Tayanch iboralar:
Panelli, agregat, markaziy, joyidagi shchitlar; shchit karkasi; dispetcher xonasi, shchit kommutatsiyasi; shchitning umumiy ko‘rinish chizmasi; ort va olddan ko‘rinish chizmalari; yozuvlar jadvali; shchitning qismlar tarkibi ro‘yxati; ulash va ulanishlar jadvali.
Nazorat savollari:
1. Avtomatlashtirish - ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishdir.
2. Avtomatlashtirish darajasi
3. Tashkilot ishlab chiqarish avtomatlashtirish ishlari
4. Sanoat avtomatlashtirish uchun rag'batlantirish
Adabiyotlar:
5. http://www.chem21.info/info/938031/
3-tajriba mashg’uloti
Mavzu: AutoCAD dasturida elektr ta'minot sxemalarini loyixalash
Tajriba mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1.Prinsipial sxemalarning vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari.
2.Prinsipial elektr sxemada ba’zi-bir elementlarning grafik belgilanishi.
3.Prinsipial elektr sxema elementlarining harfiy belgilanishi.
4.Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari.
Prinsipial sxemalar haqida umumiy tushunchalar
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo‘llaniladi, ular orasidlagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ishlash prinsiplarini o‘zlashtirishda prinsipial sxemalardan foydalaniladi. Prinsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo‘lagiga kiruvchi element, modul, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlarning to‘la ko‘rsatilishi lozim. Prinsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funksional sxemani asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |