1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni
Download 115.58 Kb.
|
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining
Reja: 1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni. 3. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari. 4. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir. Tushuncha shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular kabi nihoyatda muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi. Tushunchalarning mazmuni hukmlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan xususiyat va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur shakli. Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON bo`lishi mumkin. Chin - "Toshkent O`zbekistonning poytaxti". Umumiy hukmda aks ettirilgan xususiyat va bog`lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo`ladi. "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat ayrim narsalargagina taalluqli bo`ladi. "Ba`zi o`quvchilar a`lochilardir". Yakka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. "Salimov A. A`lochi o`quvchi". Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi: 1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ; 2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan. Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir. Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita asosdan yangi hukm - xulosa chiqariladi, "Mis elektr tokini o`tkazadi". Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1) induktiv xulosa chiqarish 2) deduktiv xulosa chiqarish. Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish. Deduktsiya - umumiy qoidalardan ju`ziy hodisaga, faktga, misolga qarata xulosa chiqarish. Tafakkur jarayonlari Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi. Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o`rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir. Analiz - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini, munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan xususiyatlari ajratib olinadi. Sintez. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir. Taqqoslash - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular orasidagi o`xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi. Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi. Umumlashtirish o`xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik bo`yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki belgi), ikkinchi umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida). Tafakkur turlari Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifiatsiyasi tarqalgandir: 1) ko’rgazmali-harakat; 2) ko’rgazmali-obrazli; 3) mavhum (nazariy) tafakkur. Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi. Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas. Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi. O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir. Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir. Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi. 3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi. Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”. Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi: R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi. Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi. Yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi. Fikrning asosli bo’lishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo’lsa. Agar V mavjud bo’lsa uning asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga ega bo’ladi. Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni ko’rsatish muhim rol o’ynaydi. Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim. Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi. Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi 2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni. Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan. Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi. Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi. Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi. Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi. Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi. Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir. Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi. Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat. 1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz. 2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi. 3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi. 4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi. Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi. Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir. Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, “talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan “Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi. Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir. An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi. Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi? Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi. Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi. 3. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “o’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “o’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: aqvs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi). Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud: A) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha; B) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj; C) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma shaklda; D) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “e'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qo’yidagilar kiradi: A) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning natijasidir”; B) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi; C) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko’rsatiladi. D) tafovutlash E) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari aniqlanadi. Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga kiradi”. Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va 2) dixotomik bo’lish. Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, bunda tor hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida bo’lishi lozim. Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qo’yidagicha ifodalanadi. D Sazan S Baliq V hayvon A Tirik mavjudot Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins tushuncha deb qabul qilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi. Tushunchani chegaralash amalining sxemasi qo’yidagicha: D Tirik mavjudot S hayvon V Baliq A Sazan Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “o’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “o’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: aqvs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi). Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud: A) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha; B) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj; C) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma shaklda; D) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “e'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qo’yidagilar kiradi: A) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning natijasidir”; B) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi; C) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko’rsatiladi. D) tafovutlash E) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari aniqlanadi. Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga kiradi”. Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va 2) dixotomik bo’lish. Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. Tushunchani bo’lishning qo’yidagi qoidalari mavjud: A) bo’lish teng hajmli bo’lishi, ya'ni bo’lish a'zolari hajmlarining yig’indisi bo’linuvchi tushuncha hajmiga teng bo’lishi kerak. Masalan, “Tafakkur shakllari tushuncha, hukm va xulosa chiqarishga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli, “Tafakkur shakllari tushuncha va hukmga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli emas, chunki bo’lish a'zosi bo’lgan xulosa chiqarish tushirib qoldirilgan; B) bo’lish bir asos bo’yicha amalga oshirilishi lozim, ya'ni asos qilib olingan belgi bo’lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi lozim. Masalan, “Dinlar xudolariga qarab ko’pxudolik (politeistik) va yakkaxudolik (monoteistik) dinlarga bo’linadi”. Agar shu holatda dinlarni ko’pxudolik (politeistik), yakkaxudolik (monoteistik) va jaxon dinlariga bo’lsak yuqoridagi qoida buziladi; C) bo’lish a'zolari hajmi bo’yicha bir-birini istisno qilishi, ya'ni ular birga bo’ysunish munosabatidagi tushunchalar bo’lishi kerak. Bu holatda bir asos bo’yicha bo’linayotgan tushunchaning bo’lish a'zolari hajmiga ko’ra bir-birini istisno qilishi lozim. Masalan, “Kishilarni ma'lumotiga ko’ra o’rta ma'lumotli, o’rta-maxsus ma'lumotli va oliy ma'lumotlilarga bo’lishda uning a'zolari bir-birini istisno qilib kelmoqda. Agar biz talabalarni birinchi kursda o’qiydiganlar, tarix fakulteti talabalari va sirtqi bo’lim talabalariga bo’lsak yuqoridagi qoida buzilgan bo’ladi; D) bo’lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng yaqin bo’lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog’i lozim. Masalan, “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bo’linadi”. “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy, saylash va saylanish huquqlariga bo’linadi” desak bo’lish uzluksiz bo’lmaydi. Sababi fuqarolarning saylash va saylanish huquqi siyosiy huquqlarga kiradi. Klassifikatsiya tushunchalarni bo’lishning alohida turi bo’lib, predmetlarni ma'lum bir sinflarga ajratishdan iborat, unda har bir sinf boshqalariga nisbatan o’zining aniq va qat'iy o’rniga ega. Klassifikatsiyadan maqsad bilimlarni sistemalashtirishdir. Klassifikatsiyalashda bo’lish turlaridan farqli ravishda tushunchaning bo’lish a'zolari ham o’z navbatida bo’linadi. Biologiyada hayvonlarning tiplarini bo’lish klassifikatsiyaga misol bo’la oladi. Mantiqda tabiiy va sun'iy klassifikatsiyalari farqlanadi. Tabiiy klassifikatsiyada bo’lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisi olinadi. Sun'iy klassifikatsiyada esa predmetlarning biron-bir umumiy belgisi asos qilib olinadi Masalan, “Davlatlarni boshqarish shakli”ga qarab bo’lish – tabiiy klassifikatsiya, alfavit bo’yicha bo’lish sun'iy klassifikatsiya hisoblanadi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat” nashriyoti 2. A. Erkayev. “Ma’naviyat millat nishoni” T., “Ma’naviyat” nashriyoti. 3. A. Erkayev. “Ma’naviyat va taraqqiyot” T., “Ma’naviyat” nashriyoti., Download 115.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling