1-Tajriba ishi Uglerodli po'latlarni tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra qattiqligining o’zgarishi. Nazariy qism


Download 55.56 Kb.
bet1/3
Sana01.12.2021
Hajmi55.56 Kb.
#178386
  1   2   3
Bog'liq
1-тажриба иши 92161604a9fc0262f534525cdc759e4


1-Tajriba ishi

Uglerodli po'latlarni tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra qattiqligining o’zgarishi.
Nazariy qism.

Mikrostruktura analizi alohida tayyorlangan metall na'munalarini (mikroshliflarni) mikroskop yordamida ichki tuzilishini tekshiradigan usulidir. Mikroskop ostida metallarning ichki tuzilishini ko'rinishiga mikrostruktura deyiladi.Texnika temirining va uglerodli po'latning muvozanat holatdagi mikrostrukturasi. Texnika temirining va uglerodli po'latning muvozanat holatdagi mikrostrukturasi, temir tsementit holat diagrammasining chap tomonidagi pastki qismi bilan xarakterlanadi. Tarkibida 0,02 % gacha С bo'lgan qotishmalar texnika temiri deb ataladi.



0,02 dan 0,83 gacha С - evtektoidgacha bo'lgan po'lat tarkibida, 0,83 % С bo'lgan qotishmalar evtektoidli va tarkibida 0,83 % dan 2,14 % gacha С bo'lgan evtektoiddan keyingi po'latlar deyiladi.





2.1. Rasm. Holat diagrammasining pastki chap qismi.

Texnika temirining mikrostrukturasi .



Uglerodning a -temirda (ferritda) erishi o'zgaruvchandir. ( Rasm .2.1. chiziq ). Temperaturaning pasayishi bilan uglerodn a -temirda erishi kamayadi. Agar 727 С temirda 0,02 % С erisa, uy temperaturasida esa 0,006 % gacha. Shuning uchun tarkibida 0,006 % С qotishmasi uglerodning - a -temirdagi qattiq eritmasi strukturasiga, ya'ni ferrit strukturasiga egadir. (Rasm 8.1.)




Rasm.2.2. Texnika temiri.

Evtektoidgacha va evtektoidli po'latlarning mikrostrukturasi.

Evtektoidgacha bo'lgan po'latlarning (0,8 % С gacha) mikrostrukturasi ferlit va perlitdan iborat. (Rasm .2.3 ). Evtektoidli po'latning (0,8 %C) mikrostrukturasi faqat perlitdan iborat. Ferlitning mikrostrukturasi 2.2. rasmda berilgan .Evtektoidgacha bo'lgan po'latning mikrostrukturasidagi

lkkinchi struktura tashkil etuvchi perlitning nima ekanligini ko'rib chiqaylik.

Perlit evtektoid austenitning parchalanishidan hosil bo'ladigan , ferrit va tsementitning mexanik aralashmasidir. (Rasm.2.1.) tarkibida 0,8 % С li po'lat na'munaga reaktiv ta'sir ettirilganda u perlomutr rangiga kirishadi, buning uchun bu struktura perlit deb atalgan. Evtektoidgacha bo'lgan po'lat strukturasida ferrit va perlitning miqdori uning tarkibidagi uglerodga bog'liq. Po'lat tarkibidagi uglerod ko'paygan sari strukturada ferrit kamayib, perlitning miqdori ko'payib lioradi. Evtektoidgacha bo'lgan po'latning mikrostrukturasidan uglerodning taxminiy miqdorini aniqlash mumkin, buning uchun ferlit va perlitni (%) hisobida qancha yuzani egallaganligini aniqlash kifoyadir.

Ferritda uglerodning erishi juda ham kam bo'lganligi uchun evtektoidgacha bo'lgan po'latdagi hamma uglerod perlil tarkibida deb, hisoblanishi mumkin. Bunday po'latlardagi uglerodning "C" miqdorini quyidagi formula orkali aniqlash mumkin.



- perlitning egallagan yuzasi (%)

Faraz qilaylik masalan: 30 % li yuzasi ferrit, 70 % yuzani perlit egallagan bo'lsin, bunday po'latlar uglerodning



Demak taxminan 55 markali (stal’ 55)






Rasm. 2.3. Evtekdoidgacha bo’lgan po’latning mikrostrukturasi

Rasm. 2.4. Evtektoidli po’latning mikrostrukturasi.

Evtektoiddan keyingi po’latning mikrostrukturasi



Tarkibida uglerod 0.8 % dan 2.14% gacha bo’lgan uglerodli po’latlarga evtektoiddan keyingi po’latlar deyiladi va mikrostrukturasi perlit hamda ikkilamchi sementitdan iboratdir. Ikkilamchi sementit atsstenitdan iboratdir. Ikkilamchi tsementit atssenitdan sekin Asm temperaturadan Ar1 temperaturagacha (ES va PK chiziqlarda) sovish natijasida ajralib chiqadi. Sekin asta sovish natijasida ikkilamchi tsemintit to’rsimon shaklda atstenit donalarining chegaralarida ajralib chiqadi. Temperatura Ar1 ga yetganda esa atstenitning o’zi perlitga aylanadi. Sekin asta sovush natijasida evtekdoiddan keyingi po’lat perlit va to’rsimon tsemintit strukturasiga egadir. (rasm-2.5)




Rasm 2.5. Evtektoiddan keyingi po’latning mikrostrukturasi

A)Mikrostruktura B)Mikrostruktura sxemasi

Oq-to’r- bu ikkilamchi tesementit; to’r ichida platinasimon donalar perlitning tuzilishidir. Evtektoiddan keyingi po’latda uglerodning miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, tsementit turlarining qalinligi shunchalik oshib boradi.

Evtektoiddan keyingi po'latdagi uglerod miqdorini quyidagi formuladan aniqlash mumkin. bunda (2)

Fn-perlitning egallagan yuzasi (%) taxminiy;

Fu - tsementitnmg egallagan yuzasi (%) taxminiy

2.1. Ishni bajarishdan maqsad.

1. Muvozanat holatdagi har xil uglerodli po’latlarning va texnika temiri strukturasi bilan tanishish.

2. mikroskop ostida kuzatilayotgan strukturada po’latdagi uglerod miqdori (%) va perlitning egallagan yuzasi o’rtasida bog’liqlikni aniqlash

3. tekshirilayotgan po’latning tarkibidagi uglerodni (% hisobida), uning strukturasidagi perlit miqdoridan aniqlash va po’latning taxminiy markasini aniqlash.



Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling