1. Taklif miqdoriga ta'sir etuvchi omillar. Taklif qonuni
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
25-variany
1.Taklif miqdoriga ta'sir etuvchi omillar. Taklif qonuni. Taklif- ishlab chiqaruvchilar ma'lum vaqt ichida ishlab chiqarishga qodir bolgan narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan mahsulotlar miqdoridir. Narx ozgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot ham ozgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator variantlari mavjud boladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini korsatadi. Bu holatni korib chiqamiz. 1 kg un narxi(som) Haftalik taklif qilinadigan un miqdori (kg) 200 1000 160 800 120 600 80 400 20 200 Korinib turibdiki, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotuvga chiqariladigan tovar miqdori ham ortadi.Narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.Bu taklif qonunidir. Taklif qonuni-narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori ortasidagi bilvosita yoki togridan togri bogliqlikdir. Taklif S harfi bilan belgilanadi va ta'minot degan ma'noni bildiradi. (ingl.Supply-taklif). Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ta'sir qiladi. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Soliq va dotatsiyalar. Boshqa tovarlarning narxi. Narx ozgarishining kutilishi. Bozordagi sotuvchilar soni. Taklifning shu omillardan bir yoki bir nechtasining ozgarishi taklif hajmining ozgarishini taqozo qiladi. Taklif hajmining ozgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport tashish imkoniyatlari ham ta'sir korsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bolmaydigan qishloq xojalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam ozgaruvchan boladi. Ijodiy kasb soha xodimlarining masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlarning mehnat mahsuli va noyob san'at asarlarining taklifi ham noozgaruvchan boladi.Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar. Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham pasayishiga olib keladi. 2. Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy- huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish; insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, iste’mol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish; monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o‘z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; Bozorga o‘tish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xo‘jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, o‘tish bosqichida bozor shakllanish bosqichida bo‘ladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xo‘jalikdan bozorga o‘tish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat otish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag‘batlantirishga, uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan. Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatning o‘tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o‘z tartibga soluvchilarini ta’sirini to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish. O‘tish davridagi iqtisodiyotga xos bo‘lgan raqobatning rivojlanmaganligi va bozorni monopollashtirishning haddan ziyod yuqori darajasi tufayli mazkur funksiyani amalga oshirish bu yerda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug‘ullanishi mumkin va lozim bo‘lgan yagona institutdir. Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari bo‘yicha orqada qolish O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak asosiy rolni o‘ynashi mumkin 3. Ishchi kuchi— bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band boʻlgan nafaqaxoʻrlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʻjaligida band boʻlganlar potensial qismi hisoblanadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va taʼminlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi oʻsishini taʼminlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar oʻrtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan toʻla va samarali band boʻlishini taʼminlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo boʻlib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boʻladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy koʻpayishi hisoblanadi. Ishchi kuchi insonning mehnatga boʻlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori boʻladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qoʻllanilayotgan mehnat bozori tushunchasi oʻrniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari oʻrniga ishchi kuchi resurslari deyiladi. Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa oʻz navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bogʻliq boʻladi Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling