MANTIQIY ELEMENTLAR
Mantiq elementlari chin (1, yuqori,+Vs, ulanish) yoki yolg‘on ( 0, quyi, 0 V, uzilish) signallarga ishlov beradi. Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Mantiq elementlari bo‘limiga qarang yoki adabiyotlarga murojaat qiling. Bu yerda ikki tipdagi – an’anaviy va IEC (International Electrotechnical Commission) Xalqaro elektrotexnika komissiyasi tasdiqlagan shartli belgilar keltirilgan.
|
Mantiq turi
|
Shartli belgilanishi
|
IMS shartli belgisi
|
Bajaruvchi mantiqiy amali
|
EMAS
|
|
|
EMAS mantiqiy amalida faqat bitta kirish mavjud. Kirishga ON (mantiqiy chin berilsa, chiqishda NOT (mantiqiy emas) hosil bo‘ladi va aksincha. EMAS elementi kirishni inkor qiladi
|
VA
|
|
|
VA mantiq elementida ikki va undan ortiq kirish mavjud. Barcha kirishlarda mantiqiy «1» bo‘lsagina chiqishda «1» bo‘ladi.
|
VA-EMAS
|
|
|
VA-EMAS mantiq elementida ikki va undan ortiq kirish mavjud. Barcha kirishlarda mantiqiy «1» bo‘lsagina chiqishda «1» teskarisi bo‘ladi.
|
YOKI
|
|
|
YOKI mantiq elementida ikki va undan ortiq kirish mavjud. Kirishlardan birida mantiqiy «1» bo‘lsagina chiqishda «1» teskarisi bo‘ladi.
|
YOKI-EMAS
|
|
|
YOKI-EMAS elementi faqat ikki yoki undan ortiq kirishga ega bo‘lishi mumkin. Kirishlarga berilgan mantiqiy qiymatlar ustida YOKI keyin EMAS amallarini bajaradi. Kirishlarida mantiqiy «1» bo‘lmaganda chiqishda mantiqiy «1» kuzatiladi.
|
EX-YOKI
|
|
|
EX-YOKI elementi faqat ikkita kirishga ega. Ikkala kirishi ikki xil, mantiqiy «0» yoki «1» bo‘lganda chiqishda mantiqiy «1» kuzatiladi.
|
EX-YOKI-EMAS
|
|
|
EX-YOKI-EMAS elementi faqat ikkita kirishga ega. Ikkala kirishida ham mantiqiy «0» yoki «1» bo‘lganda chiqishda mantiqiy «1» kuzatiladi.
|