1. Tadqiqotning tuzilishi va asosiy mazmuni bilan tanishish. Rasmiylashtirishga nisbatan asosiy talablarni aniqlash
Download 23.03 Kb.
|
Амалий машғулот ишланмаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tadqiqotning tuzilishi va asosiy mazmuni bilan tanishish
- 2.Rasmiylashtirishga nisbatan asosiy talablarni aniqlash
- 4-topshiriq: Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish bilan tanishish.
12-amaliy mashg’ulot Mavzu. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini rasmiylashtirish Reja: 1.Tadqiqotning tuzilishi va asosiy mazmuni bilan tanishish.2.Rasmiylashtirishga nisbatan asosiy talablarni aniqlash.3.Dissertasiyani himoya qilish talablari bilan tanishish.1.Tadqiqotning tuzilishi va asosiy mazmuni bilan tanishish1-topshiriq: Magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirishning asosiy qoidalari bilan tanishish: Magistrlik dissertasiyasiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri- bu uning to’g’ri rasmiylashtirilishi bo’lib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi. Magistrlik dissertasiyasi o’zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin. Magistrlik dissertasiyasini ng umumiy hajmi kompyuterda 1,5 interval bilan terilgan, oq qog’ozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha (kamida 10000 so’z) bo’lishi kerak. Tadqiqot ishi matni hoshiyalari o’lchamlari: yuqorisi - 20 mm, pastkisi - 20 mm, o’ng - 10 mm, chap - 25 mm. Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi. Magistrlik dissertasiyasi standartlarga muvofiq keladigan bosmaxona usulida muqovalangan bo’lishi kerak. 2.Rasmiylashtirishga nisbatan asosiy talablarni aniqlash2-topshiriq: boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi bilan tanishish. Tadqiqotning har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi. Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo’yiladi. Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajratib yoziladi. Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qo’yilmaydi, tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va boshqa betga ko’chirilmaydi. Agar bunday nomlar ikki yoki undan ko’proq gaplardan iborat bo’lsa, unda ularning o’rtasiga nuqta qo’yiladi. Bob nomi bilan matn o’rtasidagi interval 15 mm bo’lishi kerak, bob bilan paragraf nomlari o’rtasidagi interval - 8 mm bo’ladi. Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob raqami yoziladi, so’ngra paragraf raqami va nomi qo’yiladi. Raqamlar oxirida nuqta qo’yilmaydi (1.1). 3-topshiriq: Titul varag’ini rasmiylashtirish bilan tanishish. Titul varag’ini rasmiylashtirish Dissertasiya titul varag’ini rasmiylashtirish quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi kerak: • dissertasiya nomi - shrift 16; • muallifning familiyasi, ismi - shrift 14; • malaka - shrift 14. Dissertasiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, «magistrlik dissertasiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi. Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan foydalanish maqbuldir. Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish. Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq joylashtirilgan jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa elementlarni qayd qilib o’tishi mumkin, bunday qismlar o’zlari tegishli bo’lgan matn bilan yonma-yon qo’yilmasligi ham mumkin. Boshqa manbalardan o’zlashtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida ko’rsatib o’tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 1 ' 2 ' 3 raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi. Dissertasiya matnida ko’pincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd qilish yoki o’zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to’g’ri keladi. O’zlashtirilgan parchalarni bayon ichida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, ular o’zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko’rsatishga yordam beradi. Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko’rsatish kerak. 3. Dissertasiyani himoya qilish talablari bilan tanishishMagistrlik dissertasiyasida statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallari beriladi. Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi.Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. Ma’lumotlari ilgari matbuotda e’lon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu o’zlashtirilgan materialning ayni qaysi manbaida keltirilganligini izohda albatta ko’rsatish kerak.4-topshiriq: Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish bilan tanishish.5-topshiriq: ilovalarni rasmiylashtirishi bilan tanishish. Ilovalar dissertasiyaning oxirida bibliografik izohdan keyin aks ettiriladi, axborot manbalari albatta jadvallar va suratlar tagida ko’rsatiladi, varaqlarda sahifalar raqamlari qo’yilmaydi. 6-topshiriq: Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari bilan tanishish. Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro’yxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi: • qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar; • mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va hokazo); • statistik, yo’riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar hisobotlari; • internet – resurslar. Har bir boshlang’ich manbalar bo’yicha quyidagilar ko’rsatiladi: • muallif familiyasi, so’ngra uning ismi-sharifi; • kitob nomi; • shahar nomi; • nashriyot nomi; • bosilgan yili. Download 23.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling