1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Download 39.9 Kb.
|
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoit-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida
Transport sohasida:
transport xarajatlarini qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan yagona kompleks rivojlanish siyosatini shakllantirish, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq “yashil” transportni rivojlantirish; Yevro-4 va undan yuqori standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yaxshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytirish; yaxshilangan tavsifga ega motor yonilg‘ilarini ishlab chiqarish; avtotransport parkini yangilashda davom etish, eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va yangi, yanada ekologik avtomobillarni sotib olishni rag‘batlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish; jamoat transportining samarali tizimlarini yaratish va takomillashtirish (yaxshilangan tavsifga ega jamoat transporti ulushini oshirish); yangi transport-logistika tizimlarini yaratish va rivojlantirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish; foydalanilayotgan transport vositalarining ekologik holati ustidan davlat nazoratini kuchaytirish. 10. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida: qurilish materiallari ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslar va sanoat tarmoqlari (energetika, metallurgiya, kimyo sanoati)ning yirik tonnajli texnogen chiqindilaridan foydalanish hajmlarini oshirish; quyidagi qurilish materiallari: sement, g‘isht, ohak, avtoklav usulidan foydalangan holda gazobetondan tayyorlangan buyumlar ishlab chiqarish, issiq saqlovchi materiallar, tom yopish materiallari, yog‘och-qirindili plitalarni ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion energiya samarador texnologiyalarni joriy etish; issiqlikni utilizatsiya qilish texnologiyalari hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi texnologik jarayonlarni qo‘llagan holda sement ishlab chiqarishning rivojlangan texnologiyalarini (quruq usul) joriy etish. § 3. Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash 11. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling