1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Download 0.49 Mb.
|
14 21.01.2014
suvni oqizib yuborish — chiqindi suvlarni aholi yashaydigan yoki tashkilotlar hududi tashqarisiga oqova suv, sanoat va maishiy kanalizatsiya yordamida chiqarib tashlashni ta’minlaydigan sanitariya tadbirlari va texnik qurilmalar majmui;
chiqindilarni vaqtinchalik joylashtirish — chiqindilarni tashkilot hududida saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma yoki boshqa hududlarda ishlatishdan oldingi texnologik ketma-ketlik yoki qayta ishlashga, zararsizlantirishga yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish obyektiga jo‘natish; ekologik asoratlar haqida axborot — qurish (rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, kengaytirish) tugallangan obyektni (yoki uning uchastkasini) foydalanishga qabul qilib olingungacha bajariladigan atrof-muhitga ta’sirini baholash va atrof-muhitga ta’sirning ekologik normativlarini belgilash tartibotlarining yakunlovchi bosqichi; ifloslantiruvchi tashlamalar, oqovalar manbalarini, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilishini xatlovdan o‘tkazish — atrof-muhitga tashlanadigan, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilishini va ularning sifat tarkibini aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirish, miqdorini, manbalari parametrlarini aniqlash jarayoni; atrof-muhitni ifloslantirish manbai — ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga tushadigan moddalar yoki moddalar yig‘indisi tufayli paydo bo‘ladigan ifloslantiruvchi antropogen obyekt; kvota — odamga va atrof-muhitga ta’sirini hisobga olgan holda, tashkilot joylashtiriladigan tuman uchun mo‘ljallangan, atmosferaning yer usti qatlamidagi ifloslantiruvchi moddaning yo‘l qo‘yiladigan normasi; chiqindining xavflilik klassi — atrof-muhit obyektiga va odamga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sir darajasi bo‘yicha chiqindi yoki uning komponenti gradatsiyasi; chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatda joylashtirish uchun ruxsat etilgan chiqindilarning cheklangan miqdori; chiqindilarning paydo bo‘lish normasi — asosiy xomashyoning muayyan massasini qayta ishlashda yoki chiqindilarning paydo bo‘lish normativini ta’minlash sharoitlarida tayyor mahsulotni muayyan miqdorda tayyorlashda chiqadigan chiqindi miqdori; Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling