1. Tabiiy qurilish xom ashyolari haqida umumiy
Download 20.04 Kb.
|
1-mavzu
Mavzu:Tabiiy xom-ashyolarga qo’yiladigan talablar, me’yoriy hujjatlar va qoidalar Reja: 1.Tabiiy qurilish xom ashyolari haqida umumiy tushuncha. 2. Tabiiy qurilish xom ashyolarini qidirish uslubi, bosqichlari 3. Dastlabki va mufassal qidiruv ishlari. Tabiiy qurilish xom ashyolari tarqalgan maydonlarda qidiruv ishlari ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich ishlari dastlabki va ikkinchisi mufassal qidiruv ishlari deb ataladi. Bularning birinchisi injenerlik-geologik qidirishlar bilan bir vaqtda, ikkinchisi esa ish chizmalari bosqichida amalga oshiriladi. Qidiruv ishlari uch bosqichda olib boriladi: dastlabki ishlar, dala ishlari, va kameral ishlar ya’ni, hisobot yozish.
Yig’ilgan ma’lumotlarga asoslanib, dala ishlarining turi, hajmi belgilanadi. Dala ishlarini bajarish. Dala ishlariga geologik s’emka, burg’u quduq qazish, tog’-qazilma ishlari, dala tajriba ishlari, rejim ishlari va laboratoriya ishlari kiradi. Bu ishlarning hajmi qidiruv ishlarining masshtabiga, bosqichiga, maydon geologik sharoitining murakkabligiga bog`liqdir. Dala ishlari ob’ekt qurilishi muljallanayotgan joylarda mavjud bo’lgan tabiiy qurilish xom ashyolari to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib olib boriladi. Tog’li yoki qurilish xom ashyolariga boy bo’lgan joylarda tekshiruv ishlari kichikroq maydonlarda bajarilish mumkin va aksincha, qurilish xom ashyolari kam bo’lsa, kattaroq maydonlarda tekshiruv ishlari olib boriladi. Foydali qazilmaning tarqalish maydonini, nomini, sifatini va zaxirasini aniqlashda shu joylarda mavjud bo’lgan ka’rerlardan, oldin qazilgan shurflar, tabiiy ochilmalar va chuqurliklardan keng foydalaniladi.
Foydali qazilma tarqalgan joylarning chegarasini va foydalanish uchun yaroqli bo’lgan uchastkalarni aniqlash; Foydali qazilma tarqalgan maydon yuzasini va zaxirasini xisoblash; Foydali qazilma xom ashyoning sifatini aniqlash; Foydali qazilmaning joylashish sharoitlarini (yotish chuqurligini, qazilma ustidan olib tashlanadigan foydasiz jinslar qalinligi, foydali qatlamlar yo’nalishini yotishini, qatlamlarning yotish burchagini, qalinligini, yer osti suvlarining chuqurligini va xokazo) belgilash; Foydali qazilma xom ashyolarini qazib olish va manzilga yetkazish usullarini aniqlash. Foydali qazilma joylashgan maydon chegarasining to’g’ri aniqlash ularning zaxirasini xisoblashda muhim rol o’ynaydi. Buning uchun burg’u quduqlari, shurflar qaziladi va oldin qazilgan quduqlarning ma’lumotlari, hamda mavjud konlarda ochilmalar o’rganilib, foydali qazilma qatlami va uni qoplab turgan qatlamlarning qalinligi aniqlanadi. Qidiruv ishlarida qaziladigan burg’u quduqlar va shurflar chuqurligi qazilma qalinligiga qarab aniqlanadi. Ularning soni qazib olinadigan xom- ashyo hajmiga va joy geologik tuzilishining murakkabligiga qarab belgilanadi. Shuningdek, maydonning geologik, geomorfologik va gidrogeologik sharoitlari, oldin qay darajada o’rganilganligi e’tiborga olinadi. Agar bu sharoitlar oldin ancha mukammal o’rganilgan bo’lsa dala ishlarining hajmi kamayadi. Dastlabki qidiruv chog’ida qazilma zaxirasi aniqlanadigan maydon chegarasi oz sonli shurf va quduqlar yordamida hisoblanadi, lekin u aniq ma’lumotlar bera olmaydi. Shuning uchun zaxiralarning aniq chegarasi va miqdori mufassal qidiruv ishlari jarayonida aniqlanadi. Dastlabki qidiruv ishlari natijasida quyidagi ma’lumotlar va natijalar rasmiylashtiriladi: Aniqlangan foydali qazilma koni ko’rsatilgan yirik masshtabli xarita tuziladi; Yo’l trassasi yoki qurilish ob’ektining xarita-sxemasi beriladi; Foydali qazilma konining pasporti yozilib, unda quyidagilar o’z aksini topadi: zaxira xisoblanadigan maydonning joylashish plani va chegarasi ko’rsatiladi; ayrim shurf va burg’u quduqlaridan olingan asosiy ma’lumotlar jadvali tuziladi; xarakterli yo’nalishlar bo’yicha geologik kesmalar va kolonkalar tuziladi; ayrim geometrik shakllar va belgilangan chegaralari bo’yicha xisoblangan zaxira miqdori jadvali beriladi; kar’erdan foydalanish va xom ashyo tashish sharoitlarini belgilovchi omillar jadvali ko’rsatiladi; namunalar sifatini belgilovchi laboratoriya analizlari natijasi jadvali keltiriladi; ko’rilayotgan inshootlarni yoki avtomobil yo’llarini tabiiy qurilish xom ashyolari bilan ta’minlash imkoniyatlarini ifodalovchi hisobot yoziladi. Qurilayotgan inshootlar ko’lami katta bo’lsa va kerak bo’ladigan foydali qazilmalar hajmi 50000 m3 dan oshsa, u vaqtda mufassal qidiruv ishlari bajariladi. Mufassal qidiruv ishlari natijasida foydali qazilma zaxirasi xisoblarda aniqlashtirildi, qo’shimcha geologik va gidrogeologik ma’lumotlar to’planadi hamda materiallar sifati chuqurroq o’rganiladi. Buning uchun shurf va quduqlar soni ko’paytiriladi, ular orasidagi masofa kamaytiriladi (20-30 m), chuqurligi oshiriladi. Quduq va shurflar sonining oshishi foydali qazilma maydon chegarasini aniqroq o’tkazish, foydasiz va foydali qatlamlar qalinligini to’g’riroq aniqlash va xom ashyo zaxirasini juda ham aniq hisoblash imkoniyatini yaratadi. Mufassal qidiruv ishlari natijasida foydali qazilmalar konlarining zaxirasi aniq hisoblanadi. Qurilish xom ashyoli konlari zaxirasi qidiruv ishlarining darajasiga, sifatining o’rganilganligi va qazib chiqarish sharoitlariga karab A, V, S1 va S2 kategoriyalarga bo’linadi.
Konning joylanish chegarasi geologik xaritalar va kesmalar yordamida belgilanadi. Mufassal qidiruv ishlarini bajarishda qurilish xom ashyo sifati yanada chuqurroq o’rganiladi, qo’shimcha olingan namunalarni laboratoriyada sinchiklab tekshirish yo’li bilan xom ashyo sifati to’liq aniqlanadi. Hamma dala ishlari tugallangandan so’ng xuddi dastlabki qidiruv ishlari natijasida tuzilganidek qilib hujjatlar tayyorlanadi. Hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar avvalgi qidiruv ishlari natijalariga nisbatan aniqligi va mukammaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, xar bir foydali qazilma konlari bo’yicha tushuntirish teksti yoziladi. Bu ma’lumotlar tabiiy qurilish xom ashyo konlaridan foydalanish loyixasini tuzishda muhim hujjat hisoblanadi Download 20.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling