1-tajriba ishi. Mavzu: vmware virtuallashgan muhit bilan tanishish va virtual tarmoq infratuzilmasini yaratish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1. VMWare virtuallashgan muhit bilan tanishish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism.
- Virtualizatsiya
- 2-qadam. VMware virtual mashinasida GNS3 emulayatorini o’rnatish.
1-TAJRIBA ISHI. Mavzu: VMWare virtuallashgan muhit bilan tanishish va virtual tarmoq infratuzilmasini yaratish. Ishdan maqsad: VMWare virtual mashinasini о‘rnatish, sozlash hamda virtuallashgan muhit bilan tanishish va unda virtual tarmoq infratuzilmasini yaratish. Nazariy qism. Virtual tarmoq infratuzilmasini yaratishdan oldin, himoyalangan tizim qurish talab etiladi. Operatsion tizimda xavfsiz muhitni yaratishda virtual mashinalardan foydalaniladi. So‘nggi yillarda virtualizatsiya tushunchasiga axborot texnologiyalari sohasida eng muhim tushunchalardan biri sifatida qaralmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida «bitta server — bitta dasturiy ilova» kabi qarashlarning yo‘qolib borishi va bitta fizik serverda bir necha dasturiy ilovalarning parallel ravishda, ishlay olish imkoniyatlarining paydo bo‘lishini ko‘rsatish mumkin. Bu turdagi ishlash holati simmetrik multiprotsessing deb ham yuritiladi va virtualizatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Virtualizatsiya — axborot texnologiyalari sohasidagi xarajatlarni qisqartirishdagi eng yaxshi usullardan biri bo‘lib, tizim samaradorligi va moslashuvchanligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu holat yirik kompaniyalar bilan bir qatorda, kichik biznes va tadbirkorlik sohalari uchun ham o‘rinlidir. Virtualizatsiya yordamida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin: • bitta serverda bir necha operatsion tizim va ilovalarni ishlatish imkoniyati; • kam sonli serverlarning ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirish uchun qurilmalarning konsolidatsiya qilinishi; • axborot texnologiyalarining umumiy xarajatlarini 50% va undan yuqori miqdorda kamaytirish; • axborot texnologiyalari muhitlarini boshqarish jarayonlarini tezlashtirish va mustahkamlash, yangi dasturiy ilovalarni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish; • virtual mashinalarda fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan qurilmalarning ham emulyatsiyasini hosil qilish imkoniyati va fizik resurslardan tejamkor foydalanish. 1.1-rasm. Virtualizatsiya Hozirda Hyper-V, Xen, ESXi, VMware, VirtualBox virtual mashina ilovalaridan keng foydalaniladi. Amaliy qism. 1-qadam. VMware virtual mashinasini о‘rnatish. Virtual mashinani о‘rnatish uchun https://customerconnect.vmware.com/en/ downloads/info/slug/desktop_end_user_computing/vmware_workstation_player/1 6_0 linki orqali yuklab olamiz. Yuklab olingan faylni ishga tushuramiz. Litsenziya shartlarini o’qib chiqamiz va qabul qilishga rozi belgisini o’rnatamiz va “Next” tugmasini bosamiz. “Finish” tugmasini bosamiz va dastur о‘rnatilishi yakunlaymiz. 2-qadam. VMware virtual mashinasida GNS3 emulayatorini o’rnatish. VMware virtual mashinasida GNS3 emulyatorini o’rnatish uchun dastlab uni yuklab olamiz: https://gns3.com/software/download-vm Virtual muhitning qaysi biri sizda o’rnatilgan bo’lsa shuni yuklab olishingiz mumkin. Bizning tajriba ishimizda Vmware bo’lganligi uchun shu faylni yuklab olamiz. Topshiriq Yuqorida kо‘rsatilgan kо‘rsalmalar asosida shaxsiy kompyuterlarda VMware virtual mashinasi о‘rnatilsin va GNS3 emulyatori orqali oddiy tarmoq hosil qilinsin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling