1 tajriba ishi bosim va haroratni o`lchash asboblari tuzilishi


Deformatsiya hisobiga ishlaydigan (prujinali) asboblar


Download 0.7 Mb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445806
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 ITNA dan taj

3. Deformatsiya hisobiga ishlaydigan (prujinali) asboblar


Deformatsiya hisobiga ishlaydigan (prujinali) asboblar- ishlash uslubi prujina elementining deformatsiyalanishiga asoslangan.
Bosim o`lchash uchun bitta naychali (Burdon naychasi yoki prujinali) manometrlar kup ishlatiladi.
Bu manometrlarda 0,05 dan to 1000 MPa ga teng bo`lgan bosimlarni o`lchash mumkin.

    1. Prujinali manometrlar.

Prujinali manometrlarda asosiy element prujina - ko`ndalang kesimi yuzasi ellips shaklida bo`lgan metalldan tayyorlangan naychadan iborat bo`lib, u yoy shaklida egilgan bo`ladi, bu Burdon naychasi deyiladi (1.4-rasm). Uning bir uchi uzatuvchi tishli mexanizmga ulangan, mexanizmga esa strelka o`rnatilgan.


Naychaning ikkinchi uchi manometr korpusiga mahkamlangan bo`lib, u bosim o`lchaydigan idishga o`rnatish uchun rezbadan iborat. Bu naychaga bosim tahsir etganda, tuzilishi ellips shaklida bo`lgani uchun u to`ғrilanishga harakat qiladi, bunda naychaning strelkaga ulangan uchi harakatga keladi va strelka mahlum bir qiymatga o`zgaradi. Bu bosimning qiymati bo`ladi.
Manometrik prujina latundan yoki mis qotishmalaridan va katta bosimlar uchun po`latdan tayyorlanadi.
Bunday asboblar ham manometr, vakuummetr va monovakuummetr bo`lib ishlashi mumkin. Ortiqcha bosimni o`lchaydigan manometrlarda naychaning uchi soat strelka yo`nalishi bo`yicha o`rnatilgan bo`ladi, vakuum bosimni o`lchovchi vakuummetrlarda naychani uchi soat strelkasi yo`nalishiga teskari o`rnatilgan bo`ladi, shuning uchun vakuummetrlarda shkalaning qiymatlari o`ngdan chapga qarab yoziladi.
Monovakuummetrlarda nolg’ qiymat shkalani eng yuqori qismida bo`ladi, uni o`ng tomoni manometrik qiymat, chap tomoni esa vakuummetrik qiymatdir.



  1. HARORATNI O`LCHASH ASBOBLARINING TUZILISHI VA

ISHLASH USULI

Ishchi jismning harorati uning qiziganlik darajasini ifodalaydi. Haroratning qiymat soni harorat shkalalari ko`rsatib beradi. Harorat shkalalari TSelg’siy, Kelg’vin, Farangeyt va Reomor shkalalariga bo`linadi. TSelg’siy shkalasida asosiy reper nuqtalari qilib muzning erish nuqtasi 00S va suvning qaynash nuqtasi 1000S deb qabul qilingan. Bu nuqtalardagi termometr ko`rsatgichining farqini 100 ga bo`lsak TSelg’siy gradiusi (0S) kelib chiqadi. Farangeyt shkalada muzning erish harorati 320F va suvning qaynash harorati 2120F deb qabul qilingan. Farengeyt shkalasida haroratlarning farqi 212-32=1800F teng. SHuning uchun 10F 0S ga teng bo`ladi va bunda t0C=5/9 (t0F-32) t0C=9/5t0S+32.


SI sistemasida mutloq harorat Kelg’vin shkalasida o`lchanadi. Amalda esa har bir asbob TSelg’tsiy gradusida o`lchab beradi. SHuning uchun ularning orasidagi boғlanishni quyidagicha yozamiz. T K = t 0S + 273,15.
Harorat o`lchaydigan asboblar ishlashiga asoslanib quyidagi guruhlarga bo`linadi:
a) kengayish termometrlari; b) manometrik termometrlar;
v) qarshilik termometrlari; g) termoelektrik pirometrlar;
d) optik pirometrlar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling