1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati


Download 61 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi61 Kb.
#1646913
1   2   3
Bog'liq
tabiatshunoslikni o\'qitishning didaktik tamoyillari

Tushunarli bo`lish tamoyili o`rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o`qitish metodlari o`quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishini talab etadi. O`qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O`qitishning tushunarliligi o`quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta`lim jarayonining borishida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o`quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O`quv materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o`quvchilar uni o`zlarining oldingi bilimlari bilan bog`lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin.
Uzoq vaqtlar boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o`quv predmeti sifatida o`qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o`qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o`qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o`lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang`ich maktabdagi tabiatshunoslik ta`limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jug`rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan.
Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat`iy qaror topgan qoidalarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta`minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma`lumotlarni tanlab olish kerak. O`quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o`quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to`g`ri aniqlash o`quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o`quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o`quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko`tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o`zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O`quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo`lish bilan uyg`unlashishi kerak. Bunga uni o`quvchilarning akliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida o`qishga qiziqish uyg`otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog`langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham zarur.
O`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg`ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalari va malakalari hosil bo`ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash o`quvchilarni ama­liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o`zlashtirish sifatini ko`taradi. Bu qoida mehnat ta`limi va o`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal
qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O`qitishda nazariya bilan amaliyotning bog`lanish xarakteri o`quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o`quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o`zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o`quvchilarni nazariyani o`zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusida (3-sinf) uni o`rganish bo`yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta`sirini aniqlash uchun urug`lar ekish), keyin esa mavzuni o`rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma`qul bo`ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo`jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G`o`za», «Poliz ekinlari», «G`alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo`yicha amaliy ishlar o`tkazilishi yordam berishi mumkin.
O`quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o`simliklarni ekish va ko`paytirish), shuningdek o`simliklarning suvga, issiqlikka, yorug`likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o`stirish misolida — 2-sinf), gul manzarali o`simliklarining o`sishi va rivojlanishiga organik va mineral o`g`itlarning ta`sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko`chirib o`tqazilishining ta`sirini aniqlash bo`yicha tajribalar (4-sinf) o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan o`quv-tajriba uchastkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog`lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o`quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o`zlashtirib olishga bo`lgan intilishlarini bo`shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob`ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog`i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O`rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg`ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o`quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo`lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko`nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to`ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:






  1. Download 61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling