1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Download 117.5 Kb.
|
12 Amaliy mashg‘ulot Talab va taklif nazariyasi Bozor muvozanati
12 - Amaliy mashg‘ulot. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Reja 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni 3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati Topshiriq №1 1.Aytaylik, bozorda go‘shtga bo‘lgan jami talab va jami taklif 1 oyda quyidagi ma’lumotlar (1-jadval) bilan tavsiflanadi:
a) Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo‘ladi? b) miqdoriy muvozanat qanday bo‘ladi? c) 4 chi ustunni tshldiring (+,- tb belgisi talabning ortishi (kamayishi) va (+,- tf) esa tak-lifning ortishi (kamayishini) bildiradi) d) keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib go‘shtga talab va taklifni grafikda tasvirlang. Grafikda muvozanatlashgan narxni P va go‘shtga miqdoriy muvozanatni Q harfi bilan belgi-lang ye) nima uchun go‘sht 53000 yoki 58000 so‘m bo‘lganda narx muvozanatlashgan holatda bo‘lmaydi. Topshiriq №2 1. Agar “X” tovarning narxi 1,5 dollardan 2 dollargacha o‘sib, unga talab hajmi 1000 dan 900 birlikgacha kamaysa, unda shu tovarning narxga nisbatan egiluvchanligini aniqlang. Topshiriq №3 1. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib: a) X, Y, Z iste’molichilar uchun mos holda talab grafiklarni chizing; b) Umumiy bozor talabi grafigini chizing va buni qanday amalga oshirganingizni tushunti-ring; c) Faraz qilaylik X va Y iste’molchilar tomonidan mazkur tovarga talab ikki hissaga ortib, Z iste’molchi uchun esa teng yarmiga qisqarsa X, Y va Z iste’molchilar uchun talab grafiklari qanday o‘zgaradi (chizib qo‘rsating)?
Topshiriq №4 1. Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, qo‘l soatlari bozorida talab va taklif chiziqlari grafigini chizing
Quyidagi savollarga javob bering: a) qo‘l soatlari bozorida muvozanat narxi qanday bo‘ladi? b) qo‘l soatlari uchun xarid qilish (sotish) ning muvozanat hajmi qanday bo‘ladi? c) agar qo‘l soatining narxi 30 dollarga teng bo‘lsa bu mahsulot turiga taqchillik kattaligi qancha bo‘ladi? d) agar qo‘l soatiga narx 60 dollargacha oshsa, bozorda bu mahsulotning ortiqchalik miqdori qanday bo‘ladi? Topshiriq №5 1. Jadvalda 5 xil narxdagi mahsulot uchun talab va taklif ko‘rsatkichlari berilgan. Berilgan ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring
Topshiriq №6 1. Bozorda uyali telefonlarning narxi 10 % ga pasaydi buning natijasida bu telefonlarga ta-lab 12% oshdi. Uyali telefonlarning narxga nisbatan egiluvchanligini aniqlang. Topshiriq №7 1. Aholi daromadlari 8 % oshdi bunga nisbatan go‘shtning talab miqdori 6 % ko‘paydi. Bozor-dagi go‘shtning daromadga nisbatan talab egiluvchanligini toping. Topshiriq №8 1. “X” tovarning narxi 12% ga oshdi natijada ushbu tovarning bozordagi taklifi 8% oshdi. Shu tovarning bozordagi taklif egiluvchanligini aniqlang. Topshiriq №9 1. Bozorda muzlatgichlarning narxi 2100000 so‘mdan 2400000 so‘mgacha oshdi. Buning natijasi-da bozordagi muzlatgichlarga bo‘lgan talab 15000 donadan 14000 donaga tushib qoldi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib muzlatgichlarga bo‘lgan talab egiluvchanligini hisoblang. Savdo tashkilotining savdo hajmi qanday o‘zgardi va qanchaga? Topshiriq №10 1. Bozorda ma’lum bir davrda choyshablarning taklif egiluvchanlik koeffitsienti 1,2 tashkil qildi. Agar savdo hajmi 6% ga oshgan bo‘lsa narxlar qanchaga o‘zgarganligini toping. Topshiriq №11 1. Aholining daromadlariga nisbatan talab egiluvchanlik koeffitsienti 0,8 tashkil qiladi. Agar iste’mol hajmi 12% ga o‘zgargan bo‘lsa, aholining daromadlari qanchaga o‘zgargan? Topshiriq №12 1. Talab chizig‘i Qd = 36000 - 400p, taklif chizig‘i Qs = 23000 + 250p ko‘rinishda berilgan bo‘lsa a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang; b) Talab va taklif grafigini chizing; c) Agar berilgan tovar narxi 15 so‘mga teng bo‘lsa, undan so‘ng hosil bo‘lgan holatni aniqlang d) talab va taklif grafiklarini chizing Topshiriq №13 1. Bozorda “A” mahsulotning talab va taklifi quyidagi funksiyalar orqali berilgan, Qd = 1200 - 4p va Qs = 500 + 6p. Aniqlansin: a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang; b) Talab va taklif grafigini chizing; c) Agar berilgan tovar narxi 90 dollargaa teng bo‘lsa, undan so‘ng hosil bo‘lgan holatni aniqlang d) Narx o‘zgarishi bilan savdo tushumi qanday o‘zgaradi? Topshiriq №14 1. Bozorda “S” mahsulotning talab va taklifi quyidagi funksiyalar orqali berilgan, Qd = 3000 - 5p va Qs = 1600 + 2p. Aniqlansin: a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang; b) Talab va taklif grafigini chizing; c) Agar berilgan tovar narxi 150 yevroga teng bo‘lsa, undan so‘ng hosil bo‘lgan holatni aniqlang d) Agar berilgan tovar narxi 250 yevroga teng bo‘lsa, undan so‘ng hosil bo‘lgan holatni aniqlang ye) Narx o‘zgarishi bilan savdo tushumi qanday o‘zgaradi? Topshiriq №15 1. Bozorda “U” mahsulotning talab va taklifi quyidagi funksiyalar orqali berilgan, Qd = 800 - 12p va Qs = 100 + 8p. Aniqlansin: a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang; b) Talab va taklif grafigini chizing; c) Agar berilgan tovar narxi 80 dollarga teng bo‘lsa, undan so‘ng hosil bo‘lgan holatni aniqlang d) Narx o‘zgarishi bilan savdo tushumi qanday o‘zgaradi? Topshiriq №16 1. Bozorda tovarga bo‘lgan talab va taklif funksiyalari Qd = 6000 - p va Qs = 3000+2p bilan berilgan. Bu yerda Qd - talab funksiyasi (mln donada), Qs - taklif funksiyasi (mln donada) a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang; b) Agar bu tovar narxi 2000 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa qanday holat yuzaga keladi; c) Agar bu tovar narxi 4000 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa qanday holat yuzaga keladi; d) Har bri sotilgan mahsulot uchun 200 so‘m soliq kiritilgan bo‘lsa, shundan so‘ng bozordagi holatni tahlil qiling ye) Soliqdan davlat qancha daromad qiladi? Sotuvchilar va xaridorlar to‘laydigan soliq miqdorini aniqlang. Topshiriq №17 1. Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 8000 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 6000 so‘m bo‘lsin. Narxga nisbatan elastiklik koeffitsien-tini hisoblang. Sotuvchining daromadi qanchaga o‘zgargan? Topshiriq №18 1. Bozorda ruchkaga bo‘lgan talab quyidagi funksiya bilan ifodalangan Qd = 8000 - 5r. Agar Bozordagi ruchkaga bo‘lgan talab 15000 donani tashkil etsa. Ruchkaning narxi qanchani tashkil etadi? Sotuvchini daromadini aniqlang. Topshiriq №19 1. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 24000 so‘mni tashkil qil-sin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 22000 so‘m bo‘lsin. Elastik koeffitsienti-ni hisoblang. Talab va taklifni funksiya bilan ifoda eting. Topshiriq №1 1. Agar “X” tovarning narxi 1,5 dollardan 2 dollargacha o‘sib, unga talab hajmi 1000 dan 900 birlikgacha kamaysa, unda shu tovarning narxga nisbatan egiluvchanligini aniqlang. Yechim: 1,5 - 100% 2 - X X = 2*100/1,5= 133,3 133,3-100=33,3 1000 - 100% 900 - X X = 900*100/1000= 90 100-90=10 Ek = 10 / 33,3 = 0,3 Talab noegiluvchan Topshiriq №3 1. Bozorda uyali telefonlarning narxi 10 % ga pasaydi buning natijasida bu telefonlarga ta-lab 12% oshdi. Uyali telefonlarning narxga nisbatan egiluvchanligini aniqlang. Ek = 12 / 10 = 1,2 Telefonlarga bщlgan talab elastik (egiluvchan) Topshiriq №4 1. Aholi daromadlari 8 % oshdi bunga nisbatan go‘shtning talab miqdori 6 % ko‘paydi. Bozor-dagi go‘shtning daromadga nisbatan talab egiluvchanligini toping. Ek = 6 / 8 = 0,7 Gushtga bulgan talab noelastik (noegiluvchan) Topshiriq №5 1. “X” tovarning narxi 12% ga oshdi natijada ushbu tovarning bozordagi taklifi 8% oshdi. Shu tovarning bozordagi taklif egiluvchanligini aniqlang. Ek = 8 / 12 = 0,7 “X” tovarning bozordagi taklifi noegiluvchan Topshiriq №6 1. Bozorda muzlatgichlarning narxi 2100000 so‘mdan 2400000 so‘mgacha oshdi. Buning natijasi-da bozordagi muzlatgichlarga bo‘lgan talab 15000 donadan 14000 donaga tushib qoldi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib muzlatgichlarga bo‘lgan talab egiluvchanligini hisoblang. Savdo tashkilotining savdo hajmi qanday o‘zgardi va qanchaga? 2100000 - 100 % 2400000 - X X = 2400000*100 /2100000 = 114 % 114-100=14% 15000 - 100 % 14000- X X = 14000*100/15000 = 93 % 100-93 = 7 % Ek = 7/14 = 0,5 Muzlatgichlarga bщlgan talab noegiluvchan. D1 = 2100000 * 15000 = 31,5 mlrd sum D2 = 2400000* 14000 = 33,6 mlrd sum ∆D = 33,6 - 31,5 = 2,1 mlrd sum Topshiriq №7 1. Bozorda ma’lum bir davrda choyshablarning taklif egiluvchanlik koeffitsienti 1,2 tashkil qildi. Agar savdo hajmi 6% ga oshgan bo‘lsa narxlar qanchaga o‘zgarganligini toping. Ek = ∆Q / ∆P ∆P = ∆Q / Ek ∆P = 6 / 1.2 = 5 % Narx 5 % uzgargan Topshiriq №8 1. Aholining daromadlariga nisbatan talab egiluvchanlik koeffitsienti 0,8 tashkil qiladi. Agar iste’mol hajmi 12% ga o‘zgargan bo‘lsa, aholining daromadlari qanchaga o‘zgargan? Ek = ∆Q / ∆D ∆D = ∆Q / Ek ∆D = 12/0,8= 15 % Daromad 15 % uzgargan Topshiriq №9 1. Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 8000 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 6000 so‘m bo‘lsin. Narxga nisbatan elastiklik koeffitsien-tini hisoblang. Sotuvchining daromadi qanchaga o‘zgargan? 100 - 100% 160 - X X= 160*100/100 = 160% 160-100=60% 8000 - 100 6000 - X X = 6000*100/8000 = 75 % 100-75 = 25 % Ek = 60/25=2,4 D1 = 100 * 8000 = 800000 sum D2 = 160* 6000 = 960000 sum ∆D = 960000 - 800000 = 160000 sum Topshiriq №10 1. Bozorda ruchkaga bo‘lgan talab quyidagi funksiya bilan ifodalangan Qd = 8000 - 5r. Agar Bozordagi ruchkaga bo‘lgan talab 1500 donani tashkil etsa. Ruchkaning narxi qanchani tashkil etadi? Sotuvchini daromadini aniqlang. Qd = 8000 - 5 * 1500 = 8000 - 7500 = 500 sum D = 500 * 1500 = 750000 sum. Topshiriq №11 1. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 24000 so‘mni tashkil qil-sin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 22000 so‘m bo‘lsin. Elastik koeffitsienti-ni hisoblang. Talab va taklifni funksiya bilan ifoda eting. 150 - 100% 250 - X X = 250*100/150 = 166% 166 - 100 = 66% 24000 - 100% 22000- X X = 22000*100/24000 = 91% 100-91 = 9% Ek = 66/9=7,3 Talab elastik Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling