1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari


Download 193.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2023
Hajmi193.06 Kb.
#1789767
Bog'liq
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining



1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 
TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI 
Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o`rgandi. 
Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir. 
TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning umumiy, 
muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat 
faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular kabi nihoyatda 
muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan 
farq qiladi. 
Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar 
o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan xususiyat 
va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur shakli. 
Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON bo`lishi 
mumkin. 
Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti". 
Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi". 
Hukmlar UMUMIY, JU`ZIY va YAKKA bo`ladilar. Umumiy hukmda aks ettirilgan 
xususiyat va bog`lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo`ladi. "Barcha 
metallar elektr tokini o`tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat 
ayrim narsalargagina taalluqli bo`ladi. "Ba`zi o`quvchilar a`lochilardir". YAkka hukmlarda 
tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. "Salimov A. a`lochi 
o`quvchi". 
Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi: 
1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ; 
2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan. 
Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir. 
Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita asosdan 
yangi hukm - xulosa chiqariladi, "Mis elektr tokini o`tkazadi". 
Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi: 
1) induktiv xulosa chiqarish va 2) deduktiv xulosa chiqarish. 
Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish. 
Deduktsiya - umumiy qoidalardan ju`ziy hodisaga, faktga, misolga qarata xulosa chiqarish. 
TAFAKKUR JARAYONLARI 
Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi. Tafakkur 
jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o`rganish lozim. 
Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir. 
ANALIZ - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini, munosabatlarini 
va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni fikran bo`laklarga, 
qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu 
narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan xususiyatlari ajratib 
olinadi. 


SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish 
sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir. 
TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular orasidagi 
o`xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. 
Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi 
o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi. 
Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi. Umumlashtirish 
o`xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga 
oshiriladi. Birinchi umumiylik bo`yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki belgi), ikkinchi 
umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida). 
TAFAKKUR TURLARI 
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifiatsiyasi 
tarqalgandir: 
1) ko’rgazmali-harakat; 
2) ko’rgazmali-obrazli; 
3) mavhum (nazariy) tafakkur. 
Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa 
va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. 
Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar 
bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning 
tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning 
to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini 
ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish 
to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi. 
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega 
bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr 
mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga 
asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. 
Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon 
ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” 
mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa 
jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” 
da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas. 
Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan 
yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish 
deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro 
aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha 
tushuniladi. 
O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini 
ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb 
ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu 
bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat 
qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir. 


Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy 
qonundir. 
2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning 
ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik 
qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki 
birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. 
Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas 
bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi. 
Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid 
munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab 
aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi 
chiqishdir. 
Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos 
emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos 
emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, 
ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni 
buzilmaydi. 
Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni 
mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. 
Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har 
qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi 
izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi. 
3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi 
hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga 
xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri 
ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor 
sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi 
istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga 
kiradi. 
Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va 
munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat 
va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda 
noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga 
ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu 
predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor 
mashinadir” va “Traktor mashina emas”. 
Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi: 
R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz 
bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini 
ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati 
shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi. 


Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham 
“yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki 
zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi. 
4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki 
xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini 
ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi 
ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli 
bo’ladi. 
Fikrning asosli bo’lishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin 
hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo’lsa. Agar V mavjud bo’lsa uning asosi A ham 
mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga ega bo’ladi. 
Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni ko’rsatish muhim 
rol o’ynaydi. 
Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi 
mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin 
ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. 
Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, 
tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va 
aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab 
etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta 
isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada 
sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda 
undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A 
mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V 
mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda 
in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. 
Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi 
bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos 
bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim. 
Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz 
ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni 
chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va 
ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos 
bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon 
tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadi 
Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda 
ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma 
hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi. 
Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari 
(tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli 
bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz 
foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi 


2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni. 
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq 
atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha 
“logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, 
“nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos 
solgan. 
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. 
Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, 
“voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi. 
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi 
Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi 
qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq 
bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, 
jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli 
u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi. 
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni 
anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv 
mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular 
o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi. 
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga 
aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot 
uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar 
keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) 
sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy 
tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun 
ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi. 
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos 
solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro 
aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va 
mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi. 
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini 
tafakkur tashkil etadi. 
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy 
organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi 
mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali 
sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks 
ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi 
natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan 
predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida 
hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir. 
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim 
olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni 


umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, 
tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va 
xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi. 
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z 
navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos 
xususiyatlari qo’yidagilardan iborat. 
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq 
tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. 
Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni 
kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz. 
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga 
bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz 
predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. 
Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil 
qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish 
insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish 
usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi. 
3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til 
yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z 
fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi. 
4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha 
xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab 
inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til 
belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari 
vositasida ham ifodalaydi. 
Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur 
predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina 
predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi. 
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga 
kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. 
Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va 
munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda 
bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga 
qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli 
mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z 
mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni 
oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm 
shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va 
munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” 
va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar 
munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va 
S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar 
aloqadorligini ifodalash usulidir. 


Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil 
qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, 
“talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan 
“Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos 
hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy 
aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha 
tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada 
belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va 
shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi. 
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” 
tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. 
Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga 
o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. 
Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri 
qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. 
Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy 
aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir. 
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular 
ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda 
alohida to’xtab o’tiladi. 
Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan 
xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik 
tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash 
insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi? 
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya 
jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida 
ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz 
mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning 
to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi 
mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi. 
Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon 
beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy 
vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq 
va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri 
o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi 
xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish 
jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. 
Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng 
foydalanadi. 
3. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari. 
Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni 
mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini 


ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. 
Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan 
tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi 
tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy 
Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, 
“Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. 
Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida 
predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi 
aniqlanadi. 
Masalan: 
“Gnoseologiya” 
grekcha 
so’z 
bo’lib 
“gnosis”-bilish, 
“logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. 
Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – 
bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, 
bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy 
ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari 
to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni 
yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. 
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali 
ta'riflash, 2) genetik ta'rif. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin 
jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa 
tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va 
qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi 
bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: 
AqVs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – 
tur belgi). 
Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan 
ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan 
predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv 
vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. 
Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud: 
a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha 
hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng 
hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika 
institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha; 
b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi 
lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif 
aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj; 
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning 
mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. 
Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda 
aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. 


Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma 
shaklda; 
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa 
predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. 
Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “E'tiqodsiz – 
ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. 
Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga qo’yidagilar 
kiradi: 
a) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan odatda 
kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning natijasidir”; 
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi 
belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi; 
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari 
ko’rsatiladi. 
d) tafovutlash 
e) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim belgilari 
aniqlanadi. 
Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga 
ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi 
aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta 
umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur 
tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – 
tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish 
asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan 
keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga kiradi”. 
Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va 2) 
dixotomik bo’lish. 
Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning ma'lum bir 
belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan 
predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, 
umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”. 
Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga 
ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik 
bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi 
ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor 
tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. 
4. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar. 
Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va 
chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular 
tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq 
holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng 
tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, 


bunda tor hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida 
bo’lishi lozim. 
Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qo’yidagicha ifodalanadi. 
D Sazan 
S Baliq 
V hayvon 
A Tirik mavjudot 
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins 
tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins 
tushuncha deb qabul qilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi. 
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi qo’yidagicha: 
D Tirik mavjudot 
S hayvon 
V Baliq 
A Sazan 
Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada 
ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. 
Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash 
(definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi 
lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini 
ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: 
“O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” 
aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi 
qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal 
ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda 
uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, 
“logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. 
Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – 
bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, 
bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy 
ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari 
to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni 
yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. 
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali 
ta'riflash, 2) genetik ta'rif. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin 
jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa 
tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va 
qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi 
bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: 
AqVs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – 
tur belgi). 


IJTIMOIY FANLAR KAFERDASI
REFERAT 
MAVZU: TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI
Bajardi:__________________________
Guruh:__________________________ 
Tekshirdi:________________________ 
 
 
 
TOSHKENT-2023 

Download 193.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling