1. ta’lim jarayonini raqamli transformatsiyasi


Download 435.91 Kb.
bet7/7
Sana27.10.2023
Hajmi435.91 Kb.
#1726630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DigCompEdu

Ochiqlik. Ta’lim oluvchining yoshi va individual xususiyatlariga muvofiq materialni taqdim etishning kognitiv murakkablik darajasini aniqlash zarurligini anglatadi.
Muammolar yechimi. Bu talab o‘quv va kognitiv faoliyatning tabiati bilan bog‘liq. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoli vaziyatga duch kelganda, ta’lim oluvchilarning idrok etish faolligini oshiradi.
Ko‘rgazmalilik. O‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarni hissiy idrok etish qonuniyatlarini hisobga olish zarurligini anglatadi.
Faollik va onglilik. O‘quv jarayoni faolligini oshirish uchun RTR turli xil o‘quv vaziyatlarini yaratishi, turli xil savollarni shakllantirishi, talabaga u yoki bu ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyatini, hodisalarning borishini nazorat qilish qobiliyatini ta’minlashi kerak.
Tizimlilik. Talabalar tomonidan o‘rganilayotgan fan sohasidagi ma’lum bir bilim tizimini izchil o‘zlashtirish zaruratidir.
Bilimlarni o‘zlashtirishning mustahkamlash. RTR yordamida muayyan harakatlarning takrorlanishini tashkil qilish, individual o‘quv topshiriqlarining o‘zgaruvchanligini oshirish mumkin bo‘ladi.
Rivojlantiruchi. RTR faqatgina ta’lim funksiyasi bilan cheklanib qolmasligi kerak, ular o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishi, o‘quv faoliyati uchun motivatsiyani ta’minlashi va bir qator tarbiyaviy funksiyalarni bajarishi kerak.
Raqamlashtirish jarayonida ta’lim samaradorligi va sifati oshirish yangi o‘quv mahsulotlari innovatsion sifatlari bilan chambar-chas bog‘liq, shuning uchun RTR sifatlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Shu bilan birga, baholash mezonlarini an’anaviy va innovatsion mezonlarga bo‘lish muhimdir.

Interfaollik darajasini oshirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan to‘rt daraja bo‘yicha tuzilgan RTR bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi shakllarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

III. Faoliyatli shakllar. Kontent elementlari bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi konstruktiv aloqa bilan tavsiflanadi.
Faoliyatlarga quyidagilar kiradi:
1. Kontentning faol maydoniga ob’ektni kiritish/o‘chirish.
2. Ob’ektlarni o‘zaro munosabatlarini, ierarxiyasini o‘rnatish uchun harakatlantirish.
3. Ob’ektlarni birlashtirish, ularning xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yangi ob’ektlarni olish.
4. Ob’ektlarning muayyan kompozitsiyalarini tuzish.
5. Muayyan tizimni tashkil qilish uchun ob’ektlarni havolalar bilan birlashtirish.
IV. Tadqiqotli shakllar.
Tadqiqotlar taklif qilingan voqealarni o‘rganishga emas, balki o‘z voqealarini ishlab chiqarishga asoslanadi. Foydalanuvchiga bir nechta harakatlar taklif etilmaydi, uning o‘zaro ta’sir jarayonida taqdim etilgan yoki yaratilgan ob’ektlar va jarayonlar bilan o‘zaro aloqasi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. O‘quv maqsadlari mazmunga kiritilmagan, ya’ni istalgan natijaga olib keladigan metodik ketma-ketlik taklif etilmaydi.
So‘nggi paytlarda raqamli ta’lim resursidan foydalanish samaradorligini baholash uchun psixologik-pedagogik ekspertiza usuli qo‘llanilmoqda. Bunday ekspertiza aniqlovchi yoki shakllantiruvchi tajribalar jarayonida olingan ma’lumotlar asosida qurilgan psixologik diagnostikadan farqli o‘laroq, ekspert baholashlari asosida quriladi. Binobarin, ekspertiza sifati ko‘p jihatdan ekspertiza o‘tkazish mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqishga, shuningdek, ekspertlarning malaka darajasiga bog‘liq. Ta’lim resursini amaliyotiga joriy etishdan oldin tanlash bosqichida ekspert usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Download 435.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling