1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

HARAKAT VA KUCHLAR 
14. MEXANIK HARAKAT 
Jismning harakatlanayotganligi yoki harakat 
qilmayotganligi haqida fikr yuritish uchun uning vaziyati 
atrofidagi boshqa jismlar vaziyatiga nisbatan 
o’zgarayotganligi yoki o’zgarishsiz qolayotganligiga 
qarash kerak. Agar, masalan, uylar yoki daraxtlarga 
nisbatan avtomobilning vaziyati o’zgarsa, u holda 
avtomobil bu jismlarga nisbatan harakatlanyapti 
deyiladi. Daryodagi suv qirg’oqlarga nisbatan 
harakatlanadi, poyezd temir yo’l polotnosiga nisbatan 
harakatlanadi. 
Jism vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi 
mexanik harakat deyiladi. 
Mexanik harakatning ba’zi ko’rinishlari va qonunlari 
bilan tanishib chiqamiz. 
Poyezdda o’tirgan kishi temir yo’l polotnosiga nisbatan 



harakatlanadi, lekin poyezd vagoniga nisbatan tinch 
bo’ladi. Shuning uchun jismning harakati to’g’risida 
gapirilganda bu harakat qaysi jismlarga nisbatan 
bo’layotgani albatta ko’rsatiladi. 
Yerga nisbatan odamning, avtomobilning, samolyotning, 
raketaning, qayiqning harakati, kushlarning uchishi, 
suvning oqishi, havoning harakati (shamol) — bularning 
hammasi mexanik harakatga misol bo’ladi. Alohida 
molekulaning harakati ham mexanik harakatdir. 
Jism bir nuqtadan boshqa nuqtaga ko’chganda biror 
chiziq chizadi. Jism harakatlanganda chizgan chiziq shu 
jismning harakat trayektoriyasi deyiladi. Tungi osmonda 
to’shayotgan meteor ko’zga ko’rina-digan 
trayektoriya—yorug’ iz qoldiradi. 
Gaz molekulasining harakat trayektoriyasi siniq 
chiziqdan iborat. Uning ko’rinishini taxminan rasmda 
ko’rsatilgandek tasvirlash mumkin. 
Trayektoriyaning shakliga qarab harakatni to’g’ri 
chiziqli va egri chiziqli harakatga ajratish mumkin. 
Biror vaqt oralig’ida jism harakatlanadigan trayektoriya 
uzunligi shu vaqt oralig’ida bosib o’tilgan yo’l
deyiladi. 
Quyudagi rasmda tramplindan tushgan
chang’ichining trayektoriyasi punktir chiziq bilan 
ko’rsatilgan. OA trayektoriyaning uzunligi bu 
chang’ichining tepalikdan tushib kelish vaqtida bosib 
o’tgan yo’lidir. 
O’tilgan yo’l — fizik kattalikdir. Uni o’lchash 
mumkin. Bosib o’tilgan yo’lning o’lchov birligi—metr 
(m). 
Shuningdek metrdan 10, 100, 1000 va hokazo marta 
katta; (karrali) yoki kichik (ulushli) birliklar — kilometr 
(km), santimetr (sm) va boshqalar ishlatiladi. 1 km = 
1000 m, 1 dm = 0,1m, 1 sm = 0,01 m, 1 mm = 0,001 m. 
1. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? 2. 
Nima uchun jismning qanday jismlarga nisbatan 
harakatlanayotganini ko’rsatish kerak? 3. Harakat 
trayektoriyasi nima? 4. Bosib o’tilgan yo’l deb nimaga 
aytiladi? 5. Bosib o’tilgan yo’l qanday birliklarda 
o’lchanadi? 
5-mashq 
1.Harakatlanayotgan teploxoddagi yo’lovchi qanday 
jismlarga nisbatan tinch turadi, qanday jismlarga 
nisbatan harakatlanadi? 
2. Nima uchun tumanda qirg’oqlarni ko’rmay turib, 
qayiqning harakat yo’nalishini ko’rsatish mumkin emas? 
3. Soat stryelkasi uchining harakat trayektoriyasi qanday 
chiziq bo’ladi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling