqishni ko'rgazmali tarzda ko'rsatish imkonini beradi. Bu yerda bolalar asosiy mehnat jarayonlarining bir nechtasi bilan tanishadilar.

Ekskursiyalarning o'ziga xosligi shundaki, bola inson faoliyatini ham, u ta'sir etayotgan tabiatni ham kuzatishi mumkin.

Qishloq xo'jalik obyektiga uyushtiriladigan ekskursiya suhbat bilan boshlanadi. Qishloq xo'jalik ekskursiyalariga tayyorlanishda tarbiyachi kuzatish obyekti bilan oldin o'zi tanishadi, ekskursiya o'tkazish uchun ruxsat oladi, ekskursiya vaqti, bolalarning mehnatda qatnashishlari haqida kelishib oladi va bolalarning ma'lum ishda band bo'lgan kattalar bilan bo'ladigan suhbatining mazmunini belgilaydi. Ekskursiya yakunida mazkur obyekt ishi haqidagi taassurotlar umumlashtiriladi.

Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlar mashg'ulotlarda, o'yinlarda, tabiat burchagida o'tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya vakunida to'plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o'simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o'simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Ekskursiyadan 23 kun o'tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o'yinlar, mashg'ulotlar o'tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o'qiladi, boialarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Mashg'ulot yakunida umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi.

Tabiatshunoslik ekskursiyalari ma'lum tizimga muvofiq o'tkaziladi. Ularni tabiatda bo'ladigan mavsumiy o'zgarishlarga qarab ayni bir obyektning o'ziga yilning turli fasllarida uyushtirish maqsadga muvofiqdir.

Masalan, bahor mavsumida maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan vazifalarni astasekin murakkablashtirgan holda istirohat bog'iga 3 marta ekskursiya uyushtirish lozim.

Bu ekskursiyadan maqsad — bolalarni bahorgi o'zgarishlar bilan tanishtirish, ularni ko'rish hamda tabiatda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning sababini tushunish ko'nikmalarini o'stirishdir.



Qishloq xo'jalik ekskursiyalarini kattalar mehnatining ayrim turlari bilan tanishtirish maqsadida epizodik tarzda o'tkazish lozim.

Ekskursiyani uyushtirish guruhdagi mashg'ulotni uyushtirishga qaraganda qiyinroqdir, shuning uchun uning muvaffaqiyatli o'tishi tarbiyachi va boialarning puxta tayyorlanishlariga bog'liq bo'ladi.



3.Kichik guruhda tabiat bilan tanishtirishga oid o‘yinlarini tashkil etishning mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish 
Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‘lishi o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunga har bir yosh gruhning ish sharoiti hisobga olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Harakatli o‘yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi.

Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi…) bajaradilar.

3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).



O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin.

Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish.Uning mazmuni va qoidalarini tushuntirishi tarbiyachidan puxta tayyorgarligini talab etadi. Ayrim o‘yinlarning mazmuni oldindan bo‘ladigan suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish mumkin. Ularning tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan munosabat tarkib topadi, asosiy xayol o‘sadi.

O‘yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin, biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qizig‘arli, bolalarni quvnoq o‘yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq boshlash istagina tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.

Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo‘lishi lozim. Tarbiyachi o‘yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining joylashish o‘rni (kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta guruhlarda esa mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.

O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o‘tadi.

Musobaqa elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni tushuntirayotib qoidalarni, o‘yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi, bolalarni topshiriqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy komoloti va yakka o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng guruhlar – komandalarni birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo‘shib qo‘yadi.

Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish uchun komanda sardorlari, hakam va uning yordamchilarini saylash mumkin.



Mazmunli o‘yinlarni tushuntirish. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik gruhlarda o‘yinchoq va hikoyadan foydalanishi mumkin.

O‘rta guruhlarda – tanish o‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib o‘tish bilan cheklanishi kifoya.

Katta guruhlarda o‘yin mazmuni eslashni bolalarning o‘zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri o‘yin harakatlarining borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‘zlari tarbiyachining yordamisiz o‘yinni tashkil eta boshlaydilar.

O‘yinda rollarni taqsimlash.Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag‘batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo‘lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o‘ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo‘rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand qilgan holda o‘yinga o‘zi kirishib o‘z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi.

Shuningdek boshlovchi saylashni bolalarni o‘ziga xavola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini so‘rashi mumkin.

Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‘zi bajaradi. O‘yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o‘zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o‘yinni qayta o‘tkazishdan oldin gapiradi.

O‘yinni yakunlash. Harakatli o‘yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga k o‘ra bir xil bo‘lgan kam harakatli o‘yin bilan almashtirish ham mumkin.

O‘yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o‘tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini kuyinib ko‘rsatib o‘tadi.

Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o‘yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‘yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o‘yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, o‘yin harakatlarini o‘zgartirgan holda o‘ylab topish, keyinchalik yangi o‘zi o‘ylab o‘yin topish kabi topshiriљlar beradi.

Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik gruh bolalari bilan o‘yin tashkil etishini taklif etadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.

Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o‘ziga xos vosita hisoblanadi.

Harakatli o‘yinlardagi qoidalar o‘yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini yo‘lga soladi, axloqiyirodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Har bir bolaning o‘yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir. O‘yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish, qat’iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.

Bola o‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda o‘zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini o‘zi ham juda takomillashadi.

Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini o‘yin qoidasida qat’iy belgilangan yo‘nalishda bajarishi bir tomondan o‘yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko‘rish-motor reaksiyasini (o‘yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o‘z harakatlarini fazo-o‘yin muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi.

Harakatli o‘yinlar bolalarda oddiy vaqt mo‘ljalini shakllantiradi. Ular quyidagilarda ifodalaniladi: o‘yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda avval, so‘ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda kabi o‘yin topshiriqlarini signalga ko‘ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishida ko‘rinadi. Bu o‘yinlarga bolalar fazoda mo‘ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.

O‘yinlar mazmunini, butun o‘yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil tushuntirish, bolalarning joylashish o‘rnini, o‘yin atributlarini va harakat yo‘nalishlarini fazoviy iboralarni ishlatgan xolda ko‘rsatish, o‘tkazilgan o‘yinga baho berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Harakatli o‘yinlar katta yoshidagi bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Bunda bolalar eshitgan ertaklari mazmuni asosida kichik o‘yinlar o‘ylab topishlari mumkin harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra estetik faoliyat hisoblanadi. O‘yin harakatlarining rangbarangligini ularni bolalar aniq chaqqonlik bilan, o‘ziga xos ifodali bajarishlarida ifodalanadi. Harakatli o‘yinlarda musiqani qo‘llash katta estetik ahamiyatga egadir.

Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda harakatlar go‘zalligini va madaniyatini unutmaslik kerak: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazlarni ifodali, muvaffaqiyatli bera olganlarni rag‘batlantirish kerak.

Bu turli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Harakatli o‘yin shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.

O‘yin davomida to‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tezkorlik, chaqqonlik (chalg‘itish, «tuzoq» dan qochish kabi jismoniy fazilatlar namoyon bo‘ladi.

O‘yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujet yoki o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi va bu bolaning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy hislar uyg‘otadi. Bu o‘z navbatida ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘yin qoidalariga rioya qilish, axloqiy fazilatlar (o‘zaro yordam, ongli intizom) ni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin faoliyatida majmua xarakteriga ega turli harakatlar uyg‘unligi (yugurish, sakrash) ko‘riladi.

O‘yinlardan ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish yaxshi natijalarni beradi.

Harakatli o‘yinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.

Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi bolalarning o‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional ko‘tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otada va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o‘zaro mosligida, fazoda va o‘yin sharoitlarida aniq mo‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.

Harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bo‘ri jarlikda» o‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.

Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u boladan signal va o‘yinda to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining o‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» o‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib o‘tadi; o‘zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to‘xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.

Deyarli har bir harakatli o‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday aktiv harakat faoliyati bola qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq qildiradi, shuningdek kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgaruvchan atrof-muhitda mo‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo‘lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.

Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq ovunmachoqlar, ermak o‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo‘lgan (o‘z ichiga bolalarni rom qiluvchi o‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o‘yinlari katta o‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o‘yin folklorini tashkil etadi.


Download 78.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling